10.1 Avtomatika sistemalarining loyihalash ob‟ektlarini parametrlari.
Parametr – ob‟ektning iщ rejimi yoki xossasini xarakterlovchi kattalik. Loyihalash
ob‟ektlari parametrlari orasidan, ularning mo„ljallangan maqsadiga mos darajadagi mikdoriy baho
hisoblanuvchi foydalilik ko„rsatkichlari aloxida keltiriladi.
Foydalilik ko„rsatkichlari quyidagi ko„rsatkichlarga bo„linadi:
a) unumdorlik;
b) ishonchlilik;
v) qiymati;
g) massasi;
e) aniqligi.
Sistemaning tipii va konkret sharoitdan kelib chiqib, u yoki bu ko„rsatkich bosh rolni
bajaradi. SHundan kelib chiqib, radiosistemalar uchun asosiy foydalilik ko„rsatkichlari ma‟lum vaqt
ichida qancha ish bajara olish qobiliyati (unumdorlik ko„rsatkichi) va aniqlik hisoblanadi.
«Foydalilik ko„rsatkichi» atamasi murakkab sistemalarga mos keluvchi yuqori ierarxik darajada
loyihalashlarning barchasida ishlatiladi.
CHiqish parametrlari – sistemaning to„g„ri ishlayotganligi haqida xukm chiqarish mumkin
bo„lgan sifat ko„rsatkichlari, ya‟ni bu tushuncha anologik jixatdan, «foydalilik ko„rsatkichi» ga mos
keladi, lekin u ixtiyoriy ierarxik darajadagi sistemalarda qo„llaniladi.
CHiqish parametrlari elementlarining xossalariga bog„liq bo„lgani kabi, sistemalarning
aniqlangan strukturalari (konfiguratsiyalari)dagi elementlarning bir-biri bilan bog„lanishlarining
o„ziga xosliklariga bog„liq.
Har bir yangi bog„lanish uslubi yangi strukturani beradi va sistemalar ishida sifat o„zgarishiga olib
keladi. Bunday o„zgarishlar agar yangi tipdagi elementlar oldingisiga qaraganda sifatli bo„lsa,
qaysidir elementning tipini o„zgartirishga olib keladi. SHuning uchun ham elementlarning tiplari
sistemalar strukturalarining xususiyatlariga muvofiq bo„ladi. SHunga ko„ra, sistemalar
strukturalarining vazifalari elementlar tiplarining vazifalari va ularning bir-biri bilan bog„lanish
usullarini bildiradi.
Hamma strukturalar variantlari to„plamlarining ko„pchiligi – hisoblash to„plamlari; bir
variantdan boshqasiga o„tish yo chiqish parametrlari qiymatini diskret o„zgartirish yo sistemalar
xossalarini sifatli o„zgartirishga o„tkazish bo„lsin, umuman chiqish parametrlari to„plamini
o„zgarishi haqida gapirish.
Agar sistemalar strukturasi aniq bo„lsa, unda uning chiqish parametrlari faqat elementlar
parametrlari va tashqi sharoit parametrlariga bog„liq bo„ladi.
Ichki parametrlar – bu elementlarning parametrlari.
Tashqi parametrlar – bu ob‟ektga ta‟sir qilib, uning ishiga uz ta‟sirini kursatuvchi tashqi
muhitlarning parametrlari.
Boshqa so„z bilan aytganda, har bir ierarxik darajadagi chiqish parametrlari sistemalar
xossasini harakterlaydi, ichki parametrlar esa, elementlar xossasini. SHuni ta‟kidlash kerakki, yangi
51
sathga o„tishda qaralayotgan ichki parametrlar chiqish parametrlari bo„lib kolishi mumkin va
aksincha.
Masalan, rezistorning karshiligi – radio elektron qurilmaning prinsipial sxemasini
loyihalashda ichki parametr, lekin bu karshilik shu rezistorning o„zini ishlashida chiqish parametri
bo„ladi. Tashqi parametrlari, namlik va o„rab turgan muhit haroratsi, radiatsiya darajasi, shovkin
mikdori vash u kabilar xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |