Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobi



Download 4,77 Mb.
bet32/124
Sana19.11.2022
Hajmi4,77 Mb.
#868350
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi [iqtisodchi kutubxonasi]

Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobi.


Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar omonatchilarning talab qilinishi bilanoq beriladigan omonatlardir. Bank plastik kartalaridagi mablag’lar talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar hisoblanib, ularning harakati alohida qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Bank bilan yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon xo’jaliklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat hisobvarag’i bo’yicha vujudga keladigan munosabatlari bank hisobvarag’i shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari bo’yicha, bank omonatchining birinchi talabiga ko’ra (agar, bank omonati shartnomasi tuzilgan va unda boshqa muddatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa) omonatchining tegishli ko’rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechikmagan holda uning to’lovlar bo’yicha topshirig’ini bajarishi shart.
Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari bo’yicha tuzilgan bank omonati shartnomasida omonatchi tomonidan omonatning
asosiy summasini birinchi talabi bilan qaytarish va belgilangan foizlar to’lash shartlari bo’lishi lozim.

  1. Muddatli va jamg‘arma depozitlari bo‘yicha operatsiyalari hisobi. Bank omonati shartnomasida belgilangan muayyan maqsadga yo’naltiriladigan yoki boshqa shartlar asosida jalb qilingan omonatlar jamg’arma omonatlar hisoblanadi.

Jamg’arma omonatlar bo’yicha bank bilan omonatchi o’rtasida bank omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzganidan so’ng, bank omonati shartnomasida ko’rsatilgan omonat summasi qo’yilishi shart. Jamg’arma omonatlar bo’yicha bank omonati shartnomasiga muvofiq qo’shimcha mablag’lar kiritilishi mumkin. Qo’shimcha mablag’lar kiritish tartibi bank omonati shartnomasida aniq belgilanishi lozim.
Jamg’arma omonatlar maqsadli, yutuqli va boshqa shartlar belgilangan ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Ma’lum maqsad uchun jamg’ariladigan va qat’iy ravishda shu maqsadga yo’naltiriladigan omonatlar maqsadli jamg’arma omonatlar hisoblanadi.
Omonatchiga foizlar yutuq ko’rinishida to’lanadigan omonatlar yutuqli jamg’arma omonatlar hisoblanadi. Yutuqlar pul mablag’lari, omonatga qo’shimcha foizlar hisoblab yozish, buyum va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Omonat qo’yishda bank omonati shartnomasida ko’rsatilgan shartlarning bajarilishi bilan omonatdan foydalanish mumkin bo’lgan uchinchi shaxs nomiga qo’yilgan omonatlar shartli jamg’arma omonatlar hisoblanadi. Masalan, “Omonatchi o’quv yurtini tugatgandan so’ng, omonat beriladi” yoki “Voyaga yetgach beriladi” kabi shartlar belgilangan bo’lishi mumkin. Omonatchining xohishiga ko’ra, shartning bajarilish muddati masalan, “20 yilda omonatchi o’quv yurtini tugatgandan so’ng omonat beriladi” kabi belgilar bank omonati shartnomasida ko’rsatilishi mumkin.
Omonatchi jismoniy shaxslar xohishlariga qarab, bank jamg’arma omonat hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, omonatchi topshirig’i asosida bank uning jamg’arma omonat summasini bankdan olingan kredit va unga hisoblangan foizlar to’loviga, kommunal to’lovlarni amalga oshirish uchun yo’naltirilishi mumkin.
Agar omonatchi jamg’arma omonatni bank omonati shartnomasida ko’rsatilgan holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida bo’lsa, u o’zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo’ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.
Bank omonati shartnomasida belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish sharti bilan jalb qilingan omonatlar muddatli omonatlar hisoblanadi.
Muddatli omonatlar bo’yicha bank bilan omonatchi o’rtasida muddatli bank omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzilganidan so’ng, muddatli bank omonati shartnomasida ko’rsatilgan omonat summasini qo’yishi shart. Qo’shimcha mablag’lar kiritish tartibi muddatli bank omonati shartnomasida belgilanishi lozim.
Agar omonatchi muddatli omonatni muddati tugagunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida bo’lsa, u o’zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo’ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.
Muddatli omonatlar quyidagi muddatlar bo’yicha tasniflanadi: muddati 30 kungacha bo’lgan omonatlar;
muddati 90 kungacha bo’lgan omonatlar; muddati 180 kungacha bo’lgan omonatlar; muddati 365 kungacha bo’lgan omonatlar; muddati 365 kundan ortiq bo’lgan omonatlar.
Omonatchi muddatli omonat summasini muddat tugaganidan keyin muddatli bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar muddatli bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, shartnoma omonatni talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Bank tomonidan jalb qilingan omonatlar bo’yicha foizlar hisoblanadi va omonatchiga to’lab beriladi. Omonatlar bo’yicha foizlar 2004 yil 30 yanvardagi
№-1306-sonli “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to’g’risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Omonatlarga to’lanadigan foiz stavkalari banklar tomonidan qonun hujjatlari talablari doirasida belgilanadi.
Bank omonati shartnomasida to’lanadigan foizlar miqdori haqida shart bo’lmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to’lanadigan miqdorda foizlar to’lashi shart.
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to’lanadigan foizlar miqdorini o’zgartirish huquqiga ega.
Bank foizlar miqdorini kamaytirgan taqdirda, foizlarning yangi miqdori foizlar kamaytirilganligi haqida omonatchilarga xabar berilganidan keyin qo’yilgan omonatlarga nisbatan qo’llanadi. Agar bank omonati shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan bo’lmasa, ushbu xabarga qadar qo’yilgan omonatlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori tegishli xabar berilgan paytdan bir oy o’tganidan keyin qo’llanadi.
Bank, omonat foizlari miqdorini kamaytirganligi haqida shaxsan har bir omonatchini rasmiy ravishda xabardor qilishi lozim.
Jamg’arma va muddatli omonatlar bo’yicha bank omonati shartnomasida belgilangan foizlar miqdorini, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo’lmasa, bank tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas. Ushbu omonatlar bo’yicha mablag’lar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, omonat bo’yicha foizlar to’lanmaydi.
Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko’ra omonatchining hisobvarag’idan o’chirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi. Omonatchining
hisobvarag’i xatlanganligi oqibatida bank ushbu hisobvaraqdagi mablag’lardan foydalana olmagan davr uchun foizlar yozilmaydi.
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, bank omonati summasiga foizlar har bir oy o’tganidan keyin omonatchining talabi bilan omonat summasidan alohida to’lanadi, bu muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qo’shilib boradi.
Omonatga topshirilgan mablag’ qo’yilgan kunning o’zida to’liq yoki qisman qaytadan berilsa, foizlarni hisoblashda omonat berilgan kun hisobga olinmaydi.
Qo’shimcha mablag’lar qabul qilinganda, foizlar hisoblash uchun operatsiya amalga oshirilgan kundan keyingi kundan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko’ra omonatchining hisobvarag’idan o’chirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi.
Banklar omonatchilar bilan kelishilgan holda omonat bo’yicha foizlarni oldindan to’lab berishi mumkin. Agar omonatchi omonat summasini muddatdan oldin olish niyati bo’lsa va omonatning haqiqatda saqlangan muddatiga hisoblangan foizlar summasi avans tariqasida oldindan berib yuborilgan summadan kam bo’lsa, o’rtadagi farq omonat summasidan chegirib qolinadi.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat omonatchining talabi bilan, shuningdek, muddatli va jamg’arma omonatlar muddati tugashi bilan qaytarilganda, shu paytgacha yozilgan hamma foizlar to’lanadi.
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag’lar tashkil qiladi. Har bir tijorat banki o’z faoliyatida jalb qilingan mablag’lar muhim ahamiyat kasb etadi, chunki tijorat banklarining o’z mablag’lari asosan bankni tashkil qilish va shakllantirish bilan bog’liq vazifani amalga oshirsa, jalb kilingan mablag’lar esa bankning barqaror daromad olish imkoniyatini ta’minlab turadi. SHuning uchun ham xar bir tijorat bankining jalb kilingan mablag’larini doimiy taxlil kilib borish bankning barkarorligini ta’minlash imkonini beradi. Tijorat banklarida puxta uylangan depozit va kredit siyosati bo’lishini talab qiladi, banklarda ushbu siyosatlarning to’g’ri tashkil etilganligi ular orasidagi bog’liqlik va nisbatning optimal tanlanganligini banklarning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun asos bo’lishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag’larini bankga jalb kilish bilan bog’liq operatsiyalar depozit operatsiyalari deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat banklarining 90 foizdan ortiq passivlari tashkil qilinishi mumkin. Depozit operatsiyalarini tijorat banklari o’zlarining depozit siyosatlari asosida olib boradilar. Tijorat bankining depozit siyosati uning kredit siyosati, foiz siyosati va boshka faoliyat turlari bilan chambarchars bog’lik bo’lib, banklarning resurs bazasini mustaxkamlash va uning barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini amalga oshirishda bu operatsiya turining obyekt va subyektini aniqlash lozim.

  1. Download 4,77 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish