Taqsimlangan bulutli ma’lumot markazi virtual resurslarini shakllantirish
va foydalanuvchilarga taqdim etish algoritmlarini yaratish bo’yicha nazariy va
amaliy ishlanmalar tahlili. [1] ishda bulutli ma’lumotlar markazini arzon narxlarda
shakllantirish bo’yicha izlanish va modellashtirish ishlari ko’rib chiqilgan.
Modellashtirish jarayonida ilmiy izlanish mualliflari markazlashgan Voronoi
diagrammasidan foydalanilgan va ma’lumotlar markazini joylashuvini aniqlash uchun
klassik Lloyd metodidan foydalanilgan.
[2]
ishda bulutli ma’lumotlar markazini
energiya tejamkor usullar yordamida joylashtirish uchun yechim taklif qilingan. [1]
ishda tarmoqning yaxshi xizmat ko’rsatishini ta’minlash uchun optimal yechim izlangan
bo’lib, buning uchun Lloyd metodining chekli takrorlanishlar usulidan foydalanilgan.
Ushbu ishda ma’lumotlar markazini joylashtirish va qurish mumkin bo’lgan bir qancha
variantlar ishlab chiqilgan. Ularning orasidan optimal yechimni tanlash muammosi
ko’rib chiqilgan va shu ustida model yaratilgan. Yaratilgan model mashhur simulyatsiya
platformasi bo’lgan CDNSim (a simulation tool for content distribution networks) da
test qilingan. Hosil bo’lgan natijalardan eng ko’p, eng kam, o’rtacha xarajat talab
qiladigan algoritm natijalari tanlab olinib grafikda ko’rsatilgan. Bu ilmiy izlanishda
amalga oshirilgan asosiy ish ikki bosqichli takrorlanishlar operatsiyasi bo’lib, ushbu
takrorlanishlar orqali optimal yechimga yaqinlashib boriladi. Birinchi bosqichda butun
tarmoqni bir qancha Voronoi regionlariga ajratib chiqiladi. So’ngra har bir regionda
lokal optimal yechim joylashuvi aniqlanadi. Har bir regiondagi optimal yechimlar
ichidan kerakli umumiy optimal yechim olinadi.
[2] ishda ma’lumotlar markazining energiya isrofini kamaytirish va xizmat
sifatini saqlashga e’tibor berilgan. Energiya isrofini kamaytirish orqali ma’lumotlar
markazini qurishda sarf-xarajatlar kamayishini ta’minlash uchun yechim taklif etilgan.
Lekin bu holat ma’lumotlar markazining xizmat sifatini tushirishi mumkinligi aytib
o’tilgan bo’lib, bunga ortiqcha yuklama resursalari sabab bo’lishi mumkinligi mualliflar
tomonidan ta’kidlangan. Mualliflar asosiy e’tiborni mana shu ikki masalaga, ya’ni
energiya sarfini kamaytirish va bir vaqtning o’zida xizmat sifatini saqlab qolish yoki uni
oshirishga qaratilgan izlanish olib borishgan. Buning uchun ular dinamik ko’p obyektli
virtual mashinalarni joylashtirish metodini taklif qilishgan. Mualliflar taklif qilgan
yechim resurs isrofini, migratsiya energiyasini va ortiqcha yuklamalarni kamaytirishda
sezilarli natijalarga erishishga olib keladi. Simulyatsiya natijalari quyidagi natijalarni
bergani aytib o’tilgan:
− Migratsiya energiyasining 57% gacha kamayishi;
− Xizmat sifati buzilishlarining 6% dan kamroq qiymatga o’sishi.
Ushbu ish natijalari xizmat sifati kamayishini ko’rsatdi. Ular foydalangan model
Pareto optimal virtual mashinalar joylashuvi to’plamini topishga asoslangan bo’lib,
ushbu modelda biron yutuqqa erishish uchun boshqa tomondan yo’qotish bo’lishi aniq
ekanligi isbotlangan. Xizmat sifatidagi yo’qotishlarga qaramasdan migratsiya
energiyasining katta o’sishi kuzatilganligi bu yechimning yaxshi natijaga erishganligini
ko’rsatadi. Chunki xizmat sifatidagi yo’qotishlar o’sishi 6% ni tashkil qilgan bo’lsa,
energiya sarfi 57% ga kamaygan. Umuman olganda mualliflar ishlab chiqqan
simulyatsiya eng kamida 57% yutuqni ko’rsatgan. Ular ishlab chiqqan simulyatsiya
76% lik yutuq natijasi ham mavjud. Ammo bir jihat mavjudki, mualliflar ushbu
izlanishlarda tarmoq va xotira diski resurslarini hisobga olishmagan. Keyinchalik
mualliflar o’z xulosasida keying izlanishlarda izlanishlar qamrovini kengaytirib tarmoq
va disk reesurslarini ham hisobga olishlarini aytib o’tgan. Bundan tashqari ular
keyinchalik avtomatik tarzda eng yaxshi Pareto yechimini tanlash sistemasini ishlab
chiqishga urinishlarini aytib o’tishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |