jadval35 Korporatsiyaning SAP R/3, Sun System, Concord axborot tizimlarida
shakllantiriluvchi hisobotlar va ularning xarakteristikasi
t/r
|
Korporatsiya va uning tarkibiga kiruvchi
birliklar
|
Axborot tizimi orqali tuziluvchi balans xarakteristikasi
|
Izzoh
|
1
|
Kontsern
|
Konsalidatsiyalangan balans va
daromad hamda harajatlar hisobini tuzuvchi korxonalar guruhi.
|
Kontsern bir nechta kompaniyadan tashkil topadi.
|
2
|
Kompaniya
|
Kompaniyaning balansi va
hisobotlari.
|
Kompaniya bitta yoki bir nechta
balans birliklaridan iborat
|
3
|
Balans birligi
|
Mustaqil balansda turgan eng kichik tashkiliy birlik. Bu milliy darajadagi xususiyatni hisobga olgan yuridik
shaxs (qonunchilik, soliqlar, milliy valyuta, hisoblar rejasi).
|
Balans birligi bir yoki bir nechta biznes jabhalarni o’z ichiga olishi mumkin.
|
4
|
Biznes jabha
|
kompaniyaning ayrim bo’limi hisoblanuvchi, tashqi hisob va
hisobotning tashkiliy birligi.
|
Bir yoki bir nechta balans birligini qamrab oladi, ular
segmentlar bo’yicha ajratiladi.
|
Konsolidatsion balans va hisobot ma`lumotlaridan foydalangan holda korporatsiyaning moliyaviy holati, moliyaviy barqarorligi, moliyaviy natijalari tahlil qilinadi. Korporatsiya tarkibiga kiruvchi kompniyalarning alohida balansi ma`lumotlari asosida har bir kompaniyaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatlariga baho berladi. Axborot tizimidan foydalangan holda kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalarning moliyaviy jarayonlari tahlil qilinadi. Bunda har-bir korxona bo’yicha hisobotlar va balans tuziladi. O’z vaqtida, korxonaning faoliyati segmentlarga ajratilib, segmentlarning moliyaviy natijalari tahlil qilinadi.
Moliyaviy tahlil uchun zarur bo’lgan ma`lumotlar axbort tizimiga asoslangan buxgalteriyaning bir-biri bilan o’zaro bog`liq bo’lgan modullar yordamida shakllanadi.
Buxgalteriyaning bosh kitobi tashqi hisobot hujjatlarining shakllanishiga asos bo’ladi. Hisobotlar xalqaro talablar asosida (IAS, GAAP, GOB), hisoblarning
bir -nechta rejalari, har xil valyutalardan foydalangan holda shakllantirilishi mumkin.
Korporatsiya axborat tizimida hisoblarning har- xil rejalarini qo’llash mumkin. Masalan, balans birligining operativ rejasi, kompaniya hisoblari rejasi, kontsern hisoblari rejasi. Ammo, bir -nechta balans birliklari uchun hisoblarning yagona rejasi qo’llaniladi. Balans birliklari uchun hisoblarning yagona rejasi qo’llanilishi butun kompaniya, shuningdek har- bir balans birligi uchun ma`lumotlarni kiritish va yig`ish jarayonini engillashtiradi.
Korxona buxgalteriyasining bosh kitobida axborotlarning paydo bo’lishi va ularni qayd qilish vaqti to’g`ri kelmasligi mumkin. Agar ma`lumotlar pozitsiya sifatida dastlab qo’shimcha kitobda qayd qilingan bo’lsa, ma`lum algoritm bo’yicha yordamchi kitoblar pozitsiyalari bosh kitobning hisoblar saldosida ko’rsatiladi. Bosh kitobga saqlanuvchi ma`lumotlar yordamchi kitoblar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Unda qayd qilingan ma`lumotlardan hisobotlar tahlili maqsadlarida foydalaniladi.
Maxsus registrlar yordamida yuritiluvchi tahliliy hisoblar hisobot tuzish uchun asos bo’ladi. Korxona balansining hisob raqamlarining saldosi va pozitsiyalari debet va kredit bo’yicha hisoblarning aylanishi haqida ma`lumotlarni olish imkoni beradi.
Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda hisoblarni shakllantirishidan, dastlab bosh kitob hisoblarining kunlik, oylik aylanmalari va qoldiqlarining yopilishi bajariladi. YOpilish davriga balansni korrektirovkalovchi yordamchi protseduralar bajariladi, balans, daromad va kamomadlar bo’yicha tahliliy hisobotlar tuziladi.
Moliyaviy axborot tizimining SAP–EIS texnologiyasi buxgalteriya hisobi holatini tahlil qilish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Tahlil qilish jarayonida maxsus registrlardan foydalanadi. Hisobotlarni tuzish uchun Report Writer va Report Painter deb nomlanuvchi standart instrumental qurollardan foydalaniladi.
Hosil qilingan hisobotlar natijasi ekranga chiqarilmishi, faylga yoki SAP jadvali ko’rinishida olinish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |