Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Kesmani teng ikkiga bo‘lish usuli (dixotomiya usuli)



Download 2,07 Mb.
bet34/60
Sana03.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#525675
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
Bog'liq
2 5350816350669379627

Kesmani teng ikkiga bo‘lish usuli (dixotomiya usuli). Bu usul f(x) funksiya haqida ma’lumotlar juda ham kam bo‘lganda foydalanishga qulay. Faraz qilaylik, f(x) funksiya (a,b) intervalning qaysidir bir nuqtasida nolga aylanishini aniqladik, bunda ildizdan chaproqda f(x)<0 va o‘ngroqda esa f(x)>0. Bunday holda izlanayotgan ildizni
65
topish murakkab bo‘lmaydi. Kesmani teng ikkiga bo‘lamiz va hosil bo‘lgan xi nuqtada funksiyaning ishoraini qaraymiz. Agar f(xi)>0 bo‘lsa, yuqori chegarani b = xi deb, aksincha esa quyi chegarani a = xi deb siljitamiz va hokazo (2.12-rasm).
Bularni quyidagicha ham ifodalash mumkin:
Faraz qilaylik, f(a)f(b) < 0. a0 = a va b0 = b deb belgilash kiritamiz. U holda ketma–ket yaqinlashish quyidagicha:

x a
1 b a ,
n 1, 2,...;

n1
n 2 n n

a ,b


an , xn1 ,


agar
f (an ) f (xn1 )  0,

n1 n1
x ,b ,
agar
f (x ) f (b )  0.

n1 n
n1 n

Bu jarayon f(xn+1) = 0 bo‘lganda to‘xtatiladi va x = xn+1 deb qabul qilinadi.


2.12–rasm. Kesmani ikkiga bo‘lish usulining sxematik tasviri.


Bu usul kesmani teng ikkiga bo‘lish usuli, dixotomiya usuli (grekchadan  – ikki qismga  – kesish), biseksiyalar usuli yoki vilka usuli deb ataladi.


Agar tenglamaning qolgan ildizlarini ham aniqlash zarurati tug‘ilsa, u holda g(x)
= f(x)/(x – x ) tenglikdan ketma-ket foydalanib, har safar topilgan x ildiz chiqarib tashlanadi (endi g(x) = 0 va f(x) = 0 tenglamalarning x (bu nuqta g(x) funksiya uchun qutb, f(x) funksiya uchun esa ildiz) dan boshqa barcha ildizlari mos keladi).
Talab qilingan aniqlikdagi yechimga erishish uchun avvalo g(x) funksiyaning ildizi qo‘pol holda bo‘lsa ham topiladi, keyin esa bu ildiz f(x) funksiyadan foydalanib aniqlashtiriladi.
Bu usul uchun hisob tugashining kriteriyasi ushbu

xn+1x  xn+1xn 
b a < ε
2n 1

shartning bajarilishidan iborat, bunda ε – berilgan absolyut aniqlik.
Bu baholash usulning xatoligini anglatadi va u xatolikning aprior bahosi deb ham ataladi. Bu usulning yaqinlashish tartibi 1 ga teng, ya’ni bu usul chiziqli yaqin-

66


lashish tezligiga ega. {xn} ketma-ketlik maxraji 1/2 ga teng bo‘lgan geometrik pro- gressiya tezligi bilan ildizga yaqinlashadi.
Bundan kelib chiqadiki, berilgan ε aniqlik bilan ildizni hisoblash uchun zarur bo‘lgan N – iteratsiyalar soni qiyidagi tengsizlikdan aniqlanadi:

b a
2N
yoki
N ln(b a) ln

ln 2


yoki
N  log2
b a
.

Usulning qulayliklari:

  • f(x) funksiya haqida ma’lumotlar kam bo‘lganda ham undan foydalanish juda qulay;

  • bu usul algoritmi juda sekin, ammo barcha noqulayliklardan holi.

Usulning kamchiliklari:

  • ko‘p hollarda funksiyaning holati juda murakkab bo‘lib, bu chetki nuqtalarida funksiyaning ishorasi har xil bo‘lgan [a,b] kesmani oldindan aniqlashga qiyin- chilik tug‘diradi;

  • yaqinlashish juda sekin;

  • sodda bo‘lmagan ildiz, masalan, ildiz funksiyaning ekstremum nuqtasi bilan mos kelganda (2.2-rasmda x2 nuqta), bu usulni qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bunda ildiz atrofida funksiya o‘z ishorasini almashtirmaydi.

  • agar tenglama [a,b] kesmada bir nechta ildizga ega bo‘lsa, u holda hisoblash ja- rayonida shu ildizlardan qaysi biri topilishi noma’lum.

  • uni tenglama karrali (jufr karrali) va kompleks ildizlarga ega bo‘lganda qo‘llab bo‘lmaydi;

  • uni tenglamalar sistemasiga qo‘llab bo‘lmaydi.

Usulning algoritmi:

  1. f(a) va f(b) ni hisoblang;

  2. c = (a + b)/2 deb f(c) ni hisoblang;

  3. agar sign(f(c)) = sign(f(a)) bo‘lsa a = c deb, aks holda esa b=c deb almashtirish oling (bunda sign ishora funksiyasi);

  4. agar b – a > ε bo‘lsa, u holda qadam 2 ga o‘ting, aks holda hisob jarayonini to‘xtating (chunki biz talab qilingan ε – absolyut aniqlikka erishdik). Oxirgi kesma uchlaridan xoxlagan bittasi yoki ular yig‘indisining yarmini berilgan f(x)=0 tenglamaning yechimi deb qabul qilishimiz mumkin.

Kesmani teng ikkiga bo‘lish (dixotomiya) usuli algoritmining blok-sxemasi 2.13-rasmda tasvirlangan.
Namunaviy mashqlar va ularning yechimlari


Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish