2. Keynsian makroiqtisodiy model: asosiy qonun va xulosalar
Modelning asosiy qoidalari:
real va pul sektorlari o‘zaro bir-birlari bilan bogMiq. Klassik modelga xarakterli boMgan pullaming neytrallik tamoyili endi “pul- lar ahamiyatga ega” (“money matters”) tamoyili bilan almashtirilib, bu esa pullaming real ko‘rsatkichlarga ta’sir etishini bildiradi. Pul bozori qimmatli qog‘ozlar bozori singari moliya bozorining bir qismi (segmenti) ga aylanib, makroiqtisodiy bozomi tashkil etadi;
barcha bozorlarda nomukammal raqobat hukm suradi;
barcha bozorlarda nomukammal raqobat hukm surganligi sa- babli, narxlar noelastik, qattiq (rigid) yoki Keyns so‘zi bilan ayt- ganda, «yopishqoq» (sticky), ya’ni ma’lum darajada yopishib qoluv- chi va ma’lum bir vaqt ichida o‘zgarmasdir. Masalan, mehnat bozo rida mehnat narxi boMgan nominal ish haqi stavkasining qattiqligi (yopishqoqligi) ni quyidagicha tushuntirish mumkin:
bitim asosidagi tizim amal qiladi: bitim bir yildan uch yilgacha boMgan davrga imzolanadi va bu vaqt ichida bitim bo‘yicha kelishil- gan nominal ish haqi stavkasini o‘zgartirib boMmaydi;
30
kasaba uyushmalari faoliyat yuritadi, ular tadbirkorlar bilan kollektiv bitimlami nominal ish haqining ma’lum bir miqdorida bo‘li- shini kelishadilar, tadbirkorlar esa bu miqdordan past boMgan ish haqi miqdorida ishchilami yollashmaydi (shuning uchun ish haqi stavkasi kollektiv bitim qayta ko‘rilib chiqilmagunga qadar oczgartirilmaydi);
davlat minimal ish haqini o‘matadi, tadbirkorlar shu minimal ish haqi stavkasidan past bo‘lgan stavkada ishchilami yollash huqu- qiga ega emaslar. Shuning uchun grafikda mehnat bozori (3-a rasm) mehnatga talab pasayganda (LDiLD2 gacha siljiganda) mehnat narxi (nominal ish haqi stavkasi) W2 gacha pasaymaydi, u Wi darajada qoladi (“yopishadi”).
Tovar bozorida narxlarning qattiqligini shu bilan tushuntirish mumkinki, unda monopoliyalar, oligopoliyalar yoki monopolistik raqobatli firmalar harakat qilib, ular esa narxlami bir xil darajada ushlab turish imkoniyatiga egalar (price-makers) (endi ular sof raqo bat sharoitidek price-takers bo6lmaydilar). Shuning uchun tovar bo zori grafigida (3-v rasm) tovarlarga talab pasayganda, narx darajasi P2 ga pasaymaydi, balki Pi darajada saqlanib qoladi.
Keyns fikricha, foiz stavkasi investisiyalar va jamg‘armalar nisbati natijasida kapital bozorida shakllanmay, balki pul bozorida - pulga bo'lgan talab va taklif nisbati natijasida o‘matiladi. Shuning uchun pul bozori to‘liq makroiqtisodiy bozor bo‘lib qoladi, undagi sharoitning o‘zgarishi tovar bozoridagi sharoitning o‘zgarishiga ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |