RSA shifrlash algoritmi
– 1978 yili R. Rayvest, A Shamir va L.Adleman
tomonidan taklif etilgan va asimetrik shifr tizimlarini qurishga mo’ljallangan
shifrlash algoritmi.
Shaxsiy axborot
– tarqalishi faqat mos shaxslar yoki tashkilotlar ruxsati bilan
mumkin bo’lgan mamlakat fuqarolari yoki tashkilotlari manfaatlariga daxldor
axborot.
Shifrlash algoritmi
- shifrlash funksiyasini amalga oshiruvchi kriptografik
algoritm. Blokli shifrtizim holida shifrlashning muayyan rejimida shifrlashning
bazaviy blokli algoritmidan foydalanib hosil qilinadi.
Tahdid turlari
- tahdidlarni tasodifiy va atayinlariga, aktiv va passivlariga
tasniflash mumkin.
Tarmoq xavfsizligi
- axborot tarmog’ini ruxsatsiz foydalanishdan, me’yoriy
ishlashiga tasodifiy yoki atayin aralashishdan yoki tarmoq komponentlarini
buzishga urinishdan ehtiyot qiluvchi choralar. Asbob-uskunalarni, dasturiy
ta’minotni, ma’lumotlarni himoyalashni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |