Bog'liq Banklarda buxgalteriya hisobi [iqtisodchi kutubxonasi]
Plastik kartochkalari bo’yicha operatsiyalarining tashkil etillishi.
Plastik kartochkalar bank tomonidan chiqarilgan to‘lov vositasi bo‘lib, kartochka egasining tegishli bankdagi hisob raqamida mablag‘ borligiga guvohlik beruvchi va naqd pul to‘lanmasdan tovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish huquqini
o‘zida aks ettiradi. Plastik kortochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bir tomondan va mahsulotni realizatsiya qiluvchi, ishni bajaruvchi yoki xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar ikkinchi tomondan turib o‘zaro naqd pulsiz hisob- kitoblarda, shuningdek, naqd pul beradigan shoxobchalardan va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olishda qo‘llaniladi.
Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalarni muomalaga chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatishlari mumkin, bunda ular xalqaro to‘lov tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq operatsiyalarni o‘tkazish qoidalariga va “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizomga amal qilishlari kerak bo‘ladi.
Tegishliligiga ko‘ra plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va koorporativ turlariga bo‘linadi:
Shaxsiy kartochka – bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka;
Oilaviy kartochka – bu foydalanuvchiga shaxsiy kartochka ushlovchining ishonchnomasiga asosan berilgan plastik kartochka;
Korparativ kartochka – bu yuridik shaxslar va yuridik shaxsni tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishga berilgan plastik kartochka. Koorporativ kartochkalardan ish haqi va boshqa ijtimoiy tusdagi to‘lovlarni to‘lash, shuningdek, naqd pul mablag‘larini to‘lashda foydalanish ma’n qilinadi.
Harakatlanish rejimiga ko‘ra plastik kartochkalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Debet – ulardan foydalanish uni ushlovchiga emitent va mijoz o‘rtasidagi shartnoma shartlariga binoan uning kartochka schyotida mavjud bo‘lgan pul vositalaridan tovarlarga, ishlarga va xizmatlarga haq to‘lashda foydalanish va yoki naqd pul vositalarini (korparativ kartochkalardan tashqari) olish imkoniyatini beradigan kartochka;
Kredit – undan foydalanish uni ushlovchi emitent bilan tuzilgan shartnomaga asosan, tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to‘lash va yoki naqd pul vositalarini olish uchun (korparativ kartochkalardan tashqari) emitent tomonidan berilgan kredit liniyasi hajmida operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan kartochka;
Elektron hamyon – jismoniy shaxsning kartochkasi bo‘lib, undan foydalanish uni ushlovchi tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to‘lash va yoki plastik kartochkadagi qoldiq mablag‘lari chegarasida naqd pul mablag‘larini olishni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Bitta kartochkada bir necha “elektron hamyonlar” joylashishi mumkin.
Plastik kartochkalar bo‘yicha banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblar quyidagi variantlarni ko‘zda tutadi:
hisob-kitoblar amaldagi elektron to‘lovlar tizimi orqali umumiy asosda o‘tkaziladi;
kun davomida o‘zaro majburiyatlarni yakuniy majburiy hisob-kitobi va yakuniy hisob-kitoblar summasini tijorat banklarining korrespondent schyotlari
hisobiga o‘tkazish yordamida hisob-kitoblar ishtirokchilari tomonidan tashkil qilingan protsessing markaziy orqali hisob-kitoblarni o‘tkazish.
Elektron to‘lov tizimi orqali plastik kartochkalardan foydalangan holda o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha umumiy hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
bank-emitent tomonidan o‘tkazilgan avtorizatsiya hisob-kitoblarda:
plastik kartochkalarni ishlatish orqali tuzilgan xizmat ko‘rsatilgan savdo yoki servis xizmati korxonalaridan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayer uning schyotiga mablag‘larni o‘tkazadi, bunda avtomatik tarzda debetli elektron memorial order shakllanadi va elektron to‘lovlar tizimi orqali bank-emitentga jo‘natiladi;
bank-emitentda debetli elektron memorial order asosida dasturiy tarzda kartochka schyotida mablag‘lar hisobidan chiqariladi. Debetli elektron memorial order qog‘ozga chiqariladi va kunlik hujjatlar yig‘imasiga tikiladi;
bank-emitent tomonidan majburiy ravishda oldindan avtorizatsiya qilingan hisob-kitoblarda:
texnologiyalardan foydalanish qoidalariga muvofiq plastik kartochkalarni ishlatish orqali tuzilgan xizmat ko‘rsatilayotgan savdo yoki servis xizmati korxonalaridan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayerda avtomatik tarzda elektron xabarnoma shakllanadi va provodkalarni avtorizatsiya qilish va amalga oshirish uchun ETT orqali bank-emitentga jo‘natiladi;
bank-emitent olingan elektron xabarnoma asosida tranziaksiyani avtorizatsiya qiladi, elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha savdo va servis xizmati korxonalarning talab olinuvchi depozit schyotiga mablag‘larni o‘tkazish uchun bank-ekvayerga elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha yuboriladigan, mijozning kartochka schyotidan mablag‘larni hisobdan chiqarish uchun elektron memorial orderni avtomatlashgan holda shakllantiradi;
bank-emitentdan olingan elektron memorial order asosida bank-ekvayerga savdo va servis xizmati korxonalarning talab olinuvchi depozit schyotiga mablag‘larni amalga oshiriladi. Memorial order qog‘ozda chiqariladi va bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi.
Plastik kartochkalar bo‘yicha operatsiyalarning hisobi 22618va22620- hisobvaraqlarda hisobga olib boriladi.
22618 -Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari 22620 -Koorporativ plastik kartochkalar bo‘yicha majburiyatlar platik
kartochkalar orqali operatsiyalarni amalga oshirish uchun turli asbob- uskunalar, ya’ni bankkomat, terminallar kerak bo‘ladi.
Ular hisobi quyidagi hisobvaraqarda olib boriladi:
16541 - To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari 16543 - To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish
uskunalarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Umuman, respublikamizda plastik kartochkalar orqali operatsiyalarni amalga oshirish, amalda mavjud bo‘lgan qonun-qoidalar va me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi va nazorat qilinadi.