Rey Bredberi oʻz asarlarini «ogohlantiruvchi asarlar» deb atagan. Mazkur «Farengeyt boʻyicha 451» asari ham shu taʼrifga toʻlaqonli muvofiqdir



Download 3,69 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi3,69 Kb.
#938498
Bog'liq
Farengeyt


Rey Bredberi oʻz asarlarini «ogohlantiruvchi asarlar» deb atagan. Mazkur «Farengeyt boʻyicha 451» asari ham shu taʼrifga toʻlaqonli muvofiqdir.
Maʼlumki, oʻtgan asr mobaynida insoniyat bir talay yoʻqotishlar bilan bir qatorda, ilm-fan, jumladan texnologiya sohasida beqiyos yutuqlarga erishdi. Radio, telefon, televideniya kabi axborot va media vositalari ilk bor insonlar maishiy hayotiga kirib kela boshladi. Soha taraqqiy etishi bilan insoniyatning oʻzigacha boʻlgan «ovunchogʻi» — adabiyot va sanʼatni sezilarli sur'atlarda siqib chiqara bordi va tez orada omma ongini istalgan axborot bilan oson toʻldira oluvchi kuchga ham aylanib oldi. Biroq bu rivojlanish shu bilan toʻxtab qolmasligi muqarrar edi . Bu hol koʻpchilik aql egalari qatori R. Bredberini ham texnika taraqqiyotining bashariyat ertasiga boʻlgan misli koʻrilmagan xatari haqida bosh qotirishga majbur etgandirki, adib mazkur asari bilan koʻpchilik eʼtiborini shu mavzuga qaratdi.

Asar XIX asr 50-yillarida yozib tugallangan va undagi voqealar biz yashab turgan yuzyillikning oʻrtalarida boʻlib oʻtadi. Unda mislsiz taraqqiy etgan texnika vositalariga oʻta darajada mute boʻlib qolgan va kundalik hayotining biror lahzasini ham ularsiz oʻtkazmaydigan insonlar jamiyati tasvrilanadi. Har xil teledevorlar, quloqchinlar, tezyurar mashinalar insonlar hayotining, oʻzlari taʼbiri bilan aytganda zavq-shavqi, baxtini kafolatlardi. Radio va TV har xil boʻlmagʻur axborotlar, yengil yelpi va mantiqsiz koʻrsatuvlar bilan toʻldirilar, kishilar esa oʻzlarining shu yoʻl bilan boshqarilayotganini, misoli bir hayvonga aylantirilayotganini fahmlashga urinmasdilar ham. Fahmlash qayoqda, hatto bir daqiqa oʻylashlari, fikr yuritishlariga vaqt va sharoit qoldirmaslik uchun barcha choralar koʻrilardi.


Asar bosh qahramoni, noodatiy kasb egasi Gay Monteg oʻt oʻchiruvchi boʻlib ishlar va mazkur davr uchun oʻta xavfli hisoblangan narsa — kitoblarni yoqish bilan shugʻullanardi. Chunki, bu paytga kelib insonga inson ekanini, oʻzligini, boshqacha va erkin yashashga haqli ekanini uqtirib turuvchi va uni oʻz oʻtmishi bilan bogʻlovchi birdan bir narsa kitob boʻlib qoladi.
Download 3,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish