Риштон тумани №7 умумий урта таълим мактаби 5 та ташаббус буйича Компютер тугараги укувчиларнинг руйхати



Download 68,08 Kb.
Sana24.07.2021
Hajmi68,08 Kb.
#127888
Bog'liq
5ta tashabbus hujjatlari INFORMATIKADAN 101019080151


Риштон тумани №7 умумий урта таълим мактаби 5 та ташаббус буйича Компютер тугараги укувчиларнинг руйхати.



Укувчиларнинг исми шарифи

Синфи

Маъсул шахс

1

Хасанова Гуласал

6 “А”

Фозилова.Х.

2

Хабибуллаев Бекзод

6 “А”

Фозилова.Х.

3

Мухторалиева Барно

6 “А”

Фозилова.Х.

4

Хасанбоева Хилола

6 “А”

Фозилова.Х.

5

Илхомжонова Нозанин

6 “Б”

Фозилова.Х.

6

Алижонова Ойгулхон

6 “Б”

Фозилова.Х.

7

Абдурахмонов Мухаммад

6 “Б”

Фозилова.Х.

8

Омонжонов Абдужалил

6 “В”

Фозилова.Х.

9

Мусаев Самандар

6 “В”

Фозилова.Х.

10

Юнусалиева Хавасхон

6 “В”

Фозилова.Х.

11

Жураев Анваржон

6 “В”

Фозилова.Х.

12

Тургунов Гайратжон

6 “В”

Фозилова.Х.

13

Сотволдиев Шохжахон

7 “В”

Фозилова.Х.

Мактаб директори: С.Дехконов.

Tasdiqlayman.”

Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yich director

O’rinbosari: N.Ismoilova.



Rishton tumani №7 o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi Fozilova Xosiyatxonni 5 tashabbus bo’yicha tashkil qilingan “Yosh dasturchi” to’garagining ish rejasi.



МAVZULAR

Kalendar vaqti

Soati

Izoh

1

Matn muharrirlari.










2

Matn yozish qoidalari.










3

Amaliy mashg’ulot










4

MS.Word matn protsessori.










5

Hujat hosil qilish va saqlash.










6

Wordda amaliy ish bajarish.










7

Hujjatlarni asosiy parametrlari.










8

Amaliy ish bajarish.










9

Hujjatlarni tahrir qilish.










10

Hujjatni formatlash.










11

Amaliy ish bajarish.










12

Wordda jadval hosil qilish.










13

Hujjatlarni tahrirlash va formatlashga doir amaliy ish.










14

Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash.










15

Hujjatlarda rasmlar va chizmalar.










16

Hujjatlarda shakillar va chizmalar.










17

Rasma va chizmalarga oid amaliy ish bajarish.










18

Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash.










19

Jadvallar ustida amallar.










20

Amaliy mashg’ulot bajarish.










21

Word Art obyekti.










22

Wordda formulalar yozish.










23

Amaliy ish bajarish.










24

Wordda matn yozish.










25

Wordda hujjatni chop etish.










26

Amaliy ish bajarish.










27

Word menyu bo’limlari.










28

Amaliy mashg’ulot.










29

Word imkoniyatlari.










30

Takrorlash mashg’uloti.










31













32













33













34












Mavzu: Matn muharrirlari.



Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o'yib yozilgan bo'lsa, keyinchalik turli bo'yoqlar yordamida yozildi. Hayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo'lga qo'yildi. Qog'oz ishlab chiqarilishi bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga, yozuv quroli ham takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo'yqalam, qamish-perolar, g'oz patlaridan foydalanildi. Patlar

о'rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avto-ruchkalar o'rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon-matn o'zgartirilishi kerak bo'lsa, uni qayta ko'chirib yozish zarurligi o'zgarmadi. Bu esa juda ko'p kuch va mehnat talab qiladi.

Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan ko'plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo'linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq.

Matn muharriri kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Hatto bir rusumli kompyuter uchun ishlab chiqilgan o'nlab matn muharrirlarini ko'rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlari uchun „RED", „Volna", „Punktir”, IBM rusumidagi kompyuterlar uchun „WD", „Foton", „Leksikon", Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Bloknot, Word Pad va hokazo. Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

  1. ma'lumotlarni kiritish;

  2. xatoliklarni tuzatish;

  3. belgilar, so'zlar, satrlar, abzaslar o'rnini almashtirish yoki o'chirib tashlash;

  4. matnni biror „qolipga solish", ya'ni chap va o'ng tomonlarini tekislash, satrlar orasidagi masofani o'zgartirish;

  5. matnni diskda saqlash;

  6. matnni diskdan o'qish;

  7. chop etish.

Matn muharrirlarida, asosan, matnning mazmuniga e'tibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog'ozdagi ko'rinishi (bezagi) ahamiyatga ega bo'lmaydi.

Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Unda faqat kiritilgan matn belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn muharririda hosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin bo'ladi.

Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko'rinishi turlicha bo'lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Matn muharrirlarining asosiy elementlari: ishchi maydoni, yurgich va menyu.

Ishchi maydoni. Matn muharriri kompyuter ekranida „ishchi maydoni" deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydoni matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonida aks etib boradi.

Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonining qayerida aks etishini ko'rsatib turadi. Odatda, gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko'rinishida bo'ladi.

Menyu. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ular yordamida, asosan, matnlarni diskdan o'qish, diskka yozish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Yurgich va ishchi maydonining ko'rinishi matn muharriri ishiga deyarli ta'sir ko'rsatmaydi. Ular turli matn muharrirlarida biroz farq qilishi mumkin.

Matn muharrirlari, asosan, menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Menyudagi buyruq va amallar matn muharrir­larining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qancha ko'p bo'lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo'ladi.

Masalan, “Блокнот” matn muharriri Файл, Правка, Формат, Вид, Справка menyulariga ega.



Turli matn muharrirlarining mos buyruqlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ular biroz farqlansa-da, ma'nosini tushunib olish qiyin emas. Masalan, matnni diskka yozish buyrug'i ba'zi matn muharrirlari menyusida „yozish" deb nomlangan bo`lsa, boshqalarida „saqlash" deb nomlangan. Shu kabi matnni diskdan o'qish buyrug'i turli matn muharrirlarida „o'qish", „yuklash" yoki „ochish" deb nomlanishi mumkin. Mazkur buyruqlar nomlari turlicha bo’lsa ham deyarli bir xil ma'noni anglaiadi va aynan bir xil vazifani bajaradi.

Imkoniyatlari ko'proq bo`lgan matn muharrirlari kamroq imkoniyatli matn muharrirlari bajara oladigan barcha amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Shu bois yuqori imkoniyatli matn muharririda ishlashni o'zlashtirib olsangiz, boshqa matn muharrirlarida ishlash qiyinchilik tug'dirmaydi.


Mavzu:Matn yozish qoidalari.







Matn protsessorlarida islilaganda huiiatlarga oid quyidagi atamalarni bilisii lozim.

Shrift (nemischa) — (lotin, kirill, arab, grek va boshqa) alifbo harflari, raqamlar va turli belgilarning yozma yoki bosma ko'rinishlari. Shriftlar yozuv shakli (masalan, Baltika Uzbek, Times New Roman, Monotype Corsiva), chizmasi ko'rinishi (og'ma, tagchiziqli), rangga to'yinganligi bilan (masalan, oddiy, qalin), o'lchami (masalan, 11 punkt, 14 punkt, bu yerda punkt = 0,3759 mm) bilan farq qiladi.

So'z — belgilar ketma-ketligi bo'lib, ular bir biridan probel, nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire, uzun tire yoki qo'shtirnoq belgisi bilan ajralib turadi.

Satr — bitta chiziqda yozilgan so'zlar, harflar yoki belgilar ketma-ketligi. Matn protses-

sorlari satr oxirida so'z yoki belgini keyingi satrga avtomatk o'tkazadi.



Hoshiya — sahifa chekkasidagi toza saqlanadigan qism. Bosh satr — hoshiyadan chekinishi bo'lgan satr.Abzas (nemischa) — bosh satri bo'lgan satrlar ketma-ketligi. Abzaslar boshqalaridan chekinishi, yozuv usuli (stili, masalan, oddiy, asosiy, Sarlavha), intervali (satrlar orasining kengligi) bilan farqlanishi mumkin. Yangi abzasga o'tish yoki bo'sh satr qoldirish uchun (Enter] klavishi bosiladi.

Matn — abzaslar yig'ilmasi.Fragment (lotincha: bo'lak) — matnning belgilangan qismi, bo'lagi.Sahifa — kitob yoki daftar varag'ining bir tomoni. Matn protsessorlarida sahifa bir bosma qog'ozga mos keladi.

Format (lotincha: shakl beraman) — o'leham, yozuv shakli, chizma ko'rinishi, interval aniqlash yoki boshqa ko'rinishlar berish.

MS Wordni ishga tushurish va unda ishni tugallash

Microsoft Office—2003 paketining MS Word dasturini ishga tushirish uch xil usulda amalga oshirilishi mumkin:



  • Masalalar panelidagi mos piktogrammasi yordamida;

  • Windows ish stolidagi mos yorlig'i yordamida;

  • Quyidagi ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:
    Пуск  Программы  Microsoft Office  Microsoft Office Word 2003

Word dasturida ishni tugallash uchun [X] piktogrammasini yoki fayl menyusining [Выход] — ya'ni chiqish buyrug'ini tanlash yoki [Alt] + [F4] klavishlarini birga bosish yetarli.

Mavzu: Amaliy mashg’ulot.



Word interfeysi

MS Word ishga tushirilganda Lining ekranda aks etgan interfeysida ishchi maydon va boshqarish paneli namoyon bo'ladi. Boshqarish paneli, odatda, sarlavha satri, menyular satri va uskunalar panelidan iborat.

Sarlavhalar satrida ishlanayotgan hujjatning va Word dasturining nomi aks etadi. Agar hujjatga nom berilmagan bo'lsa sarlavha satrida Документ1 (ya'ni, Hujjat1) nomi aks etib turadi.

Uskunalar uskunalar rasmi chizilgan tugmalar bo`lib, ulardan foydalanish matn protsessori bilan ishlashda qulaylik beradi (Paint dasturi uskunalar panelini eslang).

Menyular satri quyidagi menyulardan iborat:

Fayl

Tahrir

Ko'rinish

Joylashtirish

Format

Servis

Jadval

Оуnа

Ma'lumot

Файл

Правка

Вид

Вставка

Формат

Сервис

Таблица

Окно

Справка

Mazkur menyular hujjatlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, Fayl menyusi yordamida fayl ustida bajarish mumkin bo'lgan asosiy amallar quyidagilardir:

Создать Crt+N— (yangi hujjat) hosil qilisj;

Открыть — (mavjud hujjatni) ochish;

Закрыт — (joriy hujjatni) yopish;

Сохранить Сtrl+S — (avval saqlangan hujjatni) saqlsh;

Сохранить как... — (yangi nom berish) ... kabi saqlash;

Сохранить как Web-страницу... — (Internet uchun) Web-sahifa kabi saqlash;
Версии... — versiyalar;

Предварительный просмотр Web-страницы — Web-sahifani ko'rib chiqish;

Параметры страницы...— sahifaning parametrlari;

Предварительный просмотр — (hujjatni) ko'rib chiqish;

Печать...Ctrl+P — (hujjatni) chop etish;

Отправить — (hujjatni) jo'natish;

Mavzu: MS.Word matn protsessori.

Ona tili darsidan ma'lumki, harflardan so'zlar, so'zlardan jumlalar, jumlalardan gaplar, gaplardan abzaslar, abzaslardan esa matn hosil qilinadi. So'zlar o'zaro bo'sh joy bilan ajratiladi, gaplar nuqta, so'roq yoki undov belgisi bilan tugaydi. Gapning davomi sahifa kengligiga sig'masa yangi satr boshiga bo'g'in ko'chirib o'tkaziladi. Abzaslar doimo yangi satrdan rna'lum bo'sh joy qoldirib boshlanadi.

Matn protsessorlari haqida

Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, ballki tashqi ko'rinishi ham katta ahamiyatga ega bo'lganda qo'llaniladi. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o'lchami, rangi va ko'rinishlarini o'zgartirish va hokazo.

Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko'p qo'llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi.

Matn protsessori yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko'rinishi haqidagi (shrift turi, o'lchami, rangi va hokazo) axborotni ham o'zida saqlaydi.

Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo'llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar har xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o'tishga har doim ham erishib bo'lmaydi.

Yuqorida aytilganlarni hisobga olib matn ko'rinishidagi axborotlarni qayta ishlash usullari va уо'1-yo'riqlarini hozirgi kunda eng mukammal matn protsessorlaridan biri bo'lgan Microsoft Office-2003 paketiga kiritilgan Microsoft Office Word 2003 (qisqacha Word) matn protsessori misolida ko'rib chiqamiz. U juda ko'p amallarni bajara olishi bilan boshqa matn protsessorlaridan ajralib turadi. Wordda aksariyat buyruq va amallar bajarilishini tanlash „sichqoncha" yordamida amalga oshiriladi.

Word bir vaqtda bir nechta hujjat bilan ishlash imkoniyatiga ega. Har bir hujjat sizga tanish bo'lgan oynaning maxsus ishchi maydonida tashkil etiladi. Oynalarning o'lchami va joylashish tartibini foydalanuvchi o'z xohishiga qarab belgilab oladi.

Mavzu: Hujjat hosil qilish va saqlash.

Wordda matnli hujjat hosil qilish va saqlashning usullari ko'p bo'lib, ular vaziyatga qarab qo`llaniladi. Bu usullarni eslab qolishingiz uchun ozgina mashq qilishingiz kifoya.

Matnli hujjat tayyorlash uchun avvalo yangi sahifa (ishchi maydon) hosil qilinadi. Microsoft Word matn protsessorida bu quyidagicha amalga oshiriladi:

a) Ishga tushgan dastur “Документ1”nomi bilan yangi hujjat hosil qihshni taklif etadi;

b) Fayl menyusidan Hosil qilish ([Создать]) buyrug'i tanlanadi. Natijada matn terish uchun yangi sahifa ochiladi. Bu ishni standart uskunalar inelidagi Hosil qilish tugmasini bosish bilan ham amalga oshirish mumkin. Shu bilan matn hujjat tayyorlash jarayoni boshlanadi. Hosil qilinayotgan matnli hujjat xususiyatlariga qarab yuqorida aytib o'tilgan hujjat parametrlari mos ravishda o'rnatiladi.

Ma'lumki, matn gaplardan, gaplar so'zlardan, so'zlar esa harflardan tashkil topadi. Bundan tashqari, matnda tinish belgilari va maxsus belgilar ham ishlatiladi. Bu belgilarning hammasi klaviaturada mavjud. Shu sababli mazkur klavishlarning klaviaturada joylashish tartibini qanchalik yaxshi bilsangiz, matn terish shunchalik oson bo'ladi. Buning uchun kerakli belgili klavishlarni ketma-ket bosish kifoya. Bosilgan klavishga mos belgi ishchi maydonining yurgich (kursor) ko'rsatib turgan yeriga yoziladi va yurgich bir o'rin o'ngga suriladi.

Yodingizda bo'lsa, kursor harakatini boshqaruvchi yana bir nechta klavishalar bor. Ulardan eng muhimi [Enter] klavishidir. [Enter] klavishi bosilganda yurgich keyingi qator boshiga ko'chadi. Bu esa matnda abzas tugab, yangi abzas boshlanganini bildiradi. Yurgichni „chapga”, „o'ngga”, „yuqoriga”, „pastga” yo'nalish klavishlari mos ravishda chapga, o'ngga, yuqoriga va pastga siljitadi.

Ba’zi klavishlarda ikkita yoki uchta belgining tasviri tushirilgan bo'ladi:



Bu klavishlarni bosganda, unda tasvirlangan belgilardan qaysi biri ekranga chiqarilishi kompyuter va klaviatura qaysi holatda ishlayotganiga bog'liq. Masalan, [VМ] klavishi bosilganda ekranga to'rt xil belgidan bittasi chiqariladi:Kompyuter lotin alifbosi va kichik harflar holatida bolsa „v" belgisi.Kompyuter lotin alifbosi va katta harflar holatida bo'lsa „V" belgisi. Kompyuter kirill alifbosi va kichik harflar holatida bo'lsa „м" belgisKompyuter kirill alifbosi va katta harflar holatida bo'lsa „M" belgisi ekranga chiqariladi,

Alifboning kichik harflari „quyi registr", katta harflari „yuqori registr" belgilari deyiladi. Kompyuter ishga tushirilganda klaviatura odatda quyi registr holatida bo'ladi. Yuqori registr belgilarini ekranga chiqarish uchun kerakli klavish [Shift| klavishi bilan birgalikda bosiladi. Demak, yuqori registr [Shift] klavishi bosib turilgan vaqtda ishlaydi. [Shift] klavishi qo'yib yuborilishi bilan klaviatura quyi registr holatiga qaytadi.

Ba'zan matnning biror qismini faqat bosh harflarda yozishga to`g`i keladi. Bunday holda, odatda, [Caps Lock] klavishidan foydalaniladi. Bu klavish bosilganda klaviaturaning o'ng yuqori qismida [Caps Lock] indikatori yonadi va klaviatura yuqori registr holatiga o'tadi. [Caps Lock] klavishi qaytadan bosilsa, [Caps Lock] indikatori o'chadi va klaviatura quyi registr holatiga qaytadi. Bosh harflarni yozish uchun |Shift] klavishini bosishni unutmang! Faqat bosh harflarni yozish kerak bo'lganda Caps Lock klavishidan foydalaning!

Hujjatni saqlash

Hosil qilingan matnni diskda saqlab qo'yish lozim. Buning uchun matnni oxirigacha yozib bo'lishni kutish shart emas. Odatda, matn kiritilishi boshlanishi bilan uni diskda saqlab, matn yozib bo`linguncha vaqt-vaqti bilan saqlab turish maqsadga muvofiq. Chunki turli sabablarga ko'ra kompyuter o'chib qolishi mumkin. Bu holda diskda matnning oxirgi marta saqlangan qismi qoladi.

Matnni saqlash uchun, agar u birinchi marta saqlanayotgan bo'lsa, Fayl menyusidan “Saqlash” (Сохранить) yoki “…kabi saqlash” (Сохранить как…) buyrug'i tanlanadi. Natijada ekranda „…kabi saqlash” muloqot oynasi hosil bo`ladi.

Kerakli papka (Папка) tanlanib, fayl nomi (masalan, „Informatikadan referat") yoziladi va Saqlash (Сохранить) tugmasi bosiladi. Navbatdagi saqlashda fayl menyusidagi Saqlash buyrug'ini tanlash yoki STANDART uskunalar panelidagi saqlash tugmasini bosish kifoya.

Agar avval saqlangan faylni boshqa nom bilan yoki boshqa papkada saqlash lozim bo'lsa, u holda Fayl menyusidan faqatgina “...kabi saqlash" (Сохранить как… ) buyrug'i tanlanadi.

Yozayotgan matningizni vaqt-vaqti bilan saqlab turish yodingizdan chiqmasin!

Mavzu: Wordda amaliy mashg’ulot bajarish.

Wordda matnli hujjat hosil qilish va saqlashning usullari ko'p bo'lib, ular vaziyatga qarab qo`llaniladi. Bu usullarni eslab qolishingiz uchun ozgina mashq qilishingiz kifoya.

Matnli hujjat tayyorlash uchun avvalo yangi sahifa (ishchi maydon) hosil qilinadi. Microsoft Word matn protsessorida bu quyidagicha amalga oshiriladi:

a) Ishga tushgan dastur “Документ1”nomi bilan yangi hujjat hosil qihshni taklif etadi;

b) Fayl menyusidan Hosil qilish ([Создать]) buyrug'i tanlanadi. Natijada matn terish uchun yangi sahifa ochiladi. Bu ishni standart uskunalar inelidagi Hosil qilish tugmasini bosish bilan ham amalga oshirish mumkin. Shu bilan matn hujjat tayyorlash jarayoni boshlanadi. Hosil qilinayotgan matnli hujjat xususiyatlariga qarab yuqorida aytib o'tilgan hujjat parametrlari mos ravishda o'rnatiladi.

Ma'lumki, matn gaplardan, gaplar so'zlardan, so'zlar esa harflardan tashkil topadi. Bundan tashqari, matnda tinish belgilari va maxsus belgilar ham ishlatiladi. Bu belgilarning hammasi klaviaturada mavjud. Shu sababli mazkur klavishlarning klaviaturada joylashish tartibini qanchalik yaxshi bilsangiz, matn terish shunchalik oson bo'ladi. Buning uchun kerakli belgili klavishlarni ketma-ket bosish kifoya. Bosilgan klavishga mos belgi ishchi maydonining yurgich (kursor) ko'rsatib turgan yeriga yoziladi va yurgich bir o'rin o'ngga suriladi.



Mavzu:Wordda amaliy ish bajarish.

Hujjatda o`chirish

Matn yozish jarayonida xato yozilgan belgini o'chirish zarur bo`ladi. Agar yurgich o'chirilishi kerak bo'lgan belgidan oldin turgan bo`lsa — [] ([Enter] klavishidan yuqorida joylashgan va ikkinchi nomi [Backspace] bo`lgan) klavishni, keyin turgan bo`lsa — [Delete] klavishini bosish yetarli.



Matnning belgilangan qismini o'chirish. Agar hujjatning so'z, gap, satr yoki abzas kabi qismini o'chirish lozim bo'lsa, bu qismni blokka olib [Delete] klavishini bosish kifoya. Ba'zan, o'chirilgan qismni boshqa joyga joylashtirish lozim bo'ladi. Bunday holda kerakli qismni blokka olib, Tahrir ([Правка]) menyusidan Qirqib olish ([Вырезать]) bo'limi yoki Standart uskunalar panelidan  — qirqib olish tugmasi bosiladi. Natijada qirqib olingan qism bufer deb ataluvchi yordamchi xotirada vaqtinchalik saqlanib qoladi.

Hujjatda nusxa ko`chirish

Matnning belgilangan qismidan nusxa ko'chirish. Matnning nusxa ko'chiriladigan qismi blokka olinadi va Tahrir menyusidagi Nusxalash ([Копировать]) buyrug'i beriladi. Blokdagi matn buferga joylashadi. Buferdagi axborotni matnning biror yeriga qo'yish uchun yurgich matnning tanlangan yeriga qo'yiladi va Tahrir menyusidagi Joylashtirish ([Вставить] buyrug'i beriladi. Yuqoridagi amallarni, mos ravishda, STANDART uskunalar panelidagi nusxaiash va joylashtirish tugmalarini bosish orqali ham bajarish mumkin.

Matnning belgilangan qismini matnning ixtiyoriy joyiga ко'chirib о`tkazish. Matnning ko'chirib o'tkaziladigan qismi blokka olinadi. STANDART uskunalar panelidagi Qirqib olish tugmasi bosiladi. Natijada matnning belgilangan qismi ekrandan o'chadi va buferga joylashadi. Yurgich matnning kerakli joyiga qo'yilib, STANDART uskunalar panelidagi Joylashtirish tugmasi bosiladi. Matnning belgilangan qismini matnning ixtiyoriy joyiga ko'chirib o'tkazishning yana bir usuli: sichqoncha yurgichini belgilangan blokning ixtiyoriy nuqtasiga olib kelinadi. Sichqonchaning chap tugmasini bosib turilgan holda sichqonchn ko'rsatkichini matnning kerakli joyiga olib kelinadi va sichqoncha tugmasi qo'yib yuboriladi.

@rishton7 +99890 300 02 21

Download 68,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish