Республики узбекистан



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/79
Sana16.09.2021
Hajmi1,88 Mb.
#175749
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79
Bog'liq
avtomatik sistemalarni loyihalash asoslari fanidan maruzalar matni (1)

 

3-Ma‟ruza.  

Avtomatik sistemalarini loyihalashda blokli-ierarxik yondashuv va ularning 

struktur sxemalarini loyihalash 

Reja: 

1.  Avtomatika sistemalarini blokli-ierarxtik usulda loyihalash. 

2.  Blokli-ierarxik usulning afzalliklari va kamchiliklari. 

3.  Blokli-ierarxik loyihalash usuliga misollar. 

4.  Avtomatlashtirish sistemalarini tuzish asoslari. 

5.  Sistemaning tayanch joylarining miqdorini aniqlash, tanlash. 

6.  Tarkib sxemalarining vazifasi, grafik ifodalanishi va turlari. 

 

1. Avtomatika sistemalarini blokli-ierarxik usulda loyihalash. 

Odamning  muhandislik  faoliyati  avvalo  texnik  ob‟ektlarni  ishlab  chiqish  -    ularni 

loyihalashga  bog„liq  bo„ladi.  Loyihalash  bu  –  yangi  mahsulot  yaratish  yoki  berilgan  talablarni 

qondiruvchi  yangi  jarayonlarni  amaliyotda  qo„llash  uchun  zarur  bo„lgan  barcha  hujjatlarni  olish 

maqsadidagi  qidiruvlar,  tadqiqot,  hisob-kitob  va  konstruksiyalash  bo„yicha  ishlar  majmuasidir. 

Inson  faoliyatining  istagan  sohasida  EHMni  qo„llash  ulkan  formallashtirish,  tushunchalarni, 

terminlarning bir xilligini va tasnifning aniqligini juda qat‟iy aniqlash yuzasidan qo„plab murakkab 

masalalarni  qayta  ko„rib  chiqishni  talab  qiladi.  Bu  munosabatlarda  va  avtomatika  sistemalarini 

loyihalash sohasida istisnolar bo„lishi mumkin emas [2, 4]. 

Fan  va  texnika  taraqqiyoti  barcha  murakkabroq  texnik  ob‟ektlar  –  katta  miqdordagi  o„zaro 

bog„langan  elementlardan  tuzilgan  murakab  sistemalar  (avtomatika  sistemalari)ni  yoritishga  olib 

kelmoqda.bu  ob‟ektlarni  ishlab  chiqish  uchun  bir  necha  yil  vaqt  va  ko„pgina  mutaxassislarni  jalb 

etishni  talab  qiladi.  Loyihalashning  bunday  muddati  odatda  to„g„ri  kelmaydi,  chunki  vaqt  o„tgani 

sari ma‟naviy jihatdan eskira boshlaydi. 

Buning  oldini  olish  uchun  ikkita  tendensiya  mavjud,  sistemani  murakkablashtirish  va 

loyihalash  muddatini  qisqartirish,  bular  avtomatika  sistemalarini  loyihalashni  avtomatlashtirishni 

kundalik zaruriyatga aylantiradi. 

Blokli-ierarxik  usulda  loyihalash  jarayoni  va  ob‟ektning  o„zini  taqdim  etish  bosqichlarga 

taqsimlanadi.  YUqori  bosqichda  eng  umumiy  qismlar  va  loyihalanayotgan  sistemaning  o„ziga 

xosliklarini  ko„rsatuvchi  kam  detalli  ko„rinishdan  foydalaniladi.  Ishlab  chiqishning  har  bir  yangi 

bosqichida  ko„rib  chiqishning  to„liqlik  darajasi  o„sib  boradi,  bunda  sistema  to„lig„icha  emas, 

alohida  bloklar  sifatida  qaraladi.  Bunday  usul  har  bir  bosqichda  masalalarni  mumkin  daraja 

murakkablikda,  ya‟ni  inson  tushunadigan,  anglay  oladigan  va  loyihalash  vositalari  yordamida 

echish  mumkin  bo„ladigan  qilib  formulalashtirish  va  maslalarni  hal  qilishga  imkon  beradi. 

Bloklarga  bo„lish  shunday  bo„lishi  kerakki,  istagan  bosqichdagi  blokning  hujjatlari  bitta  odam 

tomonidan aniqlanadi va qabul qilinadi. 


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish