2.6.2. Elektron hujjatlarni yo’q qilish
Elektron shaklda saqlanadigan shaxsiy va tashkilotga tegishli ma’lumotlardan
noqonuniy foydalanish usullarining ko’payishi sababli elektron ommaviy axborot
vositalariga ishonish muammosining dolzarbligi oshmoqda. Misol tariqasida,
markaziy razvedka boshqarmasi va AQSh milliy xavfsizlik agenti Edvard
Snoudenga tegishli yangiliklarni olish mumkin [34]. Xususan, 2013 yil iyun oyining
boshida u NSA tashkilotiga tegishli hujjatlarni oshkor qildi. Bunga ko’ra G20
sammitining chet ellik mehmonlari, shu jumladan Dmitriy Medvedovni Amerika va
Buyuk Britaniya razvedka idoralari tomonidan kuzatilayotgani aytilgan. Maxfiy
agentlar PRISM dasturi yordamida noutbuk va telefonlarda saqlanayotgan shaxsiy
ma’lumotlardan foydalanishni uddasidan chiqishgan. Buyuk Britaniya hukumati
aloqa markazining xodimlari BlackBerry kodini buzib, qo’ng’iroqlarni tinglash va
sammit ishtirokchilarining yozishmalarini o’qish imkoniyatiga ega bo’lishgan.
73
Elektron vositalardagi ma’lumotlardan xolos bo’lishning eng oson yo’li uni
Korzinka
ga yuborish yoki, yanada radikal usuli,
formatlash.
Bu usul aksariyat
foydalanuvchilar tomonidan ishonchli usul deb qaralsada, aslida bunday emas. Bu
usul ma’lumotni fizik yo’qolishini ta’minlamaydi. Bu holda maxsus dasturlar
(Recuva, Wise Data Recovery, PC Inspector File Recovery, EaseUS Data Recovery
Wizard Free, TestDisk and PhotoRec, Stellar Data Recovery) yordamida ularni
qayta tiklash imkoniyati mavjud.
Hozirgi kunda amalda elektron hujjatlarni saqlagichlar sifatida quyidagi
turdagi vositalardan foydalanilmoqda:
-
qattiq disklar: noutbuk va kompyuterdagi qattiq disklar;
-
magnit lentalar (zaxira nusxalashdagi);
-
floppi-disk: 3.5 va 5.25 dyumli va boshqa;
-
ZIP disklar;
-
optik disklar: CD, DVD, Blue Ray va HD DVD;
-
flesh xotiralar va h.
AQSh hukumatida konfidensial axborotni saqlash va o’chirib tashlash
bo’yicha qator normativ hujjatlar ishlab chiqilgan (Code of Federal Regulations)
[35]. Masalan, AQShning markaziy arxiv markazlarida elektron saqlagichdagi
ma’lumotni yo’q qilishning quyidagi uchta usulidan foydalaniladi:
Shredirlash.
Kuchli sanoat maydalagichlari deyarli barcha ko’chma
saqlaguvchilarni: CD, DVD, disket, magnit lentalar va hak. maydalash natijasida
ularni 25 mm. li qismlarga bo’lib tashlaydi (26-rasm).
26-rasm. Shredirlash jarayoni
74
Magnitsizlantirish.
Maxsus qurilma ichida joylashtirilgan saqlagichning
xususiyatlari o’zgartiriladi va shu bilan o’qib bo’lmaslik ta’minlanadi. Agar kuchli
magnitsizlantirish amalga oshirilsa ma’lumotlar saqlagichdan o’chiriladi va
saqlagichning o’zi neytral magnit holatiga kiradi. Ushbu ma’lumotni yo’q qilish
usuli dattiq disklar va ba’zi ko’chma qurilmalar uchun qo’llaniladi (27-rasm).
27-rasm. UE-02 qurilmasi
28-rasm. Kuchli magnit maydoni natijasida USB flesh saqlagichining o’zgarishi
Yanchish.
Shredirlash jarayonidan tashqari AQSh federal arxiv markazlari
tomonidan qattiq diskni yanchish orqali uni jismonan yo’q qilish usuli ham mavjud.
5.5 tonna og’irlikdagi tosh ostida kompyuter va noutbuklarning qattiq disklari
tamomila yo’q qilinadi. Ushbu mexanizm maksimal hajmi 2.5×10×15 sm. bo’lgan,
3.5, 2.5 va 1 dyumli disklar (SATA, PATA, SCSI) ni maydalash uchun
mo’ljallangan.
Yuqorida keltirilgan usullarning aksariyati ma’lumot eltuvchisini fizik yo’q
qilishni maqsad qiladi. TOP SECRET bo’lmagan axborot saqlangan holda esa
saqlagichlardan qayta foydalanish talab etiladi. Buning uchun quyidagi usullardan
foydalaniladi:
75
-
saqlagich xotirasiga bir necha marta takroran yozish;
-
maxsus dasturlar yordamida saqlagichni tozalash (formatlashdan oldin
ma’lumotni o’chirish).
Ushbu usul ma’lumotni kafolatli yo’q qilish imkonini bermasada,
amaliyotdagi aksariyat holatlar uchun yetarli hisoblanadi.
Umumiy holda elektron saqlagichlardagi axborotni yo’q qilish uchun
quyidagi 29-rasmda keltirilgan usullardan foydalaniladi.
Замонавий ахборот сақловчилардаги ахборотни ўчириш
усуллари
Магнитли
Ярим
ўтказгичли
Магнит
-
оптик
Оптик
Сақловчи структураси ўзгармайди
Сақловчи структураси ўзгаради
дастурий
физик
механик
термик
кимёвий
Нурланишли
Синтез
(
термо
-
химик
)
Қайта
ёзишга
асос
-
ланган
Тоза
-
лашга
асос
-
ланган
Доми
-
мй
магнит
майдо
-
ни
Импул
сли
-
магнит
ли
майдон
Кам
ўзгару
вчи
магнит
майдо
-
ни
29-rasm. Elektron saqlagichlardan ma’lumotlarni yo’q qilish usullari
AQShning Cornell kompaniyasi tomonidan elektron axborotni saqlovchilarni
qayta foydalanish va ularni yo’q qilish uchun quyidagi tavsiyalar beriladi [36] (2.5-
jadval).
76
5-jadval
Elektron saqlagichlardan qayta foydalanish va yo’q qilish uchun berilgan
tavsiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |