Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/203
Sana05.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#317892
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   203
Bog'liq
Kiber

7.3. Risklarni boshqarish 
Risk
  kiberxavfsizlikka  oid  bo’lgan  tushunchalardan  biri  bo’lib,  u  haqidagi 
dastlabki  tushunchalar  birinchi  bobda  keltirib  o’tilgan  edi.  Ushbu  bo’limda  risk 
tushunchasi va uni boshqarish bo’yicha batafsil ma’lumotlar beriladi.  
Risk
  bu  –  belgilangan  sharoitlarda  tahdidning  manbalarga  potensial  zarar 
yetkazilishini kutish. Bundan tashqari, riskni quyidagicha tushunish mumkin: 

Risk
  bu  –  ichki  yoki  tashqi  majburiyatlar  natijasida  tahdid  yoki 
hodisalarni yuzaga kelishi, yo’qotilishi yoki boshqa salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin 
bo’lgan voqyea. 

Risk
 bu – manbaga zarar keltiradigan ichki yoki tashqi zaiflik ta’sirida 
tahdid bo’lishi ehtimoli. 

Risk
 bu – voqyea sodir bo’lishi ehtimoli va ushbu hodisaning axborot 
texnologiyalari aktivlariga ta’siri. 
Risk, tahdid, zaiflik va ta’sir tushunchalari o’rtasida o’zaro bog’lanish mavjud 
bo’lib, ularni quyidagicha tasvirlash mumkin: 
RISK  =  Tahdid  ×  Zaiflik  ×  Ta’sir.
 
Boshqa  tomondan,  hodisaning  axborot  aktiviga  ta’siri  bu  –  aktivdagi  yoki 
manfaatdor  tomonlar  uchun  aktivning  qiymatidagi  zaiflikning  natijasi  ekanligini 
inobatga olgan holda, riskni quyidagicha ifodalash mumkin: 
RISK  =  Tahdid  ×  Zaiflik  ×  Aktiv qiymati.
 
Risk o’zida quyidagi ikkita faktorni mujassamlashtiradi: 


248 
 
-
 
zararli hodisani yuzaga kelish ehtimoli; 
-
 
va zararli hodisaning oqibatlari. 
Riskning ta’siri.
 
 
Risk normal amalga oshirish jarayoniga va loyiha narxiga 
yoki  kutilgan  qiymatga  ta’sir  yetadi.  Risk  ta’siri  tashkilot,  jarayon  yoki  tizimga 
zararli  muhit  sababli  yuzaga  keladi.  Ta’sir  riskni  kuzatilish  ehtimoli  jiddiyligini 
ko’rsatadi.  
Riskning  chastotasi. 
Riskni  aniqlash  va  baholashga  bog’liq  holda,  risklarni 
tasniflashda  ularning  takrorlanish  chastotatasiga  va  ko’p  sonli  ketma-ketliklarga 
asoslanadi. Chastota va ko’p sonlilik risklarni monitoring qilishda muhim hususiyat 
hisoblanib, shu nuqtai nazaridan risklar ikki guruhga: 
minor risklar – 
e’tibor talab 
qilmaydigan  va 
major  risklar  – 
alohida  e’tibor  va  kuzatuv  talab  qiluvchilarga 
ajratiladi. Risklar chastotasi va ko’p sonligiga asoslangan holda ularni ikki o’lchamli 
matrisa usuli yordamida guruhlarga ajratish mumkin. 
Riskning darajalari. 
Risk darajasi tarmoqda (yoki tizimga) natijaviy ta’sirning 
bahosi  bo’lib,  risk  chastotasi  va  uning  ko’p  sonligiga  ko’ra  risklarni  darajaga 
ajratishning ko’plab usullari mavjud. Ulardan eng keng tarqalgan usullaridan biri bu 
– ikki o’lchamli matrisa usulidir.  
Risklarni  tahlil  qilishda,  chastota  yoki  mojaro  kuzatilishi  va  natijasining 
ehtimoli bilan ishlash talab etiladi. Bu esa risk darajasini ifodalaydi. Risk quyidagi 
tenglik bilan ifodalanadi: 
Risk darajasi = natija  × ehtimollik.
 
Risk darajalari 4 ta: ekstirmal yuqori, yuqori, o’rta va past, bo’lishi mumkin.  
Ekstrimal  yuqori 
yoki 
yuqori 
risk  paydo  bo’lishini  va  salbiy  ta’sirini 
kamaytirish uchun maxsus yo’naltirilgan qarshi choralarni talab etadi. Bu darajadagi 
risklar  yuqori  yoki  o’rtacha  ta’sirning  yuqori  ehtimolligiga  ega  bo’ladi.  Mazkur 
darajadagi risklar jiddiy xavfni olib keladi va shuning uchun, zudlik bilan aniqlash 
hamda qarshi chora ko’rishni talab qiladi.  
O’rta darajali risklar 
yuqori ehtimollikka ega past natijali hodisa yoki past 
ehtimollikka ega yuqori natijali hodisa bo’lishi mumkin. Alohida qaralganda yuqori 
ehtimollikka  ega  past  natijali  hodisalar  loyiha narxiga  yoki  kutilgan  natijaga  kam 


249 
 
ta’sir  qiladi.  Past  ehtimollikka  ega  yuqori  natijali  hodisalar  doimiy  monitoringni 
talab  etadi.  O’rta  darajali  risklarga  zudlik  bilan  chora  ko’rish  talab  etilmasada, 
himoyani dastlabki vaqtda o’rnatish talab etiladi. 
Past  darajali  risklar 
odatda  e’tibor  bermasa  bo’ladigan  yoki  keyingi 
baholashlarda  e’tibor  bersa  bo’ladigan  risklar  toifasi  bo’lib,  ularni  bartaraf  etish 
qisqa  muddatda  amalga  oshirilishni  talab  qilmaydi  yoki  ortiqcha  sarf  xarajatni 
keltirib chiqarmaydi. 
Risk  matrisasi 
risklarni  paydo  bo’lish  ehtimolini  ularning  natijasi  va  ta’siri 
orqali aniqlaydi hamda risk jiddiyligini va unga qarshi himoya chorasi sathini grafik 
taqdim  etadi.  Risk  matrisasi  riskning  ortib  boruvchi  ko’rinishi  uchun 
foydalaniluvchi  sodda  jarayon  bo’lib,  qarshi  choralarni  ko’rishda  yordam  beradi. 
Risk  matrisasi  risklarni  turli  darajalarda  aniqlash  va  jiddiylik  nuqtai  nazaridan 
guruhlash  imkonini  beradi.  Bundan  tashqari,  har  bir  tashkilot  tomonidan  amalga 
oshiriladigan risklarni o’lchash usullari ham mavjud (93-rasm). 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish