Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Qimmatli qog‘ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi



Download 4,77 Mb.
bet57/124
Sana19.11.2022
Hajmi4,77 Mb.
#868350
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi [iqtisodchi kutubxonasi]

Qimmatli qog‘ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi.


Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalaridan biri anderrayting operatsiyalaridir. Anderrayting operatsiyalari – qimmatli qog‘ozlarni ularning birinchi egalariga sotish hamda emitent topshirig‘iga ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish operatsiyalaridir.
Qimmatli qog‘ozlar emitentdan joylashtirish uchun olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 93616 - “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari” yoki
93623 - “Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari”
Kredit 96379 - “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”.

Emitentning qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishdan olingan pul mablag‘larining hisobi 22608 - “Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari” balans hisobvarag‘ining “Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq emitentlar mablag‘lari” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi.


Qimmatli qog‘ozlarni ularning birinchi egalariga joylashtirishda, shuningdek, joylashtirilmagan qimmatli qog‘ozlarni emitentga qaytarishda qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 96379 - “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”
Kredit 93616 - “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari” yoki
93623 - “Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari”.

Bank qimmatli qog‘ozlarni emitent topshirig‘iga asosan emitent mablag‘lari hisobiga so‘ndiradi. Emitentdan olingan mablag‘lar 22608 - “Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari” hisobvarag‘ining “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha emitentlarning mablag‘lari” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Emitentning qimmatli qog‘ozlari so‘ndirilganda, so‘ndirish summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi.


Debet 22608 - “Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar
bo‘yicha mablag‘lari”
Kredit 10101 - “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i.
Bir vaqtning o‘zida so‘ndirilgan qimmatli qog‘ozlarning blankalari 90303 – “Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari” va 96305 – “Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” nomli ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga 1 so‘m shartli bahoda kirim qilinadi. Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blankalari esa 90317 va 96315 ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Emitent topshirig‘iga ko‘ra so‘ndirilgan qimmatli qog‘ozlarning blankalarini emitentga o‘tkazishda teskari provodkalar o‘tkaziladi.
Anderrayting xizmatlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar 45294 - “Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” hisobvarag‘ining “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bank operatsiyalaridan olingan daromadlar” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi.



  1. Download 4,77 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish