Tit Liviy tarix falsafasi.
Reja:
Tit Liviy Gannibal to`g`risida
Tit Liviy . Shaharni boshlanishidan Rim tarixi
Er. avv. II-I asrlarda Rimda xo`jalikni tashkil etilishi va qul mehnatidan foydalanish. Plutarx. Katon Senzorning hayot tasviri
Er. avv. III asr o`rtalarida G`arbiy O`rtayer dengizi havzasi uchun ikki qudratli davlat – Karfagen va Rim o`rtasida kurash boshlandi. Bu Puni urushlari deb atalgan uch uraushni keltirib chiqardi. Birinchi Puni urushi (er. avv. 264 yil), ikkinchisi (er. avv. 218-201 yillar). Ayniqsa bu urush o`z hajmi, keng qamrovi va tarixiy ahamiyati bilan qadimgi dunyoni eng katta uraushlaridan biri edi. Tit Liviy Karfagen qo`shini bosh qo`mondoni Gannibalga yorqin tavsif beradi, karfagenliklarni Alp orqali mashhur 33 kunlik o`tishi, Kanna (er. avv. 216 yil) yonidagi qadimgi dunyoning eng mashhur janglaridan birini batafsil tasvirlaydi. O`rtayer dengizi havzasida yuz yil davomida olib borilgan urushlar natijasida qudratli Karfagen yanchib tashlandi, Rim bu havzadagi eng kuchli davlatga aylandi.
XXI. I. Hikoya qiladilar, hatto Gamil`kar1[101] Afrika urushini tugatib, Ispaniyaga qo`shinni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rayotib xudolarga qurbonlik keltirayotgan paytda, uning to`qqiz yoshli o`g`li Gannibal bolalik erkaligi bilan otasiga uni o`zi bilan birga olishni so`ray boshlaydi: aytishlaricha shunda Gamil`kar unga qurbonlik keltiriladigan joyga yaqin kelishni va unga qo`lini qo`yib, qachonki yoshi yetishi bilan rim xalqini dushmani bo`laman deb qasamyod qilishga buyruq beradi …
3. Gasdrubalning vorisi kim bo`lishi to`g`risida hech qanday shak- shubha yo`q edi. Uning o`limidan keyin jangchilar o`z tashabbuslari bilan yosh Gannibalni bosh qo`mondon chodiriga olib borib uni lashkarboshi deb e`lon qildilar; bu tanlov barcha ishtirokchilarni baland ovozda yoqlashlari bilan kutib olindi, keyinchalik xalq uni ma`qulladi.
4 … Shunday qilib Gannibal Ispaniyaga yuborildi. Birgina o`zini paydo bo`lishi bilan qo`shinni e`tiborini o`ziga qaratdi, keksa askarlarga o`zining eng yaxshi yillarida bo`lgan Gamil`kar go`yoki qaytib keldi: o`sha kuchli so`z, o`sha buyruqomuz qarash, o`sha ifoda, o`sha yuz belgilari! Lekin u tezda qo`shinlarni unga moyil qilgan otasiga o`xshash qilgan sifatlarni ko`pchiligiga erishdi. Hali hech qachon bir kishini ko`ngli har ikkala turli xil majburiyatlarga buyurish va bo`ysinishga bir tekisda majbur bo`lmagan edi; shunung uchun kim lashkarboshini yoki qo`shin uni qadrladimi, buni ajratib olish qiyin edi.
Gasdrubal2[102] botirlik va qahramonlik talab qiladigan ishga qism boshlig`i qilib, chin ko`ngildan hech kimni tayinlamagan edi: lekin askarlar ham unung rahbarligi ostida yanada o`zlariga ishonadigan va yanada botirroq bo`lar edilar. U xavf xartarga tashlanar ekan u botir bo`lar, xavfni o`ziga nisbatan yanada xushyorroq edi. Hech qanday mehnat yo`q ediki, qaysiki u tani va yoki ruhi bilan horisa va issiqga ham sovuqga ham bir tekis chidamli edi. Huzur qilish uchun emas, tabiat qancha talab qilsa shuncha yeb- ichar edi. Vaqtni kun va tunga e`tibor bermay uyg`oq bo`lishi va uyquga ajratar edi; ishdan bo`sh qolgan soatlarni dam olishga ajratdi; shu bilan birga u yumshoq to`shakdan foydalanmadi va oson uyquga ketish uchun tinchlikni talab qilmadi, uni harbiy yopin chiqga o`ranib qorovulda yoki piketda turgan askarlar orasida yotganini tez- tez ko`rar edilar. Kiyimlari bilan u tengqurlaridan hech qanday farq qilmas edi; faqat qurollangani va otiga ko`ra uni tanish mumkin edi. Otliqlar ichida ham piyodalar orasida ham u boshqalarni ortda qoldirar edi; jangda birinchi oshiqar, jang oxirida dalani so`ngi bo`lib tashlab chiqar edi. Lekin bu yuqori xislatlar bilan u bir qatorda dahshatli kamchiliklarga ham ega edi. Uning shafqatsizligi, uning makkorligi verolomstvo dong`i ketgan “puni” makkkorligidan qochib ketar edi. U haqiqatni ham, ezgulikni ham bilmas edi, xudolardan qo`rqmas edi, qasamga rioya qilmas, ziyoratgohlarni hurmat qilmas edi. Bu yaxshi va yomon xislatlarga ega bo`lib u Gasdrubal boshchiligidagi uch yil xizmat davomida hammasini nima unda buyuk lashkarboshi sifatini rivojlantirishi mumkin bo`lsa barchasini jon-jahti bilan bajardi va barchasi ustidan kuzatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |