Resurslar cheklanganlik muammosi



Download 9,57 Mb.
bet25/113
Sana26.02.2022
Hajmi9,57 Mb.
#465625
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113
Bog'liq
2 5325701559470794065

Masalalar



        1. Kema sayohatiga chiqqan 6 kishi to’fon tufayli halokatga uchrashdi. Ularning 3 tasi A orolga, qolgan 3 tasi hechkim yashamaydigan B orolda qo’nim topishdi. Ma’lum bo’lishicha, halokatga uchragan kemaning jabrlanuvchilari kokos yong’og’i va toshbaqa tuxumlari bilan oziqlanishi orqali jonini saqlab qolishi mumkin. A oroldagilarning har biri bir kunda 20 ta kokos yong’og’i yoki 10 ta toshbaqa tuxumi to’plashi mumkin. B orolda vaziyat quyidagicha: Oroldagilarning birinchisi bir kunda 10 ta kokos yoki 10 ta toshbaqa tuxumi, ikkinchisi 15 ta kokos yoki 10 ta toshbaqa tuxumi, uchunchisi esa 20 ta kokos yoki 10 ta toshbaqa tuxumi to’plashi mumkin. Har bir orol uchun ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i va uning ko’rinishini aniqlang.



        1. Quyida ikkita korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i ko’rsatib o’tilgan. A nuqta birinchi korxonaning, B nuqta ikkinchi korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini ifodalovchi nuqtalar. A va B nuqtalar bir-biriga mos tushsa X tovorga nisbatan qaysi korxonada ishlab chiqarishring muqobil qimati kamroq?


Y
1-korxona
A B
2-korxona
X

        1. Ikkita orol bo’lib, ularning biri robinzonlar oroli, ikkinchisi
          hindular oroli. Ikkita orol ham go’sht va bug’doy ishlab chiqarish bilan
          shug’ullanadi. Robinzonlar orolida bir ishchi bir yilda 1 tonna go’sht yoki 20
          sentner bug’doy ishlab chiqaradi. Hindular orolida esa bir ishchi 2 tonna go’sht
          yoki 10 sentner bug‘doy ishlab chiqaradi. Robinzonlar orolida 400 kishi,
          hindular orolida 100 kishi mahsulot ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.

1) Orollarning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‘i funksiyasi aniqlansin.


2) Go‘shtning va bug‘doyning alternativ harajatlari hisoblansin.
3) Ikki orol hamkorlikda ishlashga qaror qilishdi. U holda, mexnat
taqsimoti natijasida ularning birgalikdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari
chizig‘i qanday ko‘rinishda bo’ladi; qaysi orol qancha go’sht va bug’doy ishlab
chiqaradi?



        1. Ma’lumki, Frantsiya va Gollandiyada sharob va yog’ ishlab chiqaradi. Gollandiyada 1000 galon sharob yoki 300 tonna yog’ ishlab chiqarish mumkin. Fransiya 1500 galon sharob yoki 600 tonna yog’ ishlab chiqarishi mumkin. To’liq ixtisoslashuv natijasida har bir mamlakat qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi?



        1. Ozod va Omon stul bilan stol ishlab chiqaradi. Ozod 1dona stul ishlab
          chiqarishga 1 soat, 1 ta stol ishlab chiqarishga 2 soat vaqt sarflaydi. Omon esa
          1 dona stul ishlab chiqarishga 2 soat, 1 ta stol ishlab chiqarishga 1 soat vaqt
          sarflaydi.
          a) Agar ular bir kunda 10 soat ishlasalar Ozod va Omonning ishlab
          chiqarish imkoniyatlari topilsin.

b) Ularning birgalikda ishlaganlaridagi va hamkorlikdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari
aniqlansin.
c) Omon yangi texnologiyadan foydalana boshladi. Natijada u 2 ta stul
ishlab chiqarishga 1 soat, 3 ta stol ishlab chiqarish uchun ham 1 soat vaqt
sarflaydigan bo‘ldi. Omonning yangi texnologiyadan foydalangandagi
ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i grafikda aks ettiring.



        1. Ma’lum bo‘lishicha, “ABS” neft kompaniyasi kuniga 150 tonna
          maxsulotni iste’molchilarga yetkazib beradi. Kompaniya faqat 2 turdagi
          maxsulotlar benzin va dizel yoqilg’isini ishlab chiqaradi. Dizel yoqilg’isining
          benzinga nisbatan chekli transformatsiya koeffitsenti - 0.5 ga teng.
          a) Benzin va dizel yoqilg’isi uchun kompaniyaning 1 oylik ishlab chiqarish
          imkoniyati chizig’i chizilsin.

b) Yangi texnologiya kelishi bilan ishlab chiqarish hajmi 20% ga va
benzin olish imkoniyati oldingiga nisbatan 30% ga ortdi.
Kompaniyaning yangi ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i funksiyasi qanday ko’rinishda bo’ladi?
c) Agar, benzin ishlab chiqarishni grafikning X o’qiga joylashtiradigan
bo‘lsak, ishlab chiqarish imkoniyati chizig‘ining yotiqlik koeffitsenti
oldingi ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i yotiqlik koeffitsentidan
necha foizga farq qiladi?



  1. “Qo‘shim bobo” fermer xo‘jaligida turli ball bonetitiga ega bulgan
    uchta ekin maydoni bor. U bu maydonlarga bugdoy yoki paxta ekishi mumkin. U
    1-maydondan 100 t kartoshka yoki 50 t bug’doy, 2-maydondan 80 t kartoshka yoki 30
    t bug’doy, 3-maydondan esa 40 t kartoshka yoki 20 t bug’doy olishi mumkin.
    “Qo’shim bobo” fermer xo‘jaligining hosil imkoniyati chizig’ini grafikda
    tasvirlang.




  1. A mamlakatda bitta resurs birligida 5 ta X mahsulotni yoki 8 ta Y mahsulotni ishlab chiqarishi mumkin. A mamlakatda 100 ta resurs birligi mavjud. B mamlakatida 200 ta resurs birligi mavjud bo’lib, ularning har bir birligi 4 ta X mahsulotni yoki 5 ta Y mahsulotni ishlab chiqarishi mumkin.

  1. A va B mamlakatlari uchun ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’ini chizing. Har bir mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i tenglamasi qanday ko’rinishga ega?

  2. X mahsulot ishlab chiqarishda qaysi davlat mutlaq ustunlikka ega? Y mahsulot ishlab chiqarishda qaysi davlat mutloq ustunlikga ega?

  3. X mahsulotlarini ishlab chiqarishda qaysi mamlakat qiyosiy ustunlikka ega? Y Mahsulot ishlab chiqarishda qaysi davlat qiyosiy ustunlikka ega?

  4. Agar mamlakatlar o'rtasida munosabatlar o’rnatilsa xalqaro savdo, ulardan qaysi biri X mahsulot eksport qiladi qaysi biri Y mahsulot eksport mahsulot?

  5. Mamlakatlar o’rtasidagi savdo o’zaro manfaatli bo’lishi uchun X va Y mahsulotlarining nisbati qanday bo’lishi kerak?



  1. Quyidagi “ Guruch- mashinalar” koordinatalar tizimidagi grafikda Yaponiyaning ishlab chiqarish imkoniyatlari va Misrning ishlab chiqarish imkoniyatlari ko’rsatilgan. Aytaylik, B nuqta Misr iqtisodiyotining holati va tuzilishini aks ettiradi, A nuqta Yaponiya iqtisodiyotining tuzilishini ko’rsatadi. Taqdim etilgan grafikani tahlil qilish asosida xulosalar chiqaring. Yaponiya va Misr mahsulotlaridan biriga to’liq ixtisoslashishi mumkinmi? Iltimos, asoslab bering.



Guruch

A
B

Avtomobil



  1. Qozog‘istonda bitta dehqon 1 yilda 2000 kg oq uzum yoki 3000 kg qizil
    uzum yetishtira oladi. Azarbayjonda esa bitta dehqon 1 yilda 1 kishi 4000 kg
    oq uzum 1000 kg qizil uzum etishtira olish imkoniyatiga ega. Qozog’istonda
    uzum yetishtirishda 400 ming kishi, Azarbayjonda esa 100 ming kishi band.
    Qozog‘iston prezidenti Azarbayjon prezidenti bilan uzum
    ishlab chiqarishda o‘zaro hamkorlik qilishni taklif kildi. Agar ushbu taklif
    amalga oshsa, hamkorlikdagi uzum etishtirish imkoniyatlari chizig’i grafikda
    aks ettiring.




  1. Ozod Zoyirov va Ali Nabiev pishloq va kolbasa ishlab chiqaradilar
    Ozod Zoyirovning Ali Nabivga nisbatan pishloq ishlab chiqarishi 2 barobar
    ortiq, ya’ni 1 soatda 40 kg ga teng pishloq ishlab chiqaradi. Ali Nabiev
    mashhur chorvador bo‘lganligi bois soatiga 20 kg kalbasa ishlab chiqaradi. Bu
    Ozod Zoyirovnikidan 2 barobar ko‘pdir.

  1. Ozod Zoyirov 300 kg pishloqni Ali Nabiev 700 kg kolbasasiga
    almashishni taklif qildi. Bu taklif Ali Nabiyev uchun foydalimi?
    b) Qanday holatda almashinuv ikki taraf uchun ham foydali bo’ladi?


12. AQShda 1 t makkajo’xori yetishtirishning alternativ xarajati 0.2 t
bug’doyga teng va AQSh maksimal darajada 100 mln tonna bugdoy etishtira
oladi. Kanadada 1 t bug‘doyning alternativ harajati esa 2 t makkajo‘xoriga
teng va Kanada davlati maksimal 50 mln tonna makkajo’xori yetishtira oladi.
a) Kanada AQSh yordami bilan o’z ehtiyojini 60 mln tonna makkajo’xori
bilan ta’minlay oladimi?
b) Ikki davlat o‘rtasida erkin savdo yo‘lga qo‘yilsa, AQSh maksimal
qancha mahsulot eksport qila oladi?



  1. Fermerda 3 ta bir xil o‘lchamdagi lekin har xil unumdorlikka ega yer
    maydoni bor. Fermer bu yerlarda kartoshka, sholgom va bug’doy etishtirmoqchi. U
    birinchi maydondan 20 t kartoshka yoki 8 t sholg’om yoki 4 t bug’doy olishi
    mumkin, ikkinchi maydondan esa mos ravishda 15 t, 9 t va 2 t, uchinchisidan esa
    12 t, 7 t va 3 t. Agar fermerda A t (A<15) sholg’om etkazib berish majburiyati bo’lsa, fermerning ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i aks ettirilsin.




  1. Uch opa-singil oilaviy kichik korxona tashkil qilishdi. Korxonada jun va aralash iplardan bolalar uchun paypoq, nimcha to’qiladi. Opa-singillarning kattasi yil davomida 500ta nimcha yoki 600 juft paypoq, ikkinchi singil esa 420 ta nimcha yoki 700 juft paypoq, uchinchi singil 300ta nimcha yoki 600 juft paypoq to’qiy oladi. Oilaning mehnat taqsimoti natijasidagi ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig’ini chizing.



  1. Ota, qiz va o’g’il xovliga qulupnay terish va o’toq qilish uchun kelishdi. Uchastkada 6 soat ishlashlari mumkin. Ota soatiga 1 chelak, qiz ikki chelak, o’g’li 0,5 chelak qulupnoy teradi. Qiz o’toqni 2 soatda, o’g’il 7 soatda, otasi 6 soatda bajaradi. Oilada ishni qanday taqsimlash kerakki, o’toq qilib bo’lib, eng ko’p miqdorda qulupnay terishsin.



  1. Mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i tenglama bilan tavsiflansin. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig'idagi hozirgi holati koordinatalari X = 3, Y = 4,5 bo’lgan nuqtaga to’g’ri keladi. Aytaylik, mamlakat X va Y tovarlari bilan xalqaro savdo qilish imkoniyatlarini kashf etadi. Agar jahon narxi ishlab chiqilgan bo’lsa va u Px = Py bo’lsa mamlakat uchun jahon bozoriga qaysi mahsulotni eksport qilish foydali bo’lishi mumkin?



  1. Jadvalda Rossiya va Germaniyada bitta kamera va bir kvadrat metr mato ishlab chiqarish uchun mehnat xarajatlari (soat bo’yicha) ko’rsatilgan.





Mato (X)

Kamera (Y)

Rossiya

8

12

Germaniya

6

8

Ikkala mamlakat o’rtasida erkin o'zaro manfaatli savdo sharoitida X va Y nisbiy narxining chegaralari qanday?

  1. Quyida ikki dalada guruch va loviya yetishtiradigan dehqon ishlab chiqarish imkoniyatlarining egri chizig’i ko'rsatilgan. Agar 100 t loviya ishlab chiqariladigan bo’lsa 1 tonna guruchning alternativ xarajatlari nimaga teng?

guruch
150

120

loviya
150 400


  1. Bir birlik mahsulot ishlab chiqarish 0,5 mehnat birligi va 4 birlik kapitalni talab qiladi. Y mahsulotning bittasini ishlab chiqarish esa 1 birlik mehnat va 1 kapital birligini talab qiladi. Tayyor mahsulotlar sotilguncha omborda saqlanadi. Ombor 20 ta X mahsulotni yoki 5 ta Y mahsulotni qabul qilishi mumkin. Ma’lumki, iqtisodiyotda 250 ishchi kuchi, 1300 birlik kapital va 40 ta saqlash maydoni mavjud.

  1. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini belgilang.

  2. 120 birlik Y mahsulot ishlab chiqarishning alternativ xarajatlari qanday?



  1. Xodim haftasiga 40 soat ishlaydi. U A detalni ishlab chiqarishi uchun 4 soat vaqt ketadi. B detalni tayyorlash uchun 2 soat vaqt ketadi. Ushbu qismlar bir xil xomashyodan tayyorlanadi. A detalni tayyorlash uchun 5 birlik xom ashyo kerak, B detalni tayyorlash uchun 15 birlik xom-ashyo kerak bo’ladi. Haftada 100 birlikdan ko'p bo'lmagan xom ashyo ishlatilishi mumkin. A detalning bozor narxi - 10 so’m. B detalning bozor narxi - 25 so’m. A va B detallarni sotishdan keyin ishlab topilgan pul miqdori maksimal bo'ladigan ishlab chiqarish hajmini aniqlang.



  1. Robinzonlar orolida yashovchilar bir kunda 100 ta banan yoki 80 ta kakos terishi mumkin. Alternativ xarajatlar o’zgarmas. Ushbu orolda yashovchilar kakos va banandan qilingan salatni iste’mol qilishadi. 1 porsiya salatni tayyorlash uchun 2 ta kakos va bitta banan ketadi. Eng ko’p porsiya salatni tayyorlashi uchun Robinzonlar orolidagilar banan va kakosni qancha miqdorda terishlari kerak bo’ladi?



  1. Sirgali tumanida 2 ta fermer xo’jaligi kartoshka va sabzi yetishtirish
    bilan shug’ullanadi. Birinchi fermer o‘zining 100 gektarlik eridan 3000 t
    kartoshka yoki 2000 t sabzi olishi mumkin, ikinchi fermer o‘zining 150
    gektarlik yer maydonidan 4800 t kartoshka yoki 2400 t sabzi olishi mumkin.
    a) Umumiy ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i chizilsin.
    b) Agar fermer xo‘jaliklari o‘rtasida erkin savdo yo‘lga qo‘yilsa, umumiy
    ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i qanday o‘zgaradi?



  1. Robinzon va Jumavoy kokos yong’og’ini terish va baliqchilik bilan
    shug’ullanishadilar. Robinzon bir kunda 5 ta baliq tuta oladi yoki 15 kg yong’oq
    tera oladi. Jumavoy esa 15 ta baliq yoki 5 kg yong’oq tera oladi. Ikkalasining
    birgalikdagi ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i chizilsin.



Download 9,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish