Bog'liq Banklarda buxgalteriya hisobi [iqtisodchi kutubxonasi]
Ichki nazoratini tashkil qilish.
Bugungi kunda mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazorat ishini tashkillashtirish, uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, ushbu jarayonda har bir xodimning faol ishtirokini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Umumiy jihatdan olib qaraganda bank ichki nazoratida bank barcha xodimlarining o’z o’rni bor, ya’ni bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan lavozim majburiyatlarida har bir xodimning operatsiyalarni bajarishdagi faqatgina o’zigagina tegishli huquq va majburiyatlari belgilanadi va ana shu majbuiyatlar ichida nazorat mexanizmini amalga oshirishdagi shu xodimga tegishli ma’lum vazifa aniq ko’rsatilgan bo’ladi. Bu holat xodimning ichki nazorat xizmatiga to’g’ridan-to’g’ri aloqadorligini anglatmaydi, lekin bank asosan mijozlar mablag’lari bilan ish olib borishini inobatga olganda nazorat har bir bo’g’inda shartligi yaqqol ko’rinadi. Mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazoratning amaliy jihatdan tashkil qilinishini inobatga olib, bank ichki nazoratining asosiy ish yo’nalishlarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
Bankda kundalik hujjatlashtirish va xodimlarning o’z xizmat vazifalarini to’laqonli bajarishini nazorat qilish.
Banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat ishini tashkil etish.
Ichki nazoratning birinchi yo’nalishi yuzasidan asosiy meyoriy hujjat O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2008-yil 3-mayda qabul qilingan 674-sonli “O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida yo’riqnoma” hisoblanadi. Shuningdek tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan ichki meyoriy
19 Buz-Alen va Gamilton (Iqtisodiy taraqqiyot bankining (Jahon banki ) texnik materiallari. 1-tom Vashington , D. S. 1994).
hujjatlar va xodimlarning xizmat vazifalari to’g’risidagi buyruqlar shular jumlasidan.
Bank faoliyati nazorati administrativ va moliyaviy nazorat liniyalari orqali amalga oshiriladi: Administrativ nazorat bank operatsyalarini faqatgina bank tomonidan o’rnatilgan xizmat vazifalari taqsimoti asosida amalga oshirilishini ta’minlashi zarur. Moliyaviy nazorat aktivlar butligini saqlash, operatsiyalarning me’yoriy hujjatlar asosida bajarilishi, bank operatsiyalarini hisob va hisobotda to’g’ri aks ettirish va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlashga qaratiladi.
Administrativ va moliyaviy nazorat dastlabki, joriy va so’nggi nazorat tartibida amalga oshadi.