Resurslar cheklanganlik muammosi



Download 9,57 Mb.
bet54/113
Sana26.02.2022
Hajmi9,57 Mb.
#465625
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113
Bog'liq
2 5325701559470794065

Masalalar



  1. Quyidagi vaziyatlarda talabning narx bo’yicha elastikligini hisoblang:

  1. Tovarning narxi 200 dan 201 so’mgacha ko’tariladi. Talab miqdori 1000 dan 950 donagacha kamaydi;

  2. Tovarlarning narxi 201 dan 200 so’mgacha tushdi. Talab miqdori 950 dan 1000 donaga ko’tariladi.

Talabning narx egiluvchanligini hisoblash natijalari nima uchun har xil ekanligini tushuntiring.



  1. Bir hafta mobaynida supermarketda 36000 so’mdan 200 kg kolbasa sotildi. Narx 2500 so’mga oshdi natijada haftalik sotuvlar 50 kg ga kamaydi. Kolbasaga talabning narx bo’yicha elastikligini hisoblang.

Bu holda talabning narx egiluvchanligini qanday formuladan hisoblash kerak?



  1. X mahsulotining narxi 40 dan 42 so’mgacha ko’tarildi. Narxlar oshgandan keyin ushbu mahsulotga bo’lgan talab 2500 tani tashkil etdi. Talabning narx bo’yicha nuqtaviy elastikligi -0.5 ga teng bo’lsa narxlar oshmasdan oldingi talab miqdori nechiga teng ekanligini aniqlang.




  1. Agar telefon xizmatlari uchun oylik tarif 200 dan 210 so’mgacha ko’tarilsa xizmat elastik deb hisoblanishi uchun telefondan foydalanuvchilarning nechi foizi telefondan foydalanishni to’xtatishi kerak bo’ladi?




  1. Narx 2000 so’mgacha ko’tarilganda talab miqdori nolga tushadi. Talab funktsiyasi chiziqli. Talabning egiluvchanligi narxning qaysi qiymatida -0.25 bo’ladi.




  1. Bozor talabi funktsiyasi chiziqli. Taklif funksiyasi

Q. = -50 + 10P shakliga ega. Soliq solishdan oldin muvozanat hajmi 100 donani tashkil etardi. Mahsulotga soliq solinishi boshiga sotish bo'yicha soliqni joriy etish
mahsulot narxini 4 so’mga oshirdi va muvozanatli sotish hajmini 20 foizga kamaytirdi. Aniqlang:
a)dastlabki muvozanat nuqtasida muvozanat narxi va muvozanat miqdori
b) byudjetga tushadigan soliq tushumlari miqdori;
c) talab funktsiyasi tenglamasi;
d) iste’mol narxining boshlang’ich va yangi qiymatlarida talabning narx egiluvchanligi.



  1. Bozorda kunlik talab va kunlik taklif chiziqli tenglamalar bilan berilgan. Mvozanat narxi 5 so’mni tashkil qilganda muvozanat miqdor 1000 donani tashkil qiladi. Muvozanat nuqtasida talabning narx bo’yicha egiluvchanligi egiluvchanligi Ed = -1,75 ga teng va taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi E8 = 0.4. Talab va taklif egri chizig’i tenglamasini toping.




  1. shakldagi tenglama bilan berilgan talab egri chiziqlari uchun talabning narxning egiluvchanligi doimiy qiymatga ega ekanligini va aynan -n ga teng ekanligini isbotlang.




  1. Ma’lumki, taklif funktsiyasi Qs = -6 + 2P shakliga ega. Muvozanat nuqtasida talabning narxning egiluvchanligi -2, taklifning egiluvchanligi esa 2 ga teng. Talab funksiyasi chiziqli bo’lsa, u qanday ko’rinishda bo’ladi?




  1. X tovarlar bozorida iste'molchilarning atigi ikkita guruhi mavjud, ularning talab funktsiyalari mos ravishda Q = 12-P va Q = 13-2P. Bozor talabining narx bo’yicha egiluvchanligini Q = 4 ga mos keladigan nuqtada aniqlang.




  1. Ma’lum bo‘lishicha, A tovarning narxga bog’lik talab elastikligi
    koeffitsienti -4 ga teng ekan. Agar tovarlarni sotishdan tushgan daromad 15
    % ga oshishi uchun tovarning narxi va sotiladigan tovar miqdori qanday
    o‘zgarishini aniqlang.



  1. Ma’lum bo‘lishicha, “Yangi obod” bozorida bir kunda 120 dona
    “SAMSUNG” uyali telefoni 400000 so‘mdan sotiladi. Bozor muvozanati
    sharoitida “SAMSUNG” telefonining narxi 1%ga tushadigan bo’lsa, telefonga bo’lgan talab hajmi 0.6 foizga ko‘tarilar ekan. Uyali telefonga bo’lgan chiziqli talab funksiyasi aniqlansin.



  1. Aspirinning narxi 250 so‘mdan 300 so‘mga ko‘tarildi. Aspiringa
    bo’lgan talab elastikligi -3 ga teng. Iste’molchilarning aspiringa bo’lgan harid xarajatlari qanday o‘zgaradi?



  1. Biror A tovarga bo’lgan talab funksiyasi ushbu ko‘rinishda berilgan:
    Qd=1000-0.5P Aniqlansin: tovar narxi P qancha bo’lganda tovar noelastiklik va narx qanday bo’lganda narxga bog’lik talab elastikligi 0.5 ga teng bo’ladi.



  1. X tovarning narxga bog’lik talab elastikligi -3 ga teng. Tovarning narxi 2% ga ko‘tarilsa, sotuvchi daromadi qanday o‘zgaradi?



  1. Statistik axborotlardan ma’lum bo‘lishicha, har haftada bozorda 100 birlik mahsulot P=8000 so‘mdan sotiladi. Bozor muvozanati sharoitida tovar narxi 1 % ga qisqarganda tovarga bo’lgan talab 0.8 % ga oshar ekan. Agar tovarga bo’lgan talab chiziqli bo’lsa narxga bogliq talab funksiyasini aniqlang.



  1. Agar bizga X tovar uchun talab funksiyasi Q=1600+90P-2P2 berilgan bo‘lsa, narx darajasi 40S va 30$ bo‘lgandagi talab elastikligi topilsin.



  1. Bozorda sotiladigan kir yuvish poroshoklarining talab elastikligi aniqlandi: “Mif” kir yuvish poroshogining narxga ko‘ra talab elastikligi: Em = -8 va daromadga ko‘ra elastikligi Emr = 3; “Barf” niki Ebr= - 6 va EMr= 2.
    Aniqlansin:
    a)Iste’molchilar daromadi 20 foizga oshsa “Mif” va “Barf” poroshoklariga talab qanday o‘zgaradi?

b)Agar “Mif” va “Barf” poroshoklari narxi 25 foizga tushsa, ularga talab qanday o’zgaradi?
c)Agar iste’molchi daromadi 10 foizga oshsa, “Mif” va “Barf” paroshoklari narxi mos holda 15 foizga va 7 foizga oshsa ularga talab qanday o’zgaradi?


  1. Qahramonni 1 oylik daromadi 600 ming so’m bo’lganda u 30 shisha pivo iste’mol qilardi. Keyingi oydan uning daromadi oshdi va 700 ming so‘mni tashkil qildi va u endi 40 shisha pivo ichadigan bo‘ldi. Qahramonning daromadga ko’ra pivoga bo’lgan talab funksiyasi aniqlansin (talab chiziqli).



  1. To’g’ri chiziqli talab funksiyasi berilgan. Q =30 bo’lganda nuqtaviy talab elastikligining modeli 2 ga teng. P=25 bo’lganda esa u 1 ga teng. Talab funksiyasini chizing.



  1. Bug‘doyga talab chiziqli bo‘lib, 2000 mln. kg.ni tashkil qiladi. Bir kg.
    bugdoyning narxi 500 so’m. Bug’doy narxiga bog’lik talab elastikligi
    koeffitsienti -1.5, taklif elastikligi esa 8 ni tashkil qiladi. Tabiiy
    iqlim sharoitining o’zgarishi natijasida taklif hajmi 20% ga qisqardi.
    a)Bug’doyning muvozanat parametrlari aniqlansin.

b)Fermerlarning o‘zgargan daromadlari hisoblansin.



  1. Agar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish imkoni bo’lsa
    mahsulot narxi 10% ga ortsa umumiy tushum hajmi 8% ni tashkil qilishi
    mumkinmi?




  1. Bozordagi go’shtga talab funksiyasi quyidagicha: Qd= 25000-20P go‘sht
    narxi qanday oraliqda bo’lganda talab elastiklik bo’ladi?




  1. Shakar bozori muvozanat holatga yaqin. Har kuni 360 tonna shakar
    P=1500 so’m narxda sotiladi. Shakar narxi 20 foizga oshsa, taklif 15 foizga
    oshadi. Shakarning chiziqli taklif funksiyasi aniqlansin.



  1. “Qora marvarid” vinosiga bo’lgan taklif va talab chiziqli. 2008- yilda
    1 shisha vino 3600 so’m bo’lganda, unga bo’lgan bir kunlik muvozanat talab
    20000 shishani tashkil qildi. Narx bo’yicha talab elastikligi -1,5 va narx
    bo’yicha taklif elastikligi 0,6. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’siri
    natijasida “Qora marvarid” vinosiga bo’lgan talab 20 foizga qisqardi.
    Aniqlansin:

  1. “Qora marvarid” sotish qanchaga qisqargan?

  2. “Qora marvarid” vinosi sotuvchilarining daromadlari qanchaga

kamaygan?

26. Mahsulotining narxi 10%ga ko‘tarilganda firmaning pul tushumi
32%ga oshdi. Agar barcha taklif qilingan tovarlarni sotish imkoni bor degan
shart qo‘yilsa, u holda nuqtaviy taklif elastiklik koeffitsientini hisoblang.


27. Talab funksiyasi quyidagicha berilgan: Qd=-15Pa+8Pb+60
Bu yerda Pa-A tovarning narxi, Pb-B tovarning narxi. Pa=2$ Pb=3$ gat eng bo’lganda B tovar narxiga bog’liq A tovarga bo’lgan talab elastikligini hisoblang.



      1. O‘zbekiston sovun bozoridagi “Yangi yo‘l” sovuniga talab funksiyasi
        Qd=1700-2P, taklif esa Qs=-100+P ko‘rinishida berilgan. Soliq stavkasi
        qanday qilib qo‘yilsa umumiy olinadigan soliq tushumi maksimal bo’ladi?




      1. A nuqtadagi chiziqli talab egri chizig’ining nuqtaviy egiluvchanligi -2 ga teng, B nuqtadagi nuqtaviy elastiklik -1 ga teng. Berilgan talab egri chizig’ining AB oraliqdagi yoysimon elastiklik koeffitsentini aniqlang.




      1. A nuqtadagi chiziqli talab egri chizig’ining nuqtaviy elastikligi -2 ga teng, AB oraliqda yoysimon talab elastikligi esa -1.5 ga teng bo’lsa, B nuqtadagi nuqtaviy elastiklik koeffitsentini hisoblang.



      1. Talab egri chizig’i -1/3 ga teng bo’lgan o’zgarmas elastiklik koeffitsenti bilan ifodalanadi. Agar talab miqdori 2 marta ortsa, narx nechi foizga o’zgaradi?

      2. Talab funksiyasi Qd=a-bP ko’rinishda. Qanday narxda talabning narx bo’yicha elastikligi b/a ga teng bo’ladi?




      1. Talab funksiyasi Qd=4/P. Narx 3.5 ga teng bo’lganda talabning narx bo’yicha elastikligini hisoblang.



      1. Talab funksiyasi Qd= P2-6P+10 ko’rinishida berilgan. Narx 1 ga teng bo’lganda narxga bog’liq talab elastikligini hisoblang.



      1. Foziljinning daromadi 50 ga teng bo’lganda talab funksiyasi Qd=5-P ko’rinishida agar 70 ga teng bo’lganda Qd=6-P ko’rinishida ifodalangan. Qaysi narxda daromad bo’yicha elastiklik 1 ga teng bo’ladi?



      1. Agar narx 10% ga kamayib, foyda 8%ga ortgan bo‘lsa, talab
        egiluvchanligini aniqlasa bo‘ladimi?



      1. Biror A tovarga bo‘lgan taklif elastikligi 0,6ga bir birlik mahsulotning narxi 8 dollar, taklif hajmi 12ming birlik bo‘lsin. Taklif bilan
        narx o‘rtasidagi bog‘liqligi chiziqli bo‘lsin.
        1)Taklif funksiyasini aniqlang.
        2)Faraz qilaylik, A tovar talab funksiyasi quyidagicha bo‘lsin:
        Qd=30600-7600*P taklif hajmi 20%ga oshganda yangi muvozanat
        narx va ishlab chiqarish hajmi aniqlansin.



Download 9,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish