Mamlakat iqtisodiyotida real sektori asosiy o’rinni egallaydi, SHuning uchun ham ushbu sektorda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlashning muhim shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiyotning barqarorligi va taraqqiyoti aynan real ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liqdir.
O’zbekistonda real sektor korxonalarini rivojlantirish borasidagi islohotlar mustaqillikning ilk davrlaridan amalga oshirib boshlandi. Iqtisodiyotning o’zak tarmoqlarni rivojlantirish respublika iqtisodiy mustaqilligining eng asosiy sharti ekanligidan kelib chiqib, ularni taraqqiy ettirishga alohida e’tibor qaratildi. Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida respublika va aholi ehtiyojini, birinchi navbatda yoqilg’i-energetika resurslari, iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabni ishonchli tarzda qondirishga erishildi. Bu esa mamlakatda energetik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun asos yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |