Respublikasi xalq ta‘limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash



Download 1,56 Mb.
bet20/60
Sana31.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#258666
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
Bog'liq
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

3-MAVZU

MEHNAT DARSLARIDA O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH


Ma’ruza (2 soat)

    1. Mashg’ulotni olib borish texnalogiyasi


O’quv soati -2 soat

Talabalar soni 42 ta

O’quv mashg’ulot shakli

Axborotli ma’ruza


Ma’ruza rejasi:

  1. O’quvchilarni mehnat malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish.

  2. Mehnat xonalarini tashkil etish.

  3. Mehnat ta’limi jarayonini tashkil etish.

O’quv mashg’ulotining maqsadi

Boshlang’ich sinflarda mehnat darsini olib

borilishining maqsadi va vazifalarini ko’rsatib berish



Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyati natijalari:

O’quvchilarni mehnat malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish.

O’quvchilarni mehnat malaka va ko’nikmalari bilan

qurollantirish haqida talabalarda bilim va ko’nikmalar shakllanadi.



Mehnat xonalarini tashkil etish

Mehnat xonalarini tashkil etish haqida bilim

oshiradilar. (1-ilova)



Mehnat ta’limi jarayonini tashkil etish.

Mehnat ta’limi jarayonini tashkil etishni o’rganadilar,

ularni turlarga ajratadilar.



O’quvchilarning ishlarini tekshirish va

baholash


O’quvchilarning ishlarini tekshirish va baholash

haqida talabalarda bilim va ko’nikmalar shakllanadi



Mashg’ulotni yakunlash.

Mehnat ta’limiga oid misollar keltirib izohlaydilar.

O‘qitish vositalari

O‘UM ma’ruza matni, doska, bo‘r va latta

O‘qitish usullari

Axborotli ma’ruza, blis-so‘rov, “Klaster” o’yin

texnologiyasi, B/BX/B jadvali, aqliy hujum



O‘qitish shakllari

Frontal, kollektiv usulda.

O‘qitish sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan guruhlarda ishlash

usulini qo‘llash mumkin bo‘lgan auditoriya



Monitoring va baholash

Og‘zaki savollar, blits-so‘rov


Mavzuni o’rganish bo‘yicha texnologik xarita


Ish

bosqichlari



O‘qituvchi faoliyatining mazmuni

Tinglovchi faoliyatining mazmuni

1 – bosqich. Mavzuga kirish

(20 min)



    1. O‘quv mashg‘uloti mavzusini, rejani va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi

    2. Baholash mezonlari (1-ilova)

    3. Aqliy hujum usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtirish

    4. Mavzuni jonlantirish uchun savollar

beradi (2-ilova)

Tinglaydilar, Savollarga javob beradilar. Zarur ma’lumotlarni yozib boradilar.

2- bosqich. Asosiy

  • 2.1. Mavzu yuzasidan mini ma’ruza qiladi.

Tinglaydilar, Savollarga javob beradilar. Zarur ma’lumotlarni

bo‘lim (50 min)

  • 2.2.Mashg’ulot rejasining ikkinchi savoliga tushunchalar aytiladi.

  • 2.3.Rejaning uchinchi savoli yuzasidan ma’lumotlar beriladi.

  • 2.4. Rejaning to’rtinchi savoli yuzasidan ma’lumotlar beriladi.

  • 2.5. Rejaning beshinchi savoli yuzasidan ma’lumotlar beriladi.

2.6. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi.

yozib boradilar. Mavzu haqida o’z fikr-munosabatlarini bildiradilar.

3-bosqich. Yakunlovchi (10 min)

    1. Mashg’ulot bo’yicha yakunlovchi xulosalar qiladi.

    2. Mavzuni chuqurroq o’zlashtirish uchun adabiyotlar ro’yxatini beradi.

    3. Keyingi mavzuga tayyorlanib kelish uchun savollar beradi.

Tinglaydilar. Savollar beradilar.Tushunmagan narsalarini so’raydilar. Berilgan topshiriqni daftarlariga yozib oladilar.

Mehnat fanidan o’quv jarayonini tashkil qilish o’quvchilarni muayyan mehnat malakasi va ko’nikmalari bilan qurollantirishgagina xizmat qilib qolmay, balki ularning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini o’stirish va ularda mehnatga munosabatini tarbiyalashda ham juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan mehnat darslari g’oyat zarurdir. O’qituvchining o’z fanini yaxshi bilishi o’quvchilarning muvaffaqiyat bilan o’qitishning eng muhim shartlaridan biridir.

O’z fanini yaxshi bilgan o’qituvchi biror buyum narsani tayyorlash usulini mahorat bilan tushuntirish va ko’rsatib bera oladi, bu esa mehnat amallarini o’quvchi to’g’ri idrok etishni ta’minlaydi. O’qituvchi shu munosabat bilan darsga puxta tayyorgarlik ko’rishi, bolalarga ko’zrsatadigan buyum narsani o’qituvchining o’zi oldindin tayyorlab ko’rishi lozim, chunki buyum narsani tayyorlash davomida qiyin ish usullarini qo’llashga to’g’ri kelib qolishi mumkin. Agar o’qituvchining o’zi narsalarni oldindan tayyorlasa o’quvchilarga uni tayyorlatishning xiyla mukammalashgan metod va usullarini ko’zda tutgan bo’ladi.

Har bir dars o’quvchilarning bilim va malaka doiralarini kengaytirishi hamda mustahkamlashi, ularda barqaror ijobiy ko’nikma va odatlar hosil qilishga yordam berishi lozim.

Dars vazifasini faqat bilim berish va ko’nikma hosil qilishdan iborat qilib qo’ymasligi balki tarbiya berish va kamol toptirish vazifalari bilan organik bog’lab olib borish ham zarur.

Shunung uchun ham o’qituvchi o’zi o’qitayotgan bilimini bilishi lozim. Bu esa biror temaga tayyorlana turib, o’qituvchi mazkur dars materiali asosida o’quvchilarning ahloqiylikning qanday g’oyalarini anglashga olib kelajagini diqqat, fikrlash, xotira, tasavvur, irodani rivojlantirish va boshqa shu kabilar sohasida shaxs sifatini qanday kamol toptirishga erishishini aniq tasavvur qilmog’i lozim.

Agarda bolalar yaxshi yoritilmagan sinfda, yoshiga mos kelmaydigan qupol, og’ir asboblar bilan ishlasalar, bu ularning ish natijalariga juda yomon ta’sir ko’rsatadi. Mehnat madaniyati malkalari ko’p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida hosil bo’ladi, bunda mashqlar davomida har bir mashq jarayonida o’rnatiladigan tartib va ish harakati izchilligini sistematik su’ratda tushuntirish berish zaruriyati bilan birga qo’shib olib boriladi.

Mehnat va politexnik jihatdan tayyorlashning yangi dasturi “taqlid qilish” metodikasini mehnat darsidagi ish sistemasi sifatida rad etadi, tajriba shuni ko’rsatadiki, bolar butun buyumni tuzulishini yaxshi tasavvur etsalargina ish opreasiyasi va asboblar bilan ishlash usullarini tezroq va puxtaroq o’qib oladilar, o’qituvchi ayniqsa birinchi sinf o’quvchisi o’qituvchiga taqlid qilishga intiladi. Shu sababli o’quvchi boshdan boshlaboq faqat to’g’ri usullarni ko’rishi va eslab qolishi lozim. Bordi-yu o’qituvchi qo’llamasligi lozim bo’lgan noto’g’ri ish usulini har doim ta’kidlab ko’rsataversa o’quvchi shuni eslab qolishi mumkin, u o’quvchilar ongiga singshib olib, keyin uni tuzitish ancha qiyin bo’ladi.

Mehnat darslarida birinchi sinf o’quvchilarining ishlarini ko’zatish natijasida o’quvchilarni topshiriqlarni olib, buyum narsani xuddi namunadagidek yasash uchun namunani uning qurilishi nuqtai nazardan sinchklab qarab chiqib, buyumni yasash yo’llarini qunt bilan izlaydilar.

Birinchi sinf mehnat darslarida, odatda tayyorlanishi kerak bo’lgan buyum narsaning namunasi ko’rsatiladi. Bunda birinchi sinf o’quvchilari uchun real,

buyum narsa, buyumning namunasi zarurligi nazarda tutiladi, bolalar unga qarab mazkur buyum narsa qanday qilinganligini, qanday qilib xuddi mana shunday tayyorlash mumiknligini o’ylab oladilar.

E.A.Farapanova qayd qilib o’tganidek birinchi sinfda mehnat mahsuloti muayyan buyum narsalar tayyorlangandan keyin u qanday bo’lishi, tayyor buyum holidagina emas, balki qismlarga bo’lingan holda qanday qismlardan iboratligini, qanday birikkanligini ham tasavvur eta olish malakasini tarkib toptirish muhimdir. O’qituvchi yangi temaga metodik jihatdan qanchalik to’g’ri yondashmasin, uni suhbat va ko’rsatmada qanchalik tushunarli qilib izohlanmasin, baribir bolalar dastlabki vaqtlarda mehnat usullarini har doim ham to’g’ri qo’llavermaydilar. O’quvchi ko’p savollarni mustaqil hal qilishi kerak. O’quvchilarning hayotga mustaqilligi aktiv fikrlash faoliyatini, tashabbusni paydo bo’lishi, uchragan qiyinchiliklarni yengishi, aval hosil qilingan mehnat bilimi va malakalarini oqilona va ijodiy qo’llay bilishni o’rganish lozim. Mustaqil mashg’ulot soatida asosiy aktiv shaxs bolalar. Lekin bunga qaramay darsning bu bosqichida ham o’qituvchining vazifasi benihoyat katta va ma’suliyatlidir. Bunday mashg’ulotlarda maqsadni aytib, ish usullarini ko’rsatib qo’ya qolish kifoya, bolalar erkin ishlashni kerak deb o’ylash katta xato bo’ladi. O’qituvchi mukin qadar kamroq so’zlash, sekin ohista ovoz bilan gapirishni odat qilishi, o’quvchilarga sezdirmay ularning xarakterini kuzatish, ularni yaqinlashish va uzoqlashishini, urniga qo’yib gapirishni yoki jim turishni o’rganish lozim. Qoloq o’quvchini yaxshi o’zlashtiralidgan o’quvchiga biriktirib qo’yish kerak. Masalan tikishda o’g’il bolalar odatda orqada qoladilar ularga qizlar yordamini biriktirib qo’yiladi, aksincha texnikaviy moddelashda o’quv tajriba hovlisidagi ishlarda bolar qizlarga yordamlashishlari kerak.

Shu tarzda o’quvchilarda o’rtoqlarcha o’zaro yordam hissi tarbiyalanadi. O’qituvchi har bir o’quvchining imkoniyatlarini hisobga olib bolalarni ruhlantirish lozim. Bolalar mustaqil ishlayotganda o’qituvchining mehnati osonemas, balki yanada qiyinroq, biroq ijodiy mehnat singari huzurbaxshdir.

O’quvchilar mustaqil ishlayotganda o’qituvchi passivdek ko’rinadi, lekin aslida o’qituvchi oldida u rahbarlik qilish lozim bo’lgan xilma-xil xususiyatli o’ttiz-qirq bola bor. Ba’zilarini butun dars davomida bezovta qilmaslik lozim, boshqalarga ko’rsatma berish kifoya, qolganlari yordamga muhtojdir. Mustaqil mashg’ulot vaqtida bolalar qo’ng’iroqni ham sezmay qoladilar, hatto ishini davom ettirishga ruxsat etilsa quvonadigan hollar ham bo’ladi. O’zlariga yoqqan ishga sho’ng’ib ketib va tez ishlaydigan o’rtoqlarini ko’rib bolalar bor-bora o’zlarining ish su’ratini tezlashtirishni odat qilib oladilar. Ishni o’z vaqtida tekshirmaslik o’quvchining ishga qiziqishini kamaytiradi. Ishni tekshirish va baxolashga bolalarning o’zlari jalb qilish kerak bu bilan ular mehnatga ongli munosabat, aktivlik va tashabbus rivojlanadi. Mehnat natijalarini birgalikda tekshirish va baholash bolalarning xotiralarida ma’lum bir buyumni tayyorlashning barcha bosqichlari, ayrim usullari tiklanadi. Uyga topshiriq berish darsning muhim bosqichidir. Mehnatdan uyga bajarib kelish uchun beriladigan vazifani avvalo darsda ishni yaxshi uddalay olmagan o’quvchilarga berish zarur.



Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish