Rezina
Rezina
, rezinka [lot. resina — qatron (smola)], vulkan izat — kauchukni vulkanizatsiyalab
olinadigan, elastik deformatsiyalanishi juda yuqori (1000% gacha) boʻlgan mahsulot.
Vulkanizatsiyalanadigan R. aralashmasining asosiy komponentlari: tabiiy yoki sintetik kauchuk,
vulkanizatsiyalanuvchi agentlar, vulkanizatsiya tezlatkichlari, vulkanizatsiya tezlatkichlari
faollashtiruvchilari, toʻldirgichlar, dispergatorlar, yumshatkichlar, eskirtmaydigan,
charchamaydigan moddalar, antiozonatlar, boʻyagichlar va boshqa
R. quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi:umumiy maqsadlarda ishlatiladigan R. Bunday R. (shina,
oyoq kiyimi, pol qoplamalari, transportyor tasmalari, qayish, qistirma, zichlagich, amortizator,
maishiy buyumlar va h.k.) —50 dan +150 gacha temperaturada ishlatishga moʻljallangan; 150°
dan yuqori temperaturada uzoq vaqt ishlatishga (mashina, elektr dvigatel, samolyot detallariga
moʻljallangan) issiqqa chidamli R.; — 50° dan past trada ishlatishga moʻljallangan sovuqqa
chidamli R., benzin, kerosin, neft, moy, turli uglevodorodlar uchun uzok, vaqt ishlatishga
moʻljallangan (shlang , zichlagich, turli idishlar va h.k.) moybenzinga chidamli R.; turli yemiruvchi
muhitlar taʼsiriga chidamli R. Bunday R. dan ishlangan buyumlar kislota, ishqor, tuzlar, bugʻ, ozon,
erituvchilar, suv va h.k. uchun moʻljallanadi; gaz toʻldirilgan (gʻovak) R. radiatsiya taʼsiriga chidamli
R. rentgen apparati detallari, radioaktiv izotoplar bilan ishlaydiganlarning himoya kiyimlarini
tayyorlashda qoʻllanadi; dielektrik R.ning dielektrikligi kichik, elektr qarshiligi katta, asosan, turli
kabellar tayyorlashda ishlatiladi. R.ning xossasini belgilovchi asosiy material kauchukdir.
Kauchuk R.ning 10—98% ini tashkil etadi. 150—180° da ishlatiladigan buyumlar butil kauchukli
yoki etilen sopolimerli R. dan tayyorlanadi. Bunday R. ozonga va yemiruvchi muhit taʼsiriga
chidamlidir. Molekulalararo taʼsirlashish kuchi kichik, molekulyar zanjirchasi egiluvchan
kauchuklardan sovuqqa chidamli R. ishlanadi. 300° va undan yuqori trali ishlarda elementorganik
kauchuklar (kremniy organik va alyuminiy organik) asosida tayyorlangan R. qoʻllanadi. Mineral
toʻldirgichli R. yaxshi dielektrik hisoblanadi. Kauchukka atsetilen tipidagi yuqori strukturali
qurum qoʻshib elektr oʻtkazuvchi R. hosil qilish mumkin. Nurdan saklovchi R. olish uchun
koʻpincha ftorli va butadiyennitrilli kauchuklar ishlatiladi.
Kauchuklarni vulkanizatsiyalash maqsadida oltingugurt, organik peroksidlar (Mas, benzoil
peroksid, dikumal peroksid), apkilfenolformaldegid va epoksid smolalari, diazobirikmalar,
diaminlar va boshqa bifunksional birikmalar ishlatiladi. Radiatsion vulkanizatsiya ham
qoʻllanmokda. Vulkanizatsiyani tezlashtirish maqsadida R. tarkibiga maxsus tezlatkichlar va
ularning faollashtiruvchilari qoʻshiladi. Oltingugurt bilan vulkanizatsiyalashda tezlatkich sifatida
sulfenamidlar, diokarbamidlar, tchuramdisulfid merkaptobenzotiazol, difenilguanidin kabi
birikmalardan foydalaniladi. Qurum, kolloid silikat kislota, boʻr, kaolin, metall oksidlari, silikatlar,
baritlar R. toʻldirgichlar sifatida koʻplab ishlatiladi. Toʻldirgichlar R.ning bikirligini oshiradi.
Dunyo miqyosida ishlab chikariladigan sintetik kauchuklar va ular asosidagi R.ning 50% dan
ortigʻi shina i.ch. ga sarflanadi. R. keng temperatura oraligʻida elastikligi, amortizatsiya
xususiyati, ishqalanishga chidamliligi, suv va gazni kam oʻtkazishi va boshqa xossalariga koʻra
konstruksion material sifatida turli sohalarda keng qoʻllanadi.
Abdulahad Jalilov.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Rezina
&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 6 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Rezina&oldid=2300877
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |