98
va sun’iy (inson tomonidan qilingan) tahdidlardan himoyalash vositalarini
mujassamlashtiradi. Tashkilotlar fizik xavfsizlikni ta’minlashda mos himoya
vositalaridan foydalanishda o’z infratuzilmasi va axborot tizimlarining fizik
xavfsizligiga ta’sir qiluvchi barcha holatlarni inobatga olishi shart.
Fizik xavfsizlik
– tashkilot axborot xavfsizligi dasturining
muhim qismlaridan
biri bo’lib, oldingi davrlarda insonlar fizik xavfsizlikni ta’minlashda kalit, qo’riqchi,
to’siq, eshik va shunga o’xshash vositalaridan foydalanganlar. Hozirgi kunda, fizik
xavfsizlikning shakli keskin o’zgarib bormoqda va tashkilotlardan ishchi kuchlari,
aktivlar va ko’chmas mulklar himoyasining nazorati talab etilmoqda. Mazkur
aktivlarning fizik xavfsizligini ta’minlash tashkilot uchun muhim vazifalardan biri
bo’lib, fizik xavfsizlikni loyihalashda binoning
arxitekturasiga, jixozlanishiga,
ishchi kuchlariga, tabiiy hodisalarga, quvvat manbaiga, haroratni nazoratlashga va
boshqalarga e’tibor beriladi.
Fizik xavfsizlikning vazifasi dasturiy ta’minot va qurilmalarni o’z ichiga
olgan tashkilot binosini va aktivlarini o’g’irlikdan, bosqinchilikdan, tabiy ofatlardan,
iqlim o’zgarishlaridan, muhit o’zgarishlaridan va inson tahdidlaridan himoyalashdir.
Tashkilotni mos ko’p sathli himoyalash choralari
turli fizik tahdidlardan
himoyalaydi. Xavfsizlikning birinchi sathi tashkilot binolariga tashqaridan kirishni
va tashqi transport vositalarining harakatini nazoratlaydi. Mazkur himoya sathi
tashqaridan keluvchini yoki buzg’unchini tashkilot binosiga ruxsatsiz kirishini
oldini oladi va tashkilotga dastlabki sathda bo’lishi mumkin bo’lgan xavflarni
kamaytiradi. Himoyaning keyingi sathi transportlarni, insonlarni va boshqa tashkilot
aktivlarini ichki va tashqi xavflardan himoyalaydi. Ushbu
sathda uzluksiz elektr
quvvati bilan ta’minlash, tashkilot asosiy binolarini mashinalar to’xtash joylaridan
ajratish, to’g’ri ventilyasiya tizimiga ega yaxshi jixozlangan suv quvur tizimini mos
joyga o’rnatish, ogohlantirish tizimlari va h. ushbu bosqichda amalga oshiriladi.
Keyingi sath fizik himoyaning eng muhim qismi bo’lib, tashqaridan va ichkaridan
(xodimlar) kiruvchilar nazoratlanadi. Agar buzg’unchi fizik
aktivga hujumni amalga
oshirsa, u tashkilotning maxfiy axborotini qo’lga kiritishi mumkin.
99
Fizik
xavfsizlikning
zaruriyati.
Kiberxujumlarning murakkablashuvi
hujumchilarning tashkilot fizik xavfsizligini buzishda turli usullardan
foydalanishiga olib kelmoqda. Hujumchilar tashkilotning fizik xavfsizlik tizimidagi
zaifliklardan foydalanb o’z harakatlarini amalga oshirishadi. AQShning Department
of Health and Human Services Breach Portal tashkiloti tadqiqotlari 2015 yilda
tashkilotlarda eng ko’p uchraydigan xavfsizlik insidentlari fizik xavfsizlikni
buzishga urinishlar ekanligini ko’rsatgan [42] (34-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: