O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
“ Operatsion tizimlar “ fanidan
MUSTAQIL ISH
Tekshirdi: Ishmuhamedov A
Bajardi: Bozorov A.
Toshkent -2022
Mavzu:Operatsion tizimlarning qurilmalar bilan ishlash tamoyillari.
Reja:
1.Kirish
2.Protsessor va kiritish/chiqarish qurilmalarini parallel ravishda ishlashi.
3.Operatsion tizim qurilmalar va ma’lumotlarni jarayonlar o‘rtasida taqsimlashi.
4.Qurilmalarni boshqarish drayveri va dasturiy ta’minoti.
5.Xulosa.
6.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Kirish
Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. U foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira, disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli (interfeys)ni ta’minlaydi.Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari bilan ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga zarur bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki minglab shunday amallardan iborat bo‘ladi.Operatsion tizimlar bajaradigan vazifasiga, masalalarga ishlov berish rejimiga, tizim bilan bog‘lanish usuliga, qurish usullari bo‘yicha sinflarga ajratiladi. Vazifasiga qarab sinflarga ajratishda operatsion tizimlarning turlari ko‘pligi yaqqol tashlanadi. Chunki hisoblash texnikasi turlari qancha bo‘lsa, operatsion tizim turlari ham shunchadir: meynfreym operatsion tizimlar, server operatsion tizimlar, ko‘pprotsessorli, shaxsiy kompyuterlar uchun uchun, real vaqt operatsion tizimlar, mobil va boshqalar operatsion tizimlariga bo‘linadi.
Multidasturli OTning kiritish/chiqarish kichik tizimi
(Input/Output Subsystem) orqali kompyuterni tashqi qurilmalar bilan
ma’lumotlar almashinuvida qator umumiy vazifalarni bajarishi kerak,
shularning eng muhimlari quyidagilardan iborat:
Kiritish/chiqarish qurilmalari va protsessorni parallel
ravishda ishlashini tashkil etish;
almashinuv tezliklarini muvofiqlashtirish va ma’lumotlarni
keshlash;
qurilmalar va ma’lumotlarni jarayonlar o‘rtasida taqsimlash;
qurilmalarga qulay dasturiy interfeyslarni taqdim etish;
tizimga yangi drayverni oson ulash imkoniyati shakllangan
holda drayverlar keng spektrini ishlashini ta’minlash;
ta’minlash.
Shaxsiy kompyuterlar uchun kiritish/chiqarish vazifalari uch xil
usulda bajarilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |