Product A - Feature 1
- Feature 2
- Feature 3
Product B - Feature 1
- Feature 2
- Feature 3
- Umumiy ovqatlantirish korxonalari xodimlarining hammasi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi shart. Bundan maqsad kasallik taom orqali boshqalarga yuqmasligi, restoran xodimlari va restoranga keluvchilar sog‘lom bo‘lishini ta’minlash kerak.
- Kishilar mehmondorchilikka borganlarida mezbon yaxshi kiyingan xolda, xushchaqchaqlik bilan kutib olsa, kelgan mehmonlar mamnun bo‘ladi. Xuddi shunday ofitsiant ham restoran zalining mezboni, uning yaxshi kiyinishi restoranda kayfiyatni ko‘taradi.
- Ofitsiant restoran zalining sohibi, shuning uchun ham chiroyli, ham qulay shaklda kiyinishi kerak. U kuni bilan ishlaydi, uning harakati kiyimiga mos tushishi kerak, ya’ni ofitsiantning butun borlig‘i restoranni bezab turishi kerak.
- Har bir restoranning o‘ziga xos kiyimi bo‘lishi lozim. Ular hamma xodimlar uchun bir xil shaklda va bir xil bichimda bo‘ladi. Ammo bosh ofitsiantning kiyimi boshqa ofitsiantlarnikidan ajralib turishi kerak. Ba’zi bosh ofitsiantlarning ko‘kragida beyjik bo‘ladi. Ofitsiantlarning kiyimi mavsumga qarab yangilanib turiladi.
- Restoranda xizmatchi xodimlarning kiyimi uning toifasiga bog‘liq bo‘ladi. Lyuks va oliy toifadagi restoran xodimlarining kiyimi yuqori sifatli matolardan tikiladi. Boshqa toifadagi restoran xodimlari uchun arzon matolardan tayyorlanadi.
- Lyuks va oliy toifadagi restoran xodimlari uchun tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida quyidagilar beriladi;
- erkak bosh ofitsiantlarga- jun kostyum, ko‘ylak, galstuk; ayollarga-jun kostyum, bluzka, galstuk.
- erkak ofitsiantlarga-jun kostyum, ko‘ylak, galstuk; ayollarga-yarim jun ko‘ylak, yozgi ko‘ylak.
- Boshqa toifadagi restoranning xizmatchi xodimlari uchun:
- erkak bosh ofitsiantlarga-yarim jun kostyum, ko‘ylak, galstuk; ayollarga-yarim jun kostyum, oq bluzka, galstuk.
- erkak ofitsiantlarga- yarim jun kostyum, oq ko‘ylak, galstuk; ayollarga-yarim jun ko‘ylak, yozgi ko‘ylak.
- Budan tashqari yozgi mavsumda erkak bosh ofitsiantga bitta yozlik kostyum, ofitsiantlarga ikkita, bosh ofitsiant ayolga va ofitsiant ayollarga qo‘shimcha bittadan yozgi ko‘ylak beriladi.
- Lyuks va oliy toifadagi restoranning bosh ofitsiantlari va ofitsiantlariga bir xil shakldagi poyafzal beriladi. Bir xil shakldagi kiyimlarni bosh ofitsiant va ofitsiantlardan tashqari zalda ishlaydigan bufetchilar, shveysar, garderobchi, farrosh, zal navbatchisi, restoran va qahvaxona xojatxonalarida xizmat qiladigan xodimlarga beriladi.
- Restoran xodimlarining kiyimlari har xil dizaynda, tikilishiga qaramay o‘lchami xodimlarga to‘g‘ri kelidigan, zamonaviy, chiroyli, qulay, yaxshi tozalanadigan, yuviladigan bo‘lishi shart. Poyafzal ham xuddi shunday bo‘lishi kerak.
- Restoran xodimlari kiyim va poyafzallarini doimo ozoda tutishi lozim. Kostyum, ko‘ylaklar toza va dazmollangan bo‘lishi, poyafzallar ham shunga mos bo‘lishi kerak.
- Ofitsiantga beriladigan kiyim va poyafzallar faqat xizmat davridagina kiyiladi. Restorandan tashqarida esa kiyishga ruxsat berilmaydi.
- Agar kiyimlar saqlanayotgan joyida yuqolib qolsa, unda ofitsiantning aybi bo‘lmasa, ma’muriyat mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Ofitsiantga yangi kiyim va poyafzal beriladi. Kiyim yuqolishi yoki ishdan chiqishida ofitsiant aybdor bo‘lsa, foydalangani uchun ofitsiantdan kiyim bahosi undirib olinadi va yangisi beriladi.
- Agar kiyim muddatiga qadar yaroqsiz holga kelib qolsa, ishdan chiqqanligi sababi ko‘rsatilib, dalolatnoma tuziladi. Ofitsiant sababchi bo‘lsa, kiyim uning hisobidan bo‘ladi. Ikkinchi marta berilgan kiyim muddati shu berilgan kundan hisoblanadi.
- Ko‘pgina restoranlarda milliy an’analar e’tiborga olinib, ofitsiantlar milliy kiyimlarda xizmat qiladilar. Taomlar tayyorlash va mijozlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash jarayonida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik choralariga belgilangan me’yor talablari asosida rioya qilish ofitsiantlar zimmasiga tushadi:
- ofitsiant zal, taom tarqatiladigan joylar, zinalar va pollarning texnik holati, ularning singan va yaroqsiz xolatini sezgan zahotiyoq ofitsiantlar ularni ta’mirlashni talab qilishlari kerak;
- erga to‘kilgan moy, suyuqlik, taom bo‘laklari va boshqalarni tezlik bilan artib, yig‘ishtirib olishi;
- eshiklar, kirish yo‘laklarida ehtiyot va e’tiborli bo‘lishi;
- konserva qutilarini maxsus ochqichlar bilan ochishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |