Respublikasi qishloq xo’jaligi


Atmosferasi boshqarilib turiladigan sharoitda meva va sabzavotlarni saqlash rejimi



Download 0,88 Mb.
bet24/29
Sana02.01.2023
Hajmi0,88 Mb.
#897433
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Respublikasi qishloq xo’jaligi

Atmosferasi boshqarilib turiladigan sharoitda meva va sabzavotlarni saqlash rejimi

MGM bo‘lmalarining germetikliligiga alohida e’tibor beriladi. Bo‘lmalardagi gaz bilan tashqi muhit o‘rtasidagi gaz almashinuvi normal gaz aralashmasi uchun sutkasiga 0,05 –0,07 hajmdan, subnormal gaz aralashmasi uchun esa 0,02–0,03 hajmdan oshmasligi lozim. Bo‘lmalar qurib bitkazilganidan keyin ularning germetikligi albatta tekshirilib ko‘riladi. Yaxshi germetizatsiya qilinganda bo‘lmadagi bosim 30 minut ichida 25 mm suv ustunidan 0 ga tushadi. Agar bosim 10 minut mobaynida 25 mm suv ustunidan 10 mm ga tushsa qoniqarli hisoblanadi. Bo‘lmadagi bosim manometr bilan o‘lchanadi. Bo‘lmaning germetikligini tekshirish uchun bo‘lma SO2 gazi bilan to‘ldiriladi (10% kontsentratsiyagacha) va gaz ventilyator yordamida aralashtirilgan SO2 ning kontsentratsiyasi birinchi marta aniqlanadi keyin 3–4 kun mobaynida gaz muhiti o‘lchab turiladi.


Germetiklik darajasi quyidagi formula yordami aniqlanadi:

bunda: Ye – germetik yopish samaradorligi; Dc – bo‘lmada 24 soat mobaynida SO2 kontsentratsiyasining o‘zgarishi, %; St – bo‘lmada 24 soat mobaynida SO2 kontsentratsiyasining o‘rtacha miqdori, %.



Germetik yopish samaradorligi yaxshi izolyatsiya qilingan bo‘lmalar uchun Ye=0,87–0,98, ya‗ni bunda sutkasiga diffuziyali gaz almashinuv bo‘lma hajmiga ko‘ra 0,02–0,03 dan oshmasligi lozim. MGM bo‘lmalarida meva va sabzavotlar 7–8 oy va undan ko‘proq muddatga saqlanadi.

Doimiy omborlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Kartoshkani uyumda saqlash jarayoni nazorat qilish darajasi past va yomon boshqariladigan jarayon hisoblanadi. Tuganaklar uyumda kuzdan bahorgacha saqlanadi va ko‘pincha bahorga kelib nihoyat darajada o‘sib ketadi, kuzda uyumga joylash va uyum ustini yopish texnologiyasiga amal qilinmagan hollarda kartoshkaning asosan, ustki qismi ko‘p miqdorda kasaliklar bilan zararlanadi. Arzonligiga qaramay uyumli usul yuqorida keltirilgan kamchiliklar hisobiga hozirgi paytda ko‘pchilik davlatlarda asosan ikki hil usuli qo‘llaniladigan kartoshka saqlagichlarga almashtirilmoqda: turli xil sig‘im va konstruktsiyadagi to‘kma (idishsiz) holida saqlash va konteynerda saqlash usullari. Konteynerli usulning turlari to‘rli idishda taglik (‘oddon)larda va qutilarda saqlash hisoblanadi. Kartoshkani to‘kma (idishsiz) holida saqlashga joylashtirishning uch xil usuli mavjud:

  1. To‘kma (idishsiz uyum) – hajmi asosan 500, 1000, 1500, 2000, 3000 tonna va undan yuqori bo‘lgan omborning butun maydoni bo‘ylab joylash usuli.

  2. Handak (hamda, bordon) – sig‘imi 20 dan 40-60 tonnagacha bo‘lgan o‘rta ishchi yo‘lagida 6 m kengligida yo‘lak qoldiriladigan joylash usuli.

  3. Izolyatsiyalangan sektsiyali – sig‘imi 200-250 dan 400-500 tonnagacha bo‘lgan joylash

usuli.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish