Rezyumening maqsadi



Download 17,05 Kb.
Sana21.02.2022
Hajmi17,05 Kb.
#461424
Bog'liq
Rezyume


Rezyume
Rezyume – ish qidiruvchi tomonidan bo‘lajak ish joyida muvaffaqiyatli amalga oshirish rejalashtirilgan kasbiy ko‘nikmalari, hozirga qadar erishgan yutuqlari va shaxsiy fazilatlari yozma ravishda aks ettirilgan hujjatdir. Rezyume taqdim etish – ishga kirish jarayonining zamonaviy rasmiy etiketi, qoidalari elementlaridan hisoblanib, bir vaqtning o‘zida mehnat bozoridagi reklamaning samarali usullaridandir. Rezyumening maqsadi – ish qidiruvchining ish beruvchi bilan birinchi sirtqi tanishuvning o‘zida e’tiborini tortish, unda ijobiy taassurot qoldirish va uchrashuvga taklif etilishga erishishdir. To‘g‘ri rezyume tuzish talablari 1. Savodxonlik – bu rezyume tuzishning zaruriy va muhim jihatidir, chunki agar bu hujjatda imloviy va uslubiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa, u oxirigacha o‘qilmay tashlab yuborilishi va umuman e’tiborsiz qoldirilishi mumkin. 2. Vakansiya (bo‘sh ish o‘rin)ga munosiblik – hozirga qadar orttirilgan barcha tajriba va kasbiy ko‘nikmalarni lo‘nda holda ko‘rsata bilish. 3. Rezyume hajmi – eng maqbuli 1-2 varaq. Kasbiy fazilatlarni birikki so‘zda ta’riflashdan ko‘ra, mehnat faoliyati davomida orttirilgan tajriba va erishilgan yutuqlarni bir-ikki varaqda aks ettirish afzalroqdir. 4. Tushunarli va oddiy tuzilma – to‘g‘ri rezyume tuzishda ish qidiruvchidan o‘zi haqidagi Rezyume nomi. Bu bandda bir qatorda “Rezyume” so‘zi va u kimga tegishliligi aks ettiriladi. ma’lumotlar va kasbiy tajribasini tushunarli va oddiy tarzda aks ettirish talab qilinadi. Amaliyotda rezyumening yagona shakli mavjud emasligi sababli quyida keltirilgan va tavsiyaviy xarakterga ega shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Rezyume tuzilmasi quyidagi bandlardan iborat . Rezyume nomi.Bu bandda bir qatorda “Rezyume” so‘zi va u kimga tegishliligi aks ettiriladi. Ish qidiruvchi haqidagi ma’lumotlar.Bu yerda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi zarur: – ish qidiruvchining tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, sanasi);– manzili– kontakt telefoni;– e-mail; – oilaviy holati. 3. Ma’lumoti. Barcha ma’lumotlar tartibli aks ettiriladi. Masalan: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2018-2022 yy., yurisprudensiya (bakalavr). Toshkent davlat yuridik universiteti, 2022-2023 yy., huquq (magistratura). Vakansiya (bo‘sh ish o‘rin) yo‘nalishiga mos keluvchi barcha kurslar, treninglar, seminarlar va ta’limga oid boshqa tadbirlar ham aks ettirilishi mumkin. 4. Ish tajribasi. Bu ustunda ma’lumotlar oxirgi ish joyidagi davr – oyi va yili ko‘rsatilib, egallagan lavozim nomini aks ettirishdan boshlanadi. Masalan: 2024-yil mart – 2026-yili mart. MCHJ “Gloria Distribution”, lavozim: yurist-maslahatchi. 2022-yil oktyabr – 2024-yil may. MCHJ “Arhat Yoiding”, lavozim: yurist yordamchisi.5. Avvalgi ish joyidagi yutuqlar. Bu ustundagi ma’lumotlar eng ahamiyatli hisoblangani sababli avvalgi ish joyida erishilgan barcha yutuq va ko‘rsatkichlar aks ettirilishi lozim. 6. Qo‘shimcha ma’lumotlar Bu erda ish qidiruvchining yangi ish joyidagi vazifalarni to‘la va sifatli bajarishiga yordam beruvchi kuchli tomonlari, kasbiy ko‘nikmalari hamda bilimlari aks ettiriladi. Odatda bular quyidagilardir: – kompyuter savodxonligi, ya’ni kompyuter va maxsus dasturlarni bilish darajasi; – xorijiy tillarni bilish darajasi; – shaxsiy avtomobil mavjudligi va uni boshqarish ko‘nikmasi. Rezyume tuzishdagi xatolar 1. Nomzodning mehnat faoliyati, ma’lumoti, tajribasining yangi ish beruvchining talablari yoki taklif qilinayotgan lavozimga nomuvofiqligi. 2. Rezyumening juda qisqaligi.3. Mehnat faoliyati davomida ish joyi tez-tez o‘zgargan bo‘lsa, uning ob’ektiv sabablarini ko‘rsatmaslik holati. 4. Kasbiy o‘sish holatlarini dalillab ko‘rsata olmaslik. 5. Turli o‘quv kurslari va seminarlar soniga haddan tashqari urg‘u berish. 6. Kerak bo‘lmagan ma’lumotlar, lirik chekinishlar yoki o‘rinsiz yumordan foydalanish. 7. Grammatik xatolarga yo‘l qo‘yish. 8. Sifatsiz fotosurat. Rezyume va CV orasidagi farq CV lotincha “curriculum” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “hayot yo‘li” degan ma’noni anglatadi. Bu hujjat rezyumega nisbatan ancha katta hajmdagi hujjatdir. Ushbu hujjatda ish qidiruvchi ega bo‘lgan barcha mutaxassisliklar, ta’lim olgan qo‘shimcha kurslari, uning ish joylari, barcha lavozimlari, bajargan xizmat vazifalari xronologik tartibda aks ettiriladi. Ba’zi mutaxassisliklar uchun hatto nomzodning nashr etilgan ishlari, qatnashgan konferensiyalari nomi, stajirovkalar va boshqa ma’lumotlar ham aks ettirilishi mumkin. Shu sababli CVning hajmi, rezyumening hajmidan farqli ravishda, o‘nlab varaqdan iborat bo‘lishi mumkin. Rezyume ancha ixcham hujjat bo‘lib, unda ish qidiruvchi kasbiy faoliyatining faqatgina eng muhim tomonlari ko‘rsatilib, uning ish tajribasi, kasbiy ko‘nikmalari va erishilgan yutuqlari aynan konkret va kansiyaga qaratiladi va teskari xronologik tartibda aks ettiriladi. Ya’ni bitta nomzodhaqidagi ma’lumotlar vakansiyaga qarab turlicha bo‘lishi mumkin


Download 17,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish