Rezina materiallari



Download 0,51 Mb.
bet15/18
Sana30.10.2020
Hajmi0,51 Mb.
#49925
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Rezina

12. 1. Sintetik yelimlar

Yelimli birikmalardan foydalaniladigan sohalar muntazam ke- ngayib bormoqda. Bunga sabab shuki, ular payvand va boshqa birikmalarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Chunonchi, ular bi­lan turli xil materiallami biriktirish mumkin, bunda buyum kon- struksiyasining massasi kamayadi. Bundan tashqari, yelimlarni biriktirish texnologiyasi juda oddiy. Sanoatda ishlab chiqariladigan yelimlar bilan materiallar, qotishmalar, shisha-keramika, plastmas- sa, yog'och va boshqa ko'pgina materiallami biriktirish mumkin. Yelimli birikmalardan foydalanilganida mablag' va mehnat sarfi ancha kamayadi, konstruksiyaning korroziyaga chidamliligi ortadi, birikmalardagi zo'riqish kamayadi.

Avtomobilsozlikdayelimlardan dastlab shovqinni izolatsiyalov- chi va salonning bezash materiallarini yopishtirishdagina foydala- nilgan. Bunda, asosan, tabiiy kauchuk va bitum asosidagi yelim va germetiklardan foydalanilgan. XX asrning 60- yillarida esa tormoz kolodkalarini yopishtirishda fenolli yelimlardan foydalanila bosh- landi. Zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarila boshlanishi nati­jasida avtomobilsozlikda yelim va germetiklardan foydalanish sez­ilarli darajada ortdi. Avtomobil sanoati uchun maxsus 15 nomdagi yelimlar va 10 nomdagi germetiklar ishlab chiqarila boshlandi. Ho­zirgi kunga kelib, yelim va germetiklaming assortimenti yana-da kengaydi. So‘nggi yangiliklardan biri avtomobillarning saloniga o‘rnatiladigan orqani ko‘rish ko‘zgusini avtomobilning old oynasi- ga yopishtirishda akril yelimlardan foydalanishdir.

Yelimlar yordamida biriktirish quyidagi afzalliklarga ega:

  • xususiyatlari, elastiklik moduli va qalinligi har xil bo‘lgan turli materiallardan tayyorlangan buyumlarni biriktirish mumkin;

  • juda yupqa listlarni ham biriktirish mumkin (yupqa listlarni boshqa usullarda biriktirilganida yuklanish konsentratsiyasining yuqoriligi tufayli detal ishdan chiqishi mumkin);

  • boshqa usullar asosida tayyorlash mumkin bo‘lmagan murak­kab shaklli buyumlarni tayyorlash mumkin;

  • konstruksiyani kam xarajat qilgan holda va tezlik bilan yig‘ish imkoniyati mavjudligi, shuning bilan bir paytda, konstruksiyaning bir necha elementlarini biriktirish mumkin;

  • yelim asosida hosil qilingan birikmalaming mustahkamligi bir qator hollarda boshqa usullarda hosil qilingan birikmalaming mus- tahkamligidan yuqori, tannarxi esa past bo‘ladi;

  • yuklanish yelimli birikmalarda yuza bo‘yicha teng taqsim- lanadi, yuklanish konsentratsiyasi minimal bo‘ladi;

  • boltli va parchin mixli birikmalar o‘miga yelimli birikmalar­dan foydalanish konstruksiya massasini kamaytiradi.

Yelim qotganida biriktiriladigan sirtlarga yaxshi yopishadigan parda hosil qiluvchi moddadir. Yelim kompozitsiyasi tarkibiga asosiy yelimlovchi komponentdan tashqari qotirgichlar, qotishni tezlatgichlar, plastifikatorlar, to‘ldirgichlar, erituvchilar (ishlatish oson bo‘lishi uchun) kiradi. Yelim, odatda, yuqori haroratda qotir- gichlar ta’sirida qattiq holatga o‘tadi.

Yelimli birikmalarning ish harorati uncha yuqori emas, kamdan kam holda 350°C dan ortadi. Bu ularning asosiy kamchiligidir. Le­kin 500°C va undan yuqori haroratda ham ishlay oladigan yelim-se- mentlar yaratilgan. Yelim tarkibidagi erituvchilar yelim qotganida bug‘lanadi. Buning natijasida yelim kirishib, birikmalarning mus­tahkamligi pasayadi. Shuning uchun bug‘lanmaydigan, balki par­da bilan reaksiyaga kirishadigan erituvchi qo‘shilgan yelimning xossalari yaxshilanadi. To‘ldirgichlar (kvars changi, chinni changi, metall oksidlar) ham yelimning kirishishini kamaytiradi va, ayni vaqtda, pardaning mustahkamligini, issiqlik o‘tkazuvchanligini oshiradi. Yangi polimer materiallardan foydalanilganida yelimli birikmalarga xos kamchiliklar bo‘lmaydi hamda ular ishlatiladigan sohalar ko‘payadi.

Parda hosil qiluvchi asosiy modda turiga ko‘ra barcha yelimlar tabiiy va sintetik yelimlarga bo‘linadi. Tabiiy yelimlarga hayvonot yelimlari (kazein, albumin, glyutin yelimlari) va o‘simlik yelimlari (kraxmal, dekkstrin, tabiiy kauchuk, guttapercha asosida tayyorlan­gan yelimlar) kiradi. Ular texnikada kam ishlatiladi.

Sanoat miqyosida ishlatiladigan yelimlar termoplastik yoki termoreaktiv sintetik smolalardan olinadi. Termoplastik yelimlar etilen, propilen, metilmetakrilat va hokazolar polimerlari asosida tayyorlanadi. Ular asosan kam yuklanish tushadigan birikmalar- da ishlatiladi. Kengroq tarqalgan termoreaktiv yelimlar (fenol- formaldegid, karbamid, epoksid yoki boshqa yelimlar) issiq holda va sovuqlayin qotadigan xillarga bo‘linadi. Sovuqlayin qotadigan yelimlar xona haroratida qotadi. Ularga qotirgich bevosita ishlatish oldidan qo‘shiladi. Qaynoq holda yelimlaganida, odatda, ancha mustahkam birikma hosil bo‘ladi, yopishish jarayoni tezlashadi, Yelimlar asosiy xillarining tavsifi va ular yordamida hosil qilinadi- gan birikmalarning xossalari 12. 1- jadvalda keltirilgan.

Fenolformaldegid smolalar asosidagi yelimlar. Fenolformal- degid smolalar asosida olinadigan ВФ tipidagi yelimlar ancha keng tarqalgan. Yelimlab biriktirish ishlari 140-200°C haroratda ba- jariladi. Bunda biriktiriladigan yuzalar 0,1-2 MPa (1-200 kgk/sm2) bosim ostida 0,5-1,0 soat tutib turiladi. Ular metallami o‘zaro va plastmassalar bilan biriktirishda ishlatiladi. БФ-6 yelimida plasti- fikatorlar ko‘p bo‘lganligi uchun ulardan gazlamalarni, terini o‘za- ro, shuningdek, metallarga yopishtirishda foydalaniladi. БФ tipida­gi yelimlarning qovushoqligi 30-60 s oralig‘idabo‘ladi. Yelimning qurishidan keyin qoladigan quruq qoldiq yelimning massasiga nis­batan 10-20 foizni tashkil etadi. Ish harorati minus 60°C dan 60°C gacha. Hosil qilingan birikmaning siljishga bo‘lgan mustahkamligi 12-15 MPa ga yetadi. Bu smolalar asosida yana-da issiqqa chid- amliroq (ish harorati minus 60°C dan 300°C gacha) BC yelimlari ishlab chiqariladi. Ta’mirlash ishlarida ulardan tormozlarning frik- sion kolodkalari va tishlashish disklarining ustqo‘ymalarini yelim­lab biriktirishda foydalaniladi (140-180°C gacha qizdirilganida qotadi). BC yelimlarining qovushoqligi 50-120 s, quruq qoldiq ulushi 20- 30 foiz va siljishga bo‘lgan mustahkamligi 17 MPa ni tashkil etadi. БФ va БС yelimlari tayyor holda yetkazib beriladi. Yopiq idishda keltirilqan bunday yelimlarni xona haroratida 6-8 oy saqlash mumkin.

Keyingi yillarda tormoz ustqo‘ymalarini po‘lat ko‘lodkalar- ga yopishtirish uchun ГИПК 11-10 (ish harorati minus 40 dan 330°C), antifriksion gazlamalarni metallarga yopishtirish uchun ГИПК 11-12 (ish harorati minus 70 dan 280 °C gacha) tipidagi fenolformaldegid smola asosidagi yelimlar ishlab chiqarilmoqda.

So‘nggi yillarda fenolformaldegid smolalar asosidagi yelimlarni epoksidli va poliuretanli yelimlar siqib chiqarmoqda.

Epoksidli smolalar asosidagi yelimlar. Bu yelimlar sovuqlayin va qaynoq holda qotadigan turlarga bo‘linadi ular asosida fizika- viy-mexanikaviy xususiyatlari juda yaxshi bo‘lgan birikmalar hosil qilinadi. Epoksidli yelimlar asosida hosil qilingan birikmalar suv, moy va benzin ta’siriga chidamli bo‘ladi. Avtomobillarni ta’mir- lashda sovuqlayin qotadigan epoksidli yelimlardan nisbatan keng foydalaniladi. Epoksid kompozitsiyalar 1 dan 21 gacha raqam bilan ifodalanadigan tarkibda ishlab chiqariladi. 4, 13-16 va 19 raqamli tarkiblarning asosini ЕД-20 smolasi, qolgan tarkiblarning asosini esa ЕД-16 smolasi tashkil etadi. Bu epoksidli kompozitsiyalarning tarkibida 10 foizdan 25 foizgacha plastifikator - dibutilftalat (20 va 21 raqamli tarkiblarda mos ravishda 60 va 50 foiz) bo‘ladi. Bu kompozitsiyalar epoksidli smolaga 10-12 foiz qotirgich qo‘shib tayyorlanadi. Qotirgich sifatida polietilenpoliamindan foydala­niladi. proksidli kompozitsiyalarga to‘ldirgich sifatida aluminiy kukuiv. maydalangan sluda, grafit, cho‘yan kukuni, temir oksidi va gaz qurumidan foydalaniladi.

Avtomobillar ishlab chiqarishda qaynoq holda qotadigan УП-5- 207 epoksidli yelimidan keng foydalaniladi. Ular eshiklaming ichki va tashqi panellarini, kapot va yukxona qovurg‘alarini biriktirishda ishlatiladi. Shuningdek, epoksidli smolalar asosidagi yelimlardan silindrlar blokidagi, silindrlar kallagidagi, ilashish muftasi va uzat­malar qutisi karterlaridagi, moy va suv radiatorlaridagi, yonilg‘i bakidagi darz ketgan joylami va teshiklarni ta’mirlashda foyda­laniladi.

Qaynoq holda qotadigan yelimlar ishlatiladigan joyning o‘zida 90-93 foiz epoksid smolaga 7-10 foiz qotirgich qo‘shib tayyorla­nadi. Tayyorlangan yelimni 1-2 soat ichida ishlatib yuborish zarur, aks holda ular foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Yelimli birik­malar uchun ruxsat etilgan haroratlar chegarasi 60-150°C. Xona haroratida qotadigan yelimlar yordamida mustahkam birikma hosil qilish uchun taxminan bir sutka kerak bo‘ladi. Biriktirilgan detallar­ni bir-biriga bosmasa ham bo‘ladi (ularning o‘z massasi yetarli).

Birikmalarning mexanik xossalarini yaxshilash uchun qotirgich qo‘shishdan oldin epoksid smolaga ko‘pincha to‘ldirgichlar (metall kukunlar, grafit, maydalangan sluda, talk va boshqalar) qo‘shiladi. Qo‘shiladigan to‘ldirgichning miqdori uzelning turi va ishlash sha­roitiga bog‘liq. To‘ldirgichli va qotirgichli, qaynoq holda qotadigan epoksid smolalar asosida olingan birikmalarning mustahkamligi ancha yuqori bo‘ladi. Qotish jarayoni 120-200°C haroratda 0,5- 4,0 soat mobaynida kechadi.

Poliuretan smola asosidagi yelimlar. Poliuretan smola asosi­dagi yelimlarning adgezion xususiyati yaxshi bo‘lib, xona harorati - da va qaynoq holda ishlatish mumkin. Yelim tayyorlashda poliefir va poliizotsianatlaming gidroksidlaridan foydalaniladi. Poliure­tan smoialar asosidagi yelimlar metall va metallmas materiallarni yelimlashda ishlatiladi. Hosil qilingan birikmalar quyidagi xususi- yatlarga ega bo‘ladi: neft mahsulotlari ta’siriga chidamli, titrash va zarb ta’siriga mustahkamligi yuqori, haroratning tezlik bilan o‘zga- rishiga chidamli.

Poliuretan smola asosidagi yelimlar Вилад 11K-1, Вилад 13- 2M, ГПК 24-11, KJIM-l, РУ-2, BK-5, BK-11 kabi markalarda ishlab chiqariladi. Bu yelimlar asosida hosil qilingan birikmalar- ning siljishdagi mustahkamligi 3-20 MPa oralig‘ida bo‘ladi. Ularni minus 60 dan 200°C gacha ishlatish mumkin. Yelimlarni 6 oygacha (ba’zi bir markalari 12 oygacha) muddatda saqlash mumkin.

Poliefirakrilatli yelimlar. Poliefirakrilatli yelimlar (masalan, siakrin)ning yopishtirish xossalari juda yuqori bo‘lib, u bilan istal- gan materialni biriktirish mumkin. Xona haroratida bir daqiqada qotadi. Uning suvga chidamliligi past bo‘lganligidan kam ish­latiladi. Fenolkauchuk asosida olingan, qaynoq holda qotadigan yelimlarni yopishtirish xossalari yaxshi. 130-200°C haroratda va 0,5-1,2 MPa (5-12 kgk/sm2) bosim ostida 1-4 soat mobaynida qotadi. Xona haroratida 24 soat, qizdirilganida esa 4 soat mobayni­da qotadigan poliuretan asosida tayyorlangan yelimlar zaharliligi tufayli kam ishlatiladi.

Polivinilxlorid polimerlari va sopolimerlari asosidagi yelim­lar. Polivinilxlorid organik erituvchilarda yomon eriydi, shuning uchun ular plastizol deb ataluvchi plastifikatordagi pastasimon dispersiya ko‘rinishida ishlatiladi. Plastizol tarkibida polivinil- xloriddan tashqari stabilizatorlar, to‘ldirgichlar, pigmentlar, adgezi­on qo‘shilmalar va boshqa moddalar bo‘ladi. Polivinilxlorid poli­merlari va sopolimerlari asosidagi yelimlar Д-1А, Д-4А, Д-7А,

ГИПК-133, ПФ-1A kabi markalarda ishlab chiqariladi. Bu yelim­lar asosida hosil qilingan birikmalarning siljishdagi mustahkamligi

  1. 5-10 MPa oralig‘idabo‘ladi. Ularni minus 60°C dan 130°C gacha ishlatish mumkin. Yelimlarni 1-3 oygacha muddatda saqlash mum­kin. Ularni havo filtrlari qopqoqlarini quyishda, payvand choklarini jipslashda, moy filtrlari kartonli elementlarini yelimlashda, antikor­rozion va shovqinga qarshi himoya vositasida ishlatiladi.

Shuningdek, polivinilxlorid polimerlari va sopolimerlari asosi­da avtomobillarni ta’mirlashda ishlatiladigan Mars, Feniks, MC-1, РЕД-B kabi yelimlar ishlab chiqariladi. Ularni minus 40 dan 80°C gacha haroratlarda ishlatish mumkin. Ularni saqlash muddati 3 oy- dan 1 yilgacha. Bu yelimlardan asosan avtomobil salonlari va ka- binalarini pardozlashda foydalaniladi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish