Resurslarini yaratish va undan foydalanish


Test topshiriqlarini shakllantirish bo’yicha



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana03.04.2021
Hajmi0,59 Mb.
#62576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5235613585350067966

Test topshiriqlarini shakllantirish bo’yicha 

 

ko’rsatma

 

:

 

 



 


usuli hisoblanadi. Shuningdek, ta'lim jarayonida, testdan foydalanishga asoslangan o'quv 

muassasalarda talabalar bilimini aniqlash shakli pedagogik test deyiladi

2

.  


Bizning fikrimizcha, “test” - talabalar bilimini baholash vositasi hisoblanib, sinov 

natijalarini tahlil qilish uchun standartlashtirilgan tizimdir. Test savollaridan ko'zlangan 

asosiy maqsad oz vaqt ichida o'quvchilarni yoppasiga baholash hamda mutaxassislarning 

bilim va saviyasini aniqlash uslublaridan biri hisoblanadi.   

Test  yordamida  o'quvchi  yoki  mutahassisning  bilimi,  ilmi  va  ma'naviy  etukligini 

(dunyoqarashini) sinash  hamda  yoshlarning qaysi yo'nalish va  mutahassislikka  layoqati 

borligini, iqtidorini zudlik bilan aniqlash yoki baholashga imkon beradi. Test yordamida 

bilimni baholashning  pedogogik  nuqtai-nazardan  ayrim yutuqlari  va  ba'zi kamchiliklari 

mavjud bo'lib, baholash jarayonini kompyuter dasturiy vositalari orqali yoki on-line tarzda 

global  internet  tarmog’i  orqali  masofadan  boshqarish  tizimidan  foydalanish  mumkin. 

Shuningdek,  test  savollari  va  masalalarning  jozibadorligi,  ularning  qisqa  va  lo'ndaligi, 

umumiy javoblar ichida to'g’ri javobning borligi va ular o'quvchilarga ko'rsatma bo'lib 

xizmat  qilishi,  topishmoqli  o'yinga  o'xshashligi  va  javobni  topishda  xotira  ichki  his 

(intuitsiya) va topqirlik qo'l kelishida namoyon bo'ladi.  

Hozirgi kunda testlar takomillashib qog’oz shakldan elektron shaklga o'tib, o'ziga 

hos  qulaylik  va  talabalar  bilimini  masofadan  nazorat  qilishga  imkon  bermoqda. 

Shuningdek, pedagog va talabani vaqtdan unumli foydalanish, mashg’ulotlar davomida 

aniq  bilim  va  ko'nikmalarni  shakllantirish  hamda  natijalarni  darsdan  darsga  yaxshilab 

borishda  o'qitish  va  nazoratning  intensiv  usuli  bo'lib  xizmat  qiladi.  Jumladan,  amaliy 

mashg’ulotlar  davomida  o'zlashtirilgan  bilimlarni  sinashda  yoki  o'tilgan  mavzularni 

mustahkamlashda 7-10 ta testdan foydalanib, talabalarni faolligini oshirish orqali ularning 

bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish mumkin.  

Bizni ko'proq testni qanday shakllantirish va undan foydalanish qiziqtiradi, shunday 

emasmi?! Buning uchun testni quyidagi turlarini farqlashimiz talab etiladi.  

Ya'ni:  

❖  sodda testlar (to'g'ri/noto'g'ri);  

❖  bitta to'g'ri javobli testlar (oddiy testlar);  

❖  bitta noto'g'ri javobli testlar (oddiy testlar);  

❖  ko'p variantli testlar (bir nechta javob to'g'ri hisoblanadi);  

❖  berilganlardan mos keladiganini tanlash;  

❖  iyerarxiya ko'rinishida (ketma-ketlikda) joylashtirish;  

❖  bo'sh joylarni to'ldirish;  

❖  mos elementlarni birlashtirish;  

❖  rasmlardagi o'xshashlik yoki farqlarni belgilash;  

 

2

 Казиев В. М. Введение в практическое тестирование.  - М.: I



NTUIT.RU

, Бином. Лаборатория Знаний, 2008.  




❖  va  boshqa  ko'rinishda  bo'lishi  mumkin  (mazkur  test  turlariga  misollar 

fakultativ  tarzda  darsdan  tashqari  holatda  o’qituvchi  tomonidn 

tushuntiriladi).  

Yuqorida  keltirilgan  testlarning  barchasidan  har  doim  ham  foydalanmaymiz, 

ayrimlaridangina  foydalanamiz  holos.  Mamlakatimizdagi  Oliy  ta'lim  muassasalarida 

talabalar bilimini baholashda elektron moodle

3

 tizimidan foydalanilmoqda. Ushbu tizim 



imkoniyatlaridan foydalangan holda talabalar bilimini baholash va doimiy nazorat qilish 

imkoniyati mavjud. Jumladan, talabalarni joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazorat 

ishlarini  baholashda  test  sinovlarini  qo'llash  qulay  hisoblanadi. Ayniqsa,  moodle  tizimi 

foydalanuvchisi  hisoblangan  ta'lim  muassasalarida  professor-o'qituvchilarning  shaxsiy 

interfeyslari mavjud. Ushbu interfeysda yaratilgan “Mening kurslarim” ruknida mavjud 

fanlar ichida element qo'shish uchun yordamchi qismlar mavjud.   

Yuqorida  keltirilgan  test  turlarining  barchasini  qo'llagan  holda  moodle  tizimida 

testlar to'plamini shakllantirish mumkin (5-rasm). Shuningdek, testlar yordamida o'tilgan 

mavzularni  takrorlash,  talabalar  bilimlarini  mavzu  bo'yicha  mustahkamlash,  yangi 

mavzularni oldingi mavzular (boblar va bo'limlar) bilan mantiqan izchil bog’lab, o'zaro 

aloqadorlikda darsni tashkil etish vositasi sifatida ham qo'llash yaxshi samara beradi.   

 


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish