Maktabgacha ta’lim vazirligi va xalq ta’lim vazirligi
Bu erda xotin- qizlar qo‘mitasiga taklif sifatida shuni aytish joizki YOshlar ittifoqi ayollar mehnat migratsiyasiga qanday qaraydi? Ma’lumki, “YOshlar ittifoqi” tashkiloti uyushmagan yoshlar bilan ishlash va yoshlarga madaniy- ma’rifiy, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘mak berish prinsipi asosidaishlamoqda. Demak, yuqoridagi ma’limotlarga tayangan holda aytishimiz mumkinki, yoshlar ittifoqi yoshlarga ko‘proq o‘zlarini namoyon etish imkoniyatlarini va turli rag‘batlar berishlar va ularga turli ish o‘rinlari yaratishda ko‘maklashishlari, ularga har tomonlama ko‘mak berib, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida va xorijda mehnat faoliyatini olib boruvchilar uchun turli til kurslari jore qilishsa va migratsion maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Bizga ma’lumki mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiya mavjud. Mehnat migratsiyasining eng katta muammolaridan biri bu “odam savdosi” muammosidir. Butun dunyo bo‘ylab har yili boshqa mamlakatlarga ish qidirib borogan va mehnat amaliyotini o‘tab yurgan migrantlarning ko‘pchiligi odam savdosi qurboni bo‘lmoqdalar. Jumladan shu muhojirlar ichida ming afsuski vatandoshlarimiz ham mavjud. Manashunday mudhish voqealarni oldini olish uchun butun dunyoda inson huquqlarini himoya qiluvchi nufuzli tashkilotlar bor. Masalan Ombtsman - bu tashkilot inson huquqlarini muhofaza qiluvchi tashkilot hisoblanadi.
Odam savdosiga qarshi kurashuvchi idoralararo komissiyaga taklif sifatida shuni kiritish mumkinki, bu tashkilot faqat odam savdosi qurbonlarni emas, balki anashu holatni kelib chiqmasligi uchun turli profilaktika ishlarini amalga oshirishlari va tashqi mehnat migratsiya agentligi bilan hamkorlikda xorijda mehnat migrant sifatida ishlamoqchi bo‘lgan fuqarolarni, ular qaysi hududga ishlash uchun ketayotganlarini va qanday faoliyat bilan shug‘ullanishlarini chuqur o‘rganishlari kerak.
Tashqi mehnat migratsiyasi agenntligi esa ayol mehnat migrantlariasosan xorijda qanday mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishayotgani va ular aynan qanday muammo va qiyinchiliklarga duch kelganini chuqur o‘rgangan holda ularga mehnat faoliaytini olib borishmoqchi bo‘lgan mamlakat tilini o‘zlashtirishda turli- xil til kurslarini joriy qilishlarini taklif qilgan bo‘lar edim.