IV. Mustahkamlash
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
Taymer ishlatiladigan holatlarga misollar keltiring.
Timer obyekti obyektlar panelining qaysi jildida joylashgan?
Timer obyektining interval xossasi qanday vazifani bajaradi?
Timer obyektining Enabled xossasi qanday qiymat qabul qiladi va bu qiymat o‘zgarganda qanday hodisa ro‘y beradi?
Taymer ilovasida ShowMessage protsedurasi o‘rniga Label obyektidan foydalanib, qayta yarating.
Elektron soat ilovasini soat har sekundda qisqa ovoz signali beradigan qilib o‘zgartiring.
MAVZU: “Futbol to‘pini sakratish” loyixasi: Image komponenti
Rasmga matn joylash. Rasmlar bilan ishlashda ko‘p uchraydigan amallardan biri bu rasmga matn joylashdir. Bu amalni bajarish uchun Canvasning usuli bo‘lgan TextOut (matn chiqarish) dan foydalaniladi.
Uning uchta argumenti bo‘lib, ulardan dastlabki ikkitasi matn chiqariladigan sohaning chap yuqori burchagining koordinatalari, uchinchisi esa ekranga chiqariladigan matn satri.
Bu operatorlarni qo‘llash bilan tanishish uchun quyidagi ilovani yaratamiz. Unga Image va Button tugmalarini joylab, tugmani ikki marta bosamiz va quyida ko‘rsatilgan operatorlarni kiritamiz:
Image1.Canvas.Font.Size:=8; Image1.Canvas.TextOut(10,20, '8'); Image1.Canvas.Font.Size:=14; Image1.Canvas.Font.Color:=clRed; Image1.Canvas.TextOut(20,20, '14'); Image1.Canvas.Font.Size:=20; Image1.Canvas.Font.Color:=clBlue; Image1.Canvas.TextOut(40,20, '20'); Image1.Canvas.Font.Name:='Times New Roman'; Image1.Canvas.Font.Size:=30; Image1.Canvas.Font.Color:=clGreen; Image1.Canvas.TextOut(70,20, '30'); Image1.Canvas.Font.Size:=40; Image1.Canvas.Font.Color:=clBlack; Image1.Canvas.TextOut(110,20, '40'); Image1.Canvas.Font.Size:=50; Image1.Canvas.Font.Color:=RGB(255,0,255); Image1.Canvas.TextOut(180,20, '50');
Ilovani ishga tushirib, uning tugmasini bosamiz.
2. Rasmga shakllarni joylash. Rasmga bir qator geometrik shakllarnijoylash mumkin. Ulardan to‘g‘ri to‘rtburchak, ellips kesmalarni qanday joylashni avvalgi mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqqan edik. Endi ular yoniga boshqalarini qo‘shamiz.
Ellips yoyini rasmga qo‘shish uchun arc(x1,y1,x2,y2, x3,y3,x4,y4) usulidan foydalaniladi. Ellips uchlari (x1, y1), (x2, y2) nuqtalarda bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakka ichki chizilgan va uning markazini (x3, y3), (x4, y4) nuqtalar bilan birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziqlar bilan kesilgan qismi olinadi.
Bunda uchinchi nuqtadan to‘rtinchi nuqtaga soat miliga teskari yo‘nalishda harakatlanadi.
Ellips sektorini rasmga qo‘shish uchun Pie(x1,y1,x2,y2, x3,y3,x4,y4) usulidan foydalaniladi. Unga misol quyida keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |