Davlat byudjeti konsepsiyalari
Byudjet kamomadiga boMgan munosabat salbiy hisoblanadi. Balanslashgan byudjet g‘oyasi eng mashhur hisoblanadi. Tarixan davlat byudjeti holatiga boMgan munosabat uchta konsepsiya orqali ilgari surilgan:
Byudjetning yiliga balanslashuvi g‘oyasi
Byudjetning iqtisodiy sikl fazalari bo‘yicha balanslashuvi g‘oyasi (davriylik asosida)
Byudjetning balanslashuvi emas, balki iqtisodiyotning balan slashuvi g‘oyasi.
Byudjetning yiliga balanslashuvi konsepsiyasi deganda iqtiso diy siklning har qanday fazasida har yili byudjet harajatlari daromad- lariga teng boMishi tushuniladi. Bu degani, masalan agar pasayish
96
davrida byudjet daromadlari (soliq tushumlari) minimal boMganda davlat byudjetni balanslashtirish uchun davlat o‘z harajatlarini (dav lat xaridi va transfertlami) pasaytirishi kerak boMadi. Davlat xaridlari va transfertlami kamaytirish tadbiri esa yalpi talabni va ishlab chiqarish hajmini kamayishiga, yanada chuqurroq iqtisodiy pasa- yishga olib keladi. Va aksincha, agar iqtisod rivojlanishning cho‘qqisiga chiqqan, ya’ni soliq tushumlari maksimal boMgan davrida boMsa, davlat harajatlari va daromadlarini tenglashtirish uchun davlat harajatlami oshirishi lozim, bunda endi iqtisod yanada qizib jonlanadi va inflyatsiyani kuchaytiradi. Xulosa qilib aytish kerakki, davlat byudjetini balanslashtirishning bunday yoMini nazariy jihatdan to‘g‘ri deb hisoblab boMmaydi.
Byudjetni iqtisodiy sikl fazalari asosida balanslashtirish kon- sepsiyasi esa har yili balanslashgan byudjet boMishini zarur deb hisoblamaydi. Muhimi byudjet sikl davomida balanslashgan boMishi lozim: iqtisod «qizigan» va cho‘qqiga chiqqanda (iqtisodiy faollik yu qori boMgan sharoit), byudjet daromadi maksimal boMganda byudjet- dagi ortiqchalik resessiya (iqtisodiy faollik minimal boMgan sharoit) davrida, byudjet daromadlari keskin kamaygan paytda byudjet taqchil- ligini moliyalashtirishda ishlatilishi mumkin. Bu konsepsiya ham kamchilikdan holi emas. Gap shundaki, iqtisodiy siklning yuqori (cho‘qqi) fazasi va resessiya davri davomiyligi va chuqurliligi bilan farqlanadi. Shuning uchun cho‘qqi davridagi byudjetdagi ortiqchalik tushkunlik davridagi taqchillik (defisit) bilan mos kelmaydi, shuning uchun byudjet balanslashuvini ta’minlash mumkin boMmay qoladi.
Eng keng tarqalgan konsepsiya bu davlatning byudjetni balan- slashtirishga qaratilgan emas, balki iqtisodiyotni barqarorlashti- rishga erishishni maqsad qilib qo‘ygan konsepsiyasi hisoblanadi. Bu g‘oya Keynsning «Bandlikning, foiz va pullaming umumiy nazariyasi» deb atalgan kitobida (1936 y.) ilgari surilgan va iqtisodi rivojlangan davlatlarda 70-yillaming o‘rtalariga qadar faol qoMlanil- gan. Keyns fikricha, davlat byudjeti instrumentlari (davlat harajatlari, soliqlar va transfertlar) antisiklik, iqtisodiyotni barqarorlashtiruvchi regulyatorlar sifatida siklning turli fazalarida qoMlanilishi kerak boMadi. Agar iqtisodda pasayish boMsa, u holda davlat iqtisodiy faoliyatni faollashtirish va iqtisodiy o‘sishga erishish maqsadida o‘z harajatlarini (davlat xaridi va transfertlami) oshirishi lozim va soliqlami pasaytirishi kerak, buning oqibatida esa AD ortadi. Va ak-
.97
sincha, agar iqtisod «qizigan» davmi boshdan kechirayotgan bo‘lsa, u holda davlat harajatlami qisqartirib, soliqlami oshirishi lozim, bun- ing natijasida iqtisodiy faollik pasayadi va iqtisod «soviydi», bu esa barqarorlikni ta’minlab beradi. Davlat byudjetining holati bunda hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Keyns nazariyasi resessiya, ya’ni iqtisodning pasayish davri bilan kurashishga yo‘naltiriIgani va unda eng avvalo byudjetni tartibga solishda uning instrumentlari (davlat xaridi va transfertlami, ya’ni byudjet harajatlarini oshirish va soliqlami, ya’ni daromadlami kamaytirish) dan foydalanishni tatbiq etish lozimligi sababli, bu nazariya «moliyaviy kamomad (defisit) » g‘oyasiga asoslangan. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda 50-60 yil- larda bunday keynsian reseptining qoMlanilishi 70-yillar o‘rtalariga kelib byudjet taqchilligining surunkali bo‘lib qolishiga va makroiqti sodiy muammolardan biri hisoblanib, inflyatsion jarayonlami ku- chayishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |