Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


Zararli dasturiy vositalarni aniqlash



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/203
Sana05.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#317892
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   203
Bog'liq
Kiber

Zararli dasturiy vositalarni aniqlash. 
Zararli dasturiy vositalarni aniqlashda 
asosan  uchta  yondashuvdan  foydalaniladi.  Birinchisi  va  eng  keng  tarqalgani 
signaturaga asoslangan aniqlash
 bo’lib, zararli dasturda namoyon bo’lgan shablon 
yoki  signaturani  topishga  asoslanadi.  Ikkinchi  yondashuv 
o’zgarishni  aniqlashga 
asoslangan bo’lib, o’zgarishga uchragan fayllarni aniqlaydi. O’zgarishi kutilmagan 
fayl  o’zgarganda  zararlangan  deb  topiladi.  Uchinchi  yondashuv 
anomaliyaga 
asoslangan
 bo’lib, noodatiy yoki virusga o’xshash fayllarni va holatlarni aniqlashga 
asoslanadi.  
Signaturaga  asoslangan  aniqlash. 
Signatura  bu  –  fayldan  topilgan  bitlar 
qatori bo’lib, maxsus belgilarni o’z ichiga oladi. Bu o’rinda ularning xesh qiymatlari 
ham signatura sifatida xizmat qilishi mumkin. Biroq, bu usul kam moslashuvchanlik 
darajasiga ega bo’lib, virus yozuvchilar tomonidan osonlik bilan chetlanib o’tilishi 
mumkin. 
Masalan, W32/Beast virusi (1999 yilda aniqlangan Microsoft Word hujjatini 
zararlashga qaratilgan virus) uchun 83EB  0274  EBOE 740A  81EB  0301  0000 
signaturasi foydalanilgan. Bu holda tizimdagi barcha fayllar ichida ushbu signatura 
qidiriladi.  Biroq,  biror  fayl  ichidan  ushbu  signatura  aniqlangan  vaqtda  ham  to’liq 
virusni topdik deb aytish mumkin emas. Sababi, biror virus bo’lmagan fayl tarkibida 


219 
 
ham ushbu signatura bo’lishi mumkin. Agar qidiriladigan fayllarda bitlar tasodifiy 
bo’lsa,  ushbu  holatning  bo’lish  ehtimoli  1/2
112
  ga  teng  bo’ladi.  Biroq,  kompyuter 
dasturlari  va  ma’lumotlar  ichidagi  bitlar  tasodifiylikdan  yiroq  va  bu  ehtimolni 
yanada  ortishini  anglatadi.  Boshqa  so’z  bilan  aytganda,  biror  fayldan  signatura 
aniqlangan  taqdirda  ham,  uni  qo’shimcha  tekshirish  amalga  oshirilishi  zarurligini 
anglatadi. 
Signaturaga  asoslangan  aniqlash  usuli  virus  aniq  bo’lganda  va  umumiy 
bo’lgan  signaturalar  ajratilgan  holatda  juda  yuqori  samaradorlikka  ega.  Bundan 
tashqari, ushbu usul foydalanuvchi va administratorga minimal yuklamani yuklaydi 
va ulardan faqat signaturalarni saqlab borish va ularni uzluksiz yangilash vazifasini 
qo’yadi. 
Biroq, signaturalar saqlangan faylning hajmi katta bo’lib, 10 yoki 100 minglab 
signaturaga ega fayl yordamida skanerlash juda ko’p vaqt oladi. Bundan tashqari, 
biror aniqlangan virusni kichik o’zgartirish orqali ushbu usulni osonlik bilan aldab 
o’tish mumkin. 
Hozirgi kunda signutaraga asoslangan tanib olish usuli zamonaviy antivirus 
yoki zararli dasturlarga qarshi himoya vositalarida keng qo’llaniladi. Natijada, virus 
yaratuvchilar signaturani aniqlash usulini aylanib o’tish imkoniyatiga ega ko’plab 
usullarni yaratishmoqda.  
O’zgarishni aniqlashga asoslan aniqlash. 
Zararli dasturlar ma’lum manzilda 
joylashishi  sababli,  agar  tizimdagi  biror  joyga  o’zgarish  aniqlansa,  u  holda 
zararlanishni ko’rsatish mumkin. Ya’ni, agar o’zgarishga uchragan faylni aniqlansa, 
u  virus  orqali  zararlangan  bo’lishi  mumkin.  Bu  usulni  o’zgarishni  aniqlashga 
asoslangan usul sifatida ham nomlash mumkin. 
O’zgarishni  qanday  aniqlash  mumkin?  Ushbu  muammoni  yechishda  xesh 
funksiyalar mos yechim bo’ladi. Faraz qilaylik, tizimdagi barcha fayllarni xeshlab, 
xesh qiymatlari xafsiz manzilga saqlangan bo’lsin. U holda vaqti-vaqti bilan ushbu 
faylning  xesh  qiymatlari  qaytadan  xeshlanadi  va  dastlabki  holatdagilari  bilan 
taqqoslanadi. Agar faylning bir yoki bir nechta bitlari o’zgarishga uchragan bo’lsa, 


220 
 
u  holda  xesh  qiymatlar  bir  biriga  mos  kelmaydi  va  natijada  uni  virus  tomonidan 
zararlangan deb qarash mumkin.  
Ushbu  usulning  afzalliklaridan  biri  shuki,  agar  fayl  zararlangan  bo’lsa,  uni 
aniqlash to’liq mumkin. Bundan tashqari, oldin noma’lum bo’lgan zararli dasturni 
aniqlash mumkin (o’zgarish bu – ma’lum yoki nomalum zararli dastur orqali bo’lgan 
o’zgarish). 
Biroq, ushbu usul ko’plab kamchiliklarga ega. Tizimdagi fayllar odatda tez-
tez o’zgarib turadi va buning natijasida yolg’ondan zararlangan deb topilgan holatlar 
soni  ortadi.  Agar  virus  tizimdagi  tez-tez  o’zgaruvchi  fayl  ichiga  joylashtirilgan 
bo’lsa, ushbu usulni osonlik bilan aylanib o’tish mumkin. Bu holda ushbu fayldagi 
o’zgarishni  log  fayl  orqali  aniqlash  ko’p  vaqt  talab  qiladi  va  bu  signaturaga 
asoslangan usul kabi muammolarga olib keladi. 
Anomaliyaga  asoslangan  aniqlash. 
Anomaliyaga  asoslangan  usul  noodatiy 
yoki virusga o’xshash yoki potensial zararli harakatlari yoki xususiyatlarni topishni 
maqsad qiladi. Ushbu g’oya IDS tizimlarida ham foydalaniladi. 
Ushbu usulning fundamental muammosi bu - qaysi holatni normal va qaysi 
holatni  normal  bo’lmagan  deb  topish  hamda  ushbu  ikki  holat  orasidagi  farqni 
aniqlash  hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  normal  holatning  o’zgarishi  va  tizim  bu 
holatga moslashish muammosi ham mavjud. Bu esa ushbu usulda juda ham ko’plab 
noto’g’ri signallarni paydo bo’lishiga olib keladi. 
Ushbu  usulning  afzalligi  esa  oldin  noma’lum  bo’lgan  zararli  dasturlarni 
aniqlash  imkonini  beradi.  Biroq,  ushbu  usulda  yuqorida  keltirilgan  kabi  ko’plab 
muammolar  mavjud  va  shuning  uchun  ham  ushbu  usul  hozirda  tadqiqot  olib 
borilayotgan dolzarb sohalardan biri hisoblanadi.  

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish