Quyida keltirilgan chizmadan korinib turibdiki, xaqiqatdan ham nima istemol qilish kerak, demak, nima ishlab chiqarish kerak, degan masalani uy xojaliklari hal qiladi. Uy xojaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab chiqarish rejalarini tuzish uchun asos bolishi kerak. Firmalar, oz navbatida, noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xojaliklari istemol qilish uchun rejalashtirgan nematlarni olishlari kerak, yani ular istemol qilish boyicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi kerak boladi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab chiqarish resurslari bozori va istemol nematlari bozori. Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xojaliklari sektori ortasidagi ozaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor tovarlar bozorida oldi-sotdi boyicha ozaro munosabatda bolsa, talab va taklif modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar bozorida oldi-sotdi boyicha ozaro munosabatda bolsalar model sotiladigan resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.
Narx talab va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xojaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bolib hisoblanadi. Bunday axborot bir vaqtning ozida jamiyatdagi noyob nematlarni taqsimlash muammosini echish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining oshishi - xaridorlar uchun nonni istemol qilishni cheklash togrisida signal bolsa, firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni tiklash togrisida muhim axborot bolib xizmat qiladi. Narxlar noyob resurslarni ratsional taqsimlashni taminlaydi, nematlarni ratsional istemol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx er, kapital va resurslar egalarining daromadini aniqlaydi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalasini bozor hal qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bogliq xarajatlarga transaktsion xarajatlar deyiladi.
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli korinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( yani davlat ishtiroki mavjud bolmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi firmalar va uy xojaliklari ortasida amalga oshiriladi Uy xojaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bolgan barcha iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga etkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, songra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga etkazib beradilar. Ayni paytda resurslar - tovarlar va xizmatlar oqimiga qarama qarshi yonalishda daromadlar - xarajatlarning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Yani, uy xojaliklari ozlari etkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar istemol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar.