Siklni keltirib chiqaruvchi sabablar
Eksternal nazariyada tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida
yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib
chiqaradigan omillar kiritiladi.
Ularning asosiylari quyidagilar:
urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarning
ochilishi;
yangi hududlarning ochilishi va u bilan bog‘liq ravishda aholi
migratsiyasi hamda yer shari aholisi sonining o‘zgarib turishi;
ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan tex-
nologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar.
Iqtisodiy siklning kelib chiqishini faqat tashqi yoki faqat ichki
omillarga bog‘lovchi qarashlar mavjud bo‘lib, ular fanda eksternal va
internal nazariyalar deb nomlanadi
124
Do'stlaringiz bilan baham: |