Axborotlarni shifrlash, kodlashtirish va siqish
Axborotni himoyalashning aksariyat mexanizmlari asosini shifrlash tashkil etadi. Axborotni shifrlash deganda ochiq axborotni (dastlabki matnni) shifrlangan axborotga o‘zgartirish (shifrlash) va aksincha, (rasshifrovka qilish) jarayoni tushuniladi.
Shifrlash kriptotizimining umumlashtirilgan sxemasi.
Axborotni himoyalash uchun kodlashtirish va kriptografiya usullari qo’llaniladi. Kodlashtirish-deb axborotni bir tizimdan boshka tizimga ma’lum bir belgilar yordamida belgilangan tartib bo’yicha o’tkazish jarayoniga aytiladi.
Kriptografiya-deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni malumotlarni maxsus algoritm bo’yicha o’zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo’li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga tusiq quyish usuliga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |