19. Normal tovarlar bu…. a) daromad oshganda talab oshadigan tovarlar
b) aholi soni oshganda talab kamayadigan tovarlar
c) aholi soni oshga talab oshadigan tovarlar
d) daromad oshganda talab kamayadigan tovarlar
20. Past kategoriyali tovarlarga talab oshadi…. a) daromad kamayganda
b) daromad oshganda
c) o’rinbosar tovar narxi oshganda
d) o’rinbosar tovar narxi tushganda
21. Past kategoriyali tovarga talab…. a) aholi soni oshsa oshadi
b) aholi soni oshsa kamayadi
c) daromad oshsa kamayadi
d) daroad oshsa oshadi
22. 2019 yilda tovuq go’shtiga 20000 so’mdan 2 t talab bor edi. 2020 yilda tovuq go’shti narxi o’zgarmadi lekin unga talab 3 t tashkil etdi. Bu o’zgarishga quyidagilardan qaysi biri sababchi bo’lmasligi mumkin. a) go’sht taklifining oshishi
b) go’sht iste’mol qiluvchilar sonining oshishi
c) agar go’sht normal tovar bo’lsa daromaddagi o’zgarish
d) mol go’shti narxining oshishi
23. Mahsulot narxidagi o’zgarish…. Talab chizig’ining ko’chishiga sabab bo’ladi lekin chiziq bo’ylab nuqtalarning o’zgarishiga sabab bo’lmaydi
Talab chizig’ining ko’chishiga sabab bo’lmaydi lekin chiziq bo’ylab nuqtalarning o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Talab chizig’ining ko’chishiga shuningdek undagi nuqtlarning o’zgarishiga olib keladi
Talab chizig’ining ko’chishiga ham undagi nuqtalarning o’zgarishiga ham sabab bo’lmaydi.
24. Quyidagilardan qaysi biri lavashga bo’lgan talab chizig’ining ko’chishiga sabab bo’lmaydi? a) lavash ta’mining o’zgarishi
b) daromadlardagi o’zgarishlar
c) hotdog narxining tushushi
d) lavash narxining o’zgarishi
25. Bozor talabining egri chizig’i….ni ko’rsatadi. tovar yoki xizmatga talabning o’zgarishining bozor taklifiga ta’siri
iste’molchilar turli xil narxlarda sotib olishni istagan va sotib oladigan tovar miqdori.
har xil miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun marjinal xarajatlar.
reklama xarajatlarining tovarning bozor narxiga ta’siri.
26. 4,95 dollarga baholangan badiiy roman 9000 nusxada sotilishi kutilmoqda. Agar roman $ 3.95 narxida sotuvga qo’yilsa, noshir romanning qancha miqdorda sotilishini kutishi mumkin? 9000 nusxadan kam.
9000 nusxa.
9000 nusxadan ortiq.
Sotuvga arzon narxning ta’sirini taxmin qilish qiyin.
27. Turg’unlik (retsessiya) davrida iqtisodiyotda ishsizlik ko’payib, iqtisodiy faoliyat darajasi pasaygan. Qanday qilib turg’unlik bozorning yangi avtomobillarga bo’lgan talabiga ta’sir qilishi mumkin? Talab o’ng tomonga siljiydi.
Talab chapga siljiydi.
Talab siljimaydi, lekin oyiga sotiladigan mashinalar miqdori kamayadi.
Talab o’zgarib ketmaydi, lekin oyiga sotiladigan mashinalar soni ortadi.