Respublikasi oliy va o'rta maxsus



Download 5,65 Mb.
bet86/287
Sana21.07.2022
Hajmi5,65 Mb.
#834915
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   287
Bog'liq
Аудит УМК 19.09.2019

Salbiy fikr bildirishga yoki fikr bildirishdan bosh tortishga taalluqli bo’lgan boshqa jihatlar
Auditor moliyaviy hisobotlar bo'yicha salbiy fikr bildirish yoki fikr bildirishdan bosh tortish zarur deb hisoblagan bo’lsa, auditorlik hisoboti (xu1osasi)ga ham ayrim moliyaviy hisobot yoki





7 AXC 260 “fioıııxapyB ıoxılâTHJlF H lll£tXCnap 6 n H x6Opo+ wM ıuHHyB ”, 13 -6aup
moliyaviy hisobotning bir yoki bir nechta alohida elementlari, schyotlari yoki moddalari bo’yicha moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning ayni o'sha asosi xususida modifikatsiyalanmagan fikr kiritilishi mumkin emas. Mazkur vaziyatda ayni o'sha hisobot (xulosa)ga bunday modifikatsiyalanmagan fikming kiritilishi8 moliyaviy hisobotlar bo’yicha bildirilgan salbiy auditorlik fikriga yoki auditorning fikr bildirishdan bosh tortishiga zid bo'1ur edi.
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xu1osasi)ning shakli va mazmuni quyidagicha.
Modifìkatsiyani ifodalovchi paragrafni kiritish uchun asos. Tekshiruvni o’tkazgan auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikmi modifikatsiyalayotgan bo'1sa, u auditorlik hisoboti (xu1osasi)ga AXS 700 ga muvofiq talab etiladigan alohida elementlarga qo’shimcha ravishda fikrni modifikatsiyalashni talab qilgan jihatni tavsiflovchi paragrafni kiritishi lozim. Auditor bu paragrafni auditorlik hisoboti (xulosasi)da fikr bildirilayotgan paragrafdan bevosita oldin joylashtirishi va vaziyatga qarab, “Qo'shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos”, “Salbiy fikr bildirish uchun asos” yoki “Fikr bildirishdan bosh tortish” degan sarlavhani qo’llashi lozim.
Moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan muhim buzib ko'rsatish moliyaviy hisobotlardagi alohida summalar (shu jumladan miqdoriy ochib berilgan ma'lumotlar) bilan bog'1iq bo'lsa, auditor modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafga mazkur buzib ko'rsatish moliyaviy ta'sirning tavsifi va summasini kiritishi lozim (agar buning imkoni bo'1sa). Agar moliyaviy ta'sir hajmini hisoblab chiqish mumkin bo'1masa, auditor modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda buni ko’rsatishi lozim. Bordiyu, moliyaviy hisobotlarda mavjud muhim buzib ko'rsatishlar ochib berilayotgan tavsifiy ma'lumotlar bilan bog'liq bo'lsa, auditor modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafga ochib berilgan ma'lumot1ar qanday buzib ko’rsatilgani xususida tushuntirishlarni kiritishi lozim.
Ayrim hollarda moliyaviy hisobotlarda mavjud muhim buzib ko'rsatishlar ochib berish talab etiladigan ma'1umot1arni ochib bermaslik bilan bog'1iq bo'1adi. Bunday hollarda auditor ochib berilmagan ma'1umotlarni boshqaruv yuklatilgan shaxslar bilan muhokama qilishi, modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tushirib qoldirilgan ma'lumot1ar xususiyatini ko'rsatishi va agar bu qonunchilik yoki me'yoriy hujjatlar bilan ta'qiq1angan bo'1masa, u hisobot (xulosa)ga tushirib qoldirilgan ma'1umot1arni kiritishi lozim bo'1adi. (agar buning imkoni bo'lsa ya'ni u tushirib qoldirilgan ma'lumotlar xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgan
bo'lsa).
Modifikatsiyalashga talabning paydo bo'1ishi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish mumkin emasligi bilan bog'liq bo'lsa, auditor buning sabablarini modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda ko'rsatishi lozim. Hatto auditor moliyaviy hisobotlar bo'yicha salbiy fikr bildirgan yoki fikr bildirishdan bosh tortgan bo’lsa ham, modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda auditor o'zi xabar topgan va fikrni modifikatsiyalashni talab qilishi mumkin bo'1gan boshqa har qanday sabablarni ko’rsatishi, shuningdek ularning ta'sirini tavsiflashi uning professional vazifasidir.
Fikr bildiriladigan paragraf
Agar auditor auditorlik fikrini modifikatsiyalayotgan bo'lsa, u fikr bildiriladigan paragraf uchun (vaziyatga qarab) “Qo'shimcha izohlar bilan fikr”, “Salbiy fikr” yoki “Fikr bildirishdan bosh tortish” degan sarlavhalardan foydalanishi lozim.
Auditor moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko'rsatishlar mavjudligi tufayli qo'shimcha izohlar bilan fikr bildirayotgan bo'lsa, fikr bildiriladigan paragrafda u, qo'shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos ifodalangan bandda tavsiflangan jihat (jihatlar) ta'sirini istisno qilganda, o'z fikriga qarab, quyidagilarni qayd qilishi lozim:

  1. Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan bo'lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning qo'llani1adigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim etilganini (yoki to’g’ri va haqqoniy tasavvur hosil






' AXC 805 “AJIOX,fl@£t MãCiUI£tJI£t]3— ãÎÎ]3HM MOJIHßBHĞ X,HC06OT Bit MOJIHHBHÎÎ X,flCO6OTHuHr anoxiipa oueMeH+napri,
cuëTnap ëx MOQ,p iap aypHTfl”
qilish imkonini berishini); yoki

  1. Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra tayyorlantgan bo'lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo'1laniladigan asosga muvofiq tayyorlanganligini.

Agar fikrni modifıkatsiyalashga talab etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli yuzaga kelgan bo'lsa, auditor modifikatsiyalangan fikrni bildirishi uchun tegishli “...jihat (jihatlar) ko'rsatishi mumkin bo'lgan ta'sirni istisno qilganda” iborasini qo'llashi lozim.
Tekshiruv oqibatida auditor salbiy fikr bildirayotgan bo'1sa, u fikr ifodalanayotgan paragrafda o'z fikriga ko'ra, salbiy fikr bildirish uchun asos ifodalangan paragrafda tavsiflangan jihatning ahamiyatliligiga qarab, quyidagilarni qayd qilishi lozim:

  1. Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan bo'lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning qo'llani1adigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim etilmaganini (yoki to g'ri va haqqoniy tasavvur hosil qilish imkonini bermasligini); yoki

  2. Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra tayyorlantgan bo'lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo'1lani1adigan asosga muvofiq tayyorlanmaganligini.

Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortayotgan bo'1sa, fikr bildiriladigan paragrafda quyidagilarni ko'rsatishi lozim:

  1. Fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan jihat (jihatlar)ning ahamiyatliligi tufayli auditor auditorlik fikrini bildirish uchun asosni ta'minlaydigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo'1magan; va, tegishli ravishda,

  2. Auditor moliyaviy hisobotlar bo'yicha fikr bildirmaydi.

Auditor qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirganda uning javobgarligi tavsifi
Qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirayotganda, auditorning javobgarligi tavsifga auditor o'zi olgan auditorlik dalillari modifikatsiyalangan auditorlik fikrini bildirishga asosni ta'min1ash uchun etarlicha tegishli dalillardir, deb hisoblashini ko’rsatadigan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishi lozim.
Auditor fikr bildirishdan bosh tortganda uning javobgarligi tavsifi
Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortgan bo'1sa, u auditorlik hisoboti (xu1osasi)ning kirish paragrafiga moliyaviy hisobotlar auditini o'tkazish uchun yollanganini ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim. Shuningdek, auditor auditorning javobgarligi tavsifga va auditning ko’larni tavsifga faqat quyidagilarni ko'rsatuvchi o'zgartirish va qo'shimcha1ar kiritishi lozim:
“Bizning javobgarligimiz moliyaviy hisobotlar bo'yicha fikrni biz Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq o'tkazgan audit asosida bildirishdan iborat. Biroq, fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan jihat (jihat1ar)ga ko’ra, biz auditorlik fikrini bildirish uchun asosni ta'minlovchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo'1ganimiz yo’q”.
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ga misollar

  1. miso1: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko'rsatish1ar mavjudligi tufayli qo'shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).

  2. miso1: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko'rsatishlar mavjudligi tufayli salbiy fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).

  3. miso1: Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli qo'shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).

  4. miso1: Auditor moliyaviy hisobotlarning bir elementi xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi).

  5. miso1: Auditor moliyaviy hisobotlarning ko'p sonli elementlari xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish

ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi).



Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish