Oziq-ovqat xavfsizligi va uni ta’minlash masalasi bevosita milliy xavfsizlikni ta’minlash bilan chambarchas bog’liqdir. Hozirgi paytda oziq-ovqat xavfsizligi muammolari kishilar hayot faoliyatining muhim tizimi sifatida jiddiy ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Ushbu muammo o’zining dolzarbligi jihatidan harbiy va umumiqtisodiy xavfsizlik bilan bir qatorda turadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mamlakat suverenitetini, iqtisodiy xavfsizligini va ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolishning muhim shartlaridan biriga aylanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |