Skolopendralar (Scolopendromorpha), ya'ni qirqoyoqlar yirik, uzunligi 10 — 26 sm gacha, tanasi 21 —23 bo'g'imdan iborat. Hasharotlar
72
www.ziyouz.com kutubxonasi
va ulaming lichinkalari bilan oziqlanadi. Janubiy Amerika va Yamaykada tarqalgan gigant skolopendra baqa, kaltakesak va qushlarga hujum qiladi. Janubda tarqalgan halqali qirqoyoq partenogenez ko'payadi, tuxumini o'z tanasi bilan o'rab oladi. Skolopendralar zaharli bo'lib, janubda tarqalgan cho'l so'qir qirqoyog'i 4 sm kattalikda bo'ladi.
Qalqondorlar (Lithobiomorpha) o'simlik qoldiqlari orasida uchraydi, hasharotlar va ular lichinkasi bilan oziqlanadi. Erkaklari spermatoforini to'rga osib qo'yadi. Lichinkasi oyoqlari to'liq bo'hnaydi, anamorfoz orqali rivojlanadi. Markaziy Osiyoda oddiy qalqondor zax va qorong'i joylarda yashaydi.
Pashshatutarlaming (Scutigeramorpha) 15 juft oyog'i bor. Nafas teshiklari tanasining orqa tomonida joylashgan, oyoqlari uzun. Ular tuproq ustida yashaganligi uchun ko'zlari rivojlangan. Urg'ochisi tuxumini ochiq joyga qo'yadi, lichinkasi anamorfoz orqali rivojlanadi. Oddiy pashshatutar O'rta Osiyo, Kavkaz va Qrimda tarqalgan.
Hasharotlar (Insecta) sinfi
Bosh tuzilishi. Hasharotlaming tanasi bosh, ko'krak va qorindan iborat uch bo'limga bo'linadi (18 — rasm). Bosh bo'limi bir —biri bilan qo'shilib ketgan beshta bo'g'imdan hosil bo'lgan va umumiy xitin g'ilof bilan qoplangan. Hasharotlaming bosh bo'limida bir juft mo'ylovi, bir juft yirik fasetkali murakkab ko'zi va bir nechta mayda oddiy ko'zchasi joylashgan. Mo'ylovlari har xil tuzilgan bo'lib, ulaming uzun — kaltaligi va shakli xilma —xil bo'ladi. Ular ipsimon, to'g'nag'ichsimon, arrasimon, taroqsimon, yelpig'ichsimon, tizzasimon, plastinkasimon va boshqacha shakllarda bo'lishi mumkin. Mo'ylovlarining tuzilishiga qarab hasharotlaming sistematik guruhlari (turkum, oila va turlari) aniqlanadi.
Boshining ostki og'iz teshigi atrofida og'iz organlari joylashgan. Og'iz organlarining tuzilishi hasharotlaming oziqlanish xususiyatiga chambarchas bog'liq, qattiq oziq bilan oziqlanadigan hasharotlar (suvaraklar, termitlar, chigirtkalar, qo'ng'izlar va boshqalarjning og'iz organlari chaynovchi tipda tuzilgan. Ular shirasi va boshqa suyuq oziq bilan oziqlanadigan hasharotlar (pardaqanotlilar)ning og'iz organlari chaynovchi — so'ruvchi tipda tuzilgan bo'ladi. O'simliklar shirasi bilan oziqlanadigan va qon so'ruvchi hasharotlar (qandala, iskabtopar, chivin, shira va boshqalarjning og'iz organlari suruvchi xartum tipida tuzilgan. Pashshalar xartumining uchi kengayib, yalovchi xartumni hosil qiladi.
73
www.ziyouz.com kutubxonasi
18-rasm. Qora suvarakning tashqi tuzilishi: A—erkagi, B —urg'ochisi:
1 — mo'ylovlar, 2—jag'— paypaslagichlar, 3 —oldingi ko'krak, 4 —ustki qanot, 5 —son, 6 —boldir, 7 —panjalar, 8 —o'ninchi qorin bo'g'imi, 9 — serkilar, 10 —bosh, 11 — ko'krakning o'rta bo'g'imi, 12 — ko'krakning uchinchi bo'g'imi.
Do'stlaringiz bilan baham: |