O’zbekiston xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida tashqi siyosatini olib borishda respublikaning manfaatlaridan kelib chiqadi. XXI asrning boshlarida Markaziy Osiyo faol geosiyosiy raqobat mintaqasiga aylanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining mintaqa markazida joylashganligi uning geostrategik jihatdan o’rnini belgilaydi. SHuning uchun ham Markaziy Osiyo hududida sodir bo’ladigan voqealar u yoki bu darajada O’zbekistondagi vaziyatga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
O’zbekiston Osiyo qit’asidagi eng nufuzli tashkilotga aylangan SHHTda muhim o’rinni egallaydi va uning maqsadlarini amalga oshirishda, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlash va ta’minlash borasidagi faoliyatida faol ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |