Respublikamizda Bojxona ishining vujudga kelishi. Reja



Download 30,53 Kb.
bet1/7
Sana17.02.2023
Hajmi30,53 Kb.
#912152
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Respublikamizda bojxona ishining vujudga kelishi


Respublikamizda Bojxona ishining vujudga kelishi .


Reja:

  1. Dastlab mamlakatimiz hududida Bojxona ishining paydo bo`lishi .

  2. Bojxona ishining barcha davrlaridi mamlakatimizda rivojlanish tarixi.

  3. Hozirgi O’zbekistonda Bojxona ishining vujudga kelishiv, rivojlanishi.

DASTLAB MAMLAKATIMIZ HUDIDA BOJXONA ISHINING PAYDO BO`LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI


BUYUK IPAK YOʻLI DAVRIDA BOJXONA
Markaziy Osiyoda Soʻgʻdiyona va Baqtriya-Tohariston savdo yoʻllari qadim-qadimdan Buyuk ipak yoʻlining eng gavjum tarmoqlaridan hisoblangan. Soʻgʻdiy savdogarlar uzoq Sharq va Vyetnamgacha borganliklari toʻgʻrisida maʼlumotlar saqlanib qolgan boʻlsa, Baqtriya-Toharistonning ushbu hududlarda buddaviy va monexiylik dinlari yoyilishidagi oʻrni ham kattadir. Mazkur oʻlkalarni bevosita bogʻlab turgan janubiy Hisor togʻlaridagi savdo yoʻllarining asosiy yoʻnalishi va mavsumiy tarmoqlari esa, arxeologik va yozma maʼlumotlarga qaraganda Buyuk ipak yoʻli shakllanishidan ming yillar avval amalda boʻlib, uch yoʻnalishga ajralgan: gʻarbiy – dasht yoʻnalishi, hozirgi Surxondaryo viloyati bilan Turkmanistonni bogʻlab turuvchi temir yoʻl shoxobchasiga deyarli mos keladi.
Temirdarvoza orqali oʻtadigan markaziy yoʻnalish eng qulay, yaqin va tabiiyki, doimiy yoʻl hisoblangan. Soʻngra asosiy yoʻl Temirdarvoza, Zogʻxona dovoni (hozirgi Sayrob qishlogʻi) va Sherobod daryosi boʻylab Sherobod shahri, Amudaryoning Shoʻrob kechuvi orqali Balxga borgan.
Shuni ham aytib oʻtish joizki, Hisor savdo yoʻllari koʻplab tosh devorlar va nazorat qoʻrgʻonlari vositasida muhofaza qilib turilgan. Bu esa savdo yoʻllariga boʻlgan yuksak eʼtibordan yaqqol dalolatdir.
Sherobod dahanasida, daryoning chap sohilidagi qoya ustida joylashgan Tavka qalʼasida olib borilgan izlanishlar Buyuk ipak yoʻlini oʻrganishda oʻziga xos kashfiyot boʻldi.
Tavka devoriy suratlarining tahlili va boshqa arxeologik topilmalar asosida bu qalʼani milodning VI-VII asrlari bilan bogʻlash mumkin. Maʼlumki, oʻsha davrda Tohariston Oʻrta Osiyoning koʻplab hududlari singari Gʻarbiy Turk hoqonligi tarkibiga kirgan. Bu hoqonlik bilan Sosoniylar va Vizantiya imperiyasining Buyuk ipak yoʻlidagi oʻzaro raqobati ularning yoʻlga boʻlgan munosabatlaridan, yaʼni yoʻlning ular iqtisodiyotiga ahamiyatidan kelib chiqqan.
Keyingi yillarda ochilgan qator arxeologik yodgorliklar Sherobod dahanalari, joʻgʻrofiy sharoitga koʻra, togʻ hududidan tekislikka chiqish yoʻli boʻlganligini tasdiqlamoqda. Dahana tosh devorlari shu davrlarda ham amalda boʻlgan. Yuqorida qayd qilingan asosiy va mavsumiy tarmoqlarda joylashgan yodgorliklar ichida Tavka qoʻrgʻonining alohida oʻrni boʻlgan. U soʻzsiz Buyuk ipak yoʻlining janubiy Hisor togʻlari boʻylab oʻtgan qismidagi muhim manzilgohlardan biridir. Oʻzaro hamohang yagona meʼmoriy majmuani tashkil qiluvchi qoʻrgʻon va tosh devor, izlanishlarning dastlabki natijalaridayoq, “Bojxona” deb talqin qilingan. Avvalo, qoʻrgʻonning bevosita shimoli-gʻarbiy Tohariston togʻ va tekislik vohalari chegarasida yoxud bu hududdan oʻtgan savdo yoʻlining asosiy yoʻnalishi boʻyida, yaʼni tarixiy-madaniy chegara (Temir darvoza) yaqinida joylashganligi uni “Davlat Bojxonasi” deb atalishiga asos boʻladi. Chunki Dahana togʻ va tekislik vohalari uchun ham darvoza vazifasini bajarib kelgan boʻlib, bu yerda Bojxonaning joylashganligi tabiiydir. Yodgorlikning ixcham va ayni bir paytda mahobatli koʻrinishi, hashamatli bezatilganligi, qishki, yozgi qabulxonalari, savdo karvonlaridan tushgan bojlarni vaqtincha saqlashga moʻljallangan xonalari, karvonlar yetib kelgunlariga qadar ularni kuzatish imkoniyati bu chindan ham Davlat Bojxonasi boʻlganligini isbotlaydi.
Maʼlumki, Bojxonalar qadim-qadimdan faqat boj olish maskanigina boʻlib qolmay, balki savdo karvonlariga xizmat koʻrsatish muassasalari hisoblanib, ular yaqinida karvonsaroylar faoliyat koʻrsatgan.



Download 30,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish