RIMNI ALISHMASMAN BEDAPOYANGGA
- Meni Vatanim - meni onam. Dunyoda undan go’zal yo’q. Dunyoda undan halol yo’q. Undan kechiruvchan yo’q. Undan mehribon yo’q. U nima qilsak ham kechiradi. Uni ba’zan hatto yaxshi ma’noda aldasang ham kechiradi. Meni onamga, meni onamday go’zal, meni onamday xoksor Vatanimni yaxshi ko’radiganlar, yaxshi deganlar meni do’stim. Lekin meni onam haqida birov yomon gapirsa, meni onamga birov tosh otsa, uni qo’lini sindiraman. Nodar Dumbadzedan Vatan haqida so’rashganda, bu shunaqa narsaki, uni aytganingda odam joningni berishga tayyor turishing kerak, joning chiqib ketishi kerak. SHunday tasavvurimda onam bu meni. Uni hech kimga ishonmayman. Uni hech kimga bermayman. Hech kimga haqorat ham qildirib qo’ymayman.
Muhammad Yusuf «Iqror» nomli she’rida yuqoridagi so’zlariga isbot sifatida yana bir bor faxr bilan tasvirlagan.
O, ota makonim.
Onajon o’lkam,
O’zbekiston, jonim to’shay soyangga.
Senday mehribon yo’q,
Seningdek ko’rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.
Bir go’sha suv bo’lsa, bir go’sha qirlar,
Qancha yurtni ko’rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog’laring ortimdan ergashib yurar.
Ko’rdim suluvlarning eng faranglarin.
YO xudbinman men yo bir sodda kasman men –
Parijning eng go’zal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga ko’nayin,
Na til bilayin,
Ko’zdan uyqu qochdi, dildan halovat -
Uch kunda sog’insam nima qilayin,
CHala qolar bo’ldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulug’im o’zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug’ilgan qo’zing,
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan o’tgan har kun bayram - bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim kepadi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.
VATAN ISTIQBOLI - YOSHLAR QO’LIDA
Bugun maktab partasida oddiygina o’quvchi bo’lib o’tirgan bolakay vaqt kelib Mendeleev davriy jadvaliga yangi moddalar qo’shadigan olim bo’lar. Darslarda biroz xayol surib o’tiradigan yigitcha ulg’ayib, Alisher Navoiyning purma’no baytlarini izohlab berar yoki Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Iqbol Mirzo kabi zo’r she’rlar yozar. Ayni paytda ulkan binolar yonidan o’tayotganda hayratlanib qoladigan o’g’lon bir kun kelib osmono’par binolar bunyod etar.
Bu fikrlar shunchaki xomxayol emas, ertaga ro’yobga chiqishi muqarrar bo’lgan voqealardir. Vatan kelajagi, dunyo taraqqiyoti yoshlar qo’lida deganda ayni mana shu voqealar ko’z o’ngimizga keladi.
Shuning uchun ertangi kunim yorug’ bo’lsin, degan har bir o’g’il-qiz bugundan harakatini boshlashi kerak. Hayotda ham huddi shunday: jiddiy tayyorgarliksiz, harakatsiz kutilgan natijaga erishib bo’lmaydi. Buni hamma biladi.
Dunyoda inkor qilib bo’lmaydigan, har doim atrofni o’rab turadigan narsalar ham bor. Bugungi kun bilan yashamaslik lozim. Hayot juda uzoq davom etadi. Ertangi kun o’tib ketar, bugun yaxshi yashayapmanku, degan odam adashadi. Shuning uchun yoshlikdan ko’p narsani parallel olib borish kerak. Insonning energiyasi, kuch-quvvati, belidagi madori, mol-dunyosi umri davomiga berilgan bo’ladi. Hech narsa odam umriking oxirigacha berilmaydi. Har bir berilgan ne’matni hayoti davomiga taqsimlab borish zarur. Taqsimlash bu vaqtida ovqatlanish yoki mashinaga vaqtida benzyn quyish yoki bunga shuncha mehr beraman, uni shuncha yaxshi ko’raman degani emas, ichki dunyoni taqsimlashni bilish kerak. Ertalab tong otgandan kechqurun kun botguncha, shu bir kunlik hayot uchun barcha narsani to’g’ri taqsimlash talab etiladi. Buni taqsimlash uchun har bir insonning ongida «hisoblagich» shakllanishi lozim. Shu bilan birga yoshlarda yaxlit bir tushunchani shakllantirish albatta, tarbiyaga ham bog’liq.
Ertangi kun davomchilari bo’lmish unib-o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga bugun mamlakatimizda katta e’tibor berilmoqtsa. Buning natijasini ko’rib turibmiz. Bugungi yoshlarimizning qarashlari qat’iy, harakatlarida shahdu shiddat, g’urur mujassam. Ularning shashti baland, umid-ishonchi uyg’oq...
Bundan ming yilcha avval so’z zargari Mahmud Qoshg’ariy "Og’ilda qulun tug’ilsa, ariq bo’yida o’ti unadi", deb yozganidan va mutafakkir donishmand o’sha o’tni chimdish uchun ariq yoqasiga borish, ya’ni intilish, harakat qilish, izlanish, zahmat chekish kerakligiga ishora etganidan ba’zi bir bexabar yoshlarimiz ham bor.
Qaysi mamlakatda maktabu litseylar, kollejlar beminnat xizmat qiladi, bolalarni o’n sakkiz yoshgacha bepul o’qitib, kasb-hunarli qiladi? Shunaqa ertaknamo yurt bormi?
Bugun safimizda biz bilan yonma-yon ulg’ayayotgan navqiron yoshlarga qarang: yuragintz faxru iftixorga to’ladi. Ular qutlug’ mamlakatimizning ertangi davomchilari, hayotini Vatan istiqboli va istiqloliga tikkan barkamol yoshlar Buyuk Irodadan kuch ,olgdn, ibrat maktabini yaratgan o’z Yurtboshiga ega, suyangan tog’i -ishongan bog’i bo’lgan mustaqillikning farzandlari - temuriylar, boburiylardir. Men ham o’zimni ana shu qatorda deb bilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |