Ishlab chiqarish xarajatlarini baholash usullari va ularning tavsifi
Xarajat elementlari, turlari
Baholash usullari
FIFO
LIFO
AVEKO
Xaqiqiy tannarxida
Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va
bilvosita moddiy xarajatlar
Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va
bilvosita mehnat haqi va ajratmalar
Hisoblangan va tan olingan qiymati bo’yicha
Ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy vosita
va nomoddiy aktivlar eskirishi
Belgilangan me’yorlar asosida
Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va
bilvosita boshqa xarajatlar
Xaqiqiy qiymati bo’yicha
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari
Tan olingan va yuzaga kelgan qiymati
bo’yicha
Qimmatli qag’ozlar
Pulli ekvivalentlarni xaqiqiy qiymati bo’yicha
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar,
kapital qo’yilmalar
Sotib olish va qurish qiymatida (har yilning
1-yanvar holatiga qayta baholash amalga
oshiriladi)
Tugallanmagan ishlab chiqarish
Tugallanmagan ishlab chiqarishni haqiqiy
qiymati bo’yicha
46
3.3. Marjinal foyda kontributsiyasi va uning omilli tahlili
Marjinal foyda- faoliyat natijaviyligini baholashda muhim samaradorlik ko’rsatkichi
hisoblanadi. Uning aniqlanishida ishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot hajmining
o’zgarishiga muvofiq, o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajat moddalariga tarkiblanishi hisobga
olinadi. Mahsulot sotishdan olingan sof tushumdan o’zgaruvchan xarajatlarni chegirish
asosida marjinal foyda ko’rsatkichiga chiqiladi. Marja foydasidan o’zgarmas xarajatlarni
chegirish asosida mahsulot sotishdan yalpi foyda (sof foyda) ko’rsatkichi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarga tarkiblanishi
nashr etilgan adabiyotlarda nazariy jihatdan bayon etiladi, lekin uning buxgalteriya
hisobining ob’ektiga aylanmaganligi, ularning amaliyotda alohida tarkiblanishini talab
etmaydi. Shu sababli, amaliyotda ishlab chiqarish xarajatlarini o’zgaruvchan va o’zgarmas
xarajatlarga tarkiblagan holda hisobga olish tartibiga amal etilmaydi. Ishlab chiqarish
xarajatlarini o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlardan tashqari, shartli o’zgaruvchan
xarajatlarga ham tarkiblash “Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi”
N
42F43
berilgan sharxlarda keltirib
o’tiladi. Shartli o’zgaruvchan xarajatlarni tarkiblash esa so’ngi o’zgarishlarga muvofiq olib
tashlangan.
Ishlab chiqarish xarajatlarini o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarga tarkiblashdan
maqsad shuki-bu xarajatlarni yuzaga chiqish shakli, o’rni va javobgarlik markazlari bo’yicha
hisobga olish hamda xarajatlarni maksadli boshqarish imkonini beradi. Afsuski, ishlab
chiqarish xarjatlarini o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlariga tarkiblashda ishlab chiqarish
va davr xarajatlarini bir xil mazmunda qarashmoqda. Vaxolanki bu tarkib xarajatlarning har
ikkalasida ham o’zgaruvchan, o’zgarmas xarajatlar mavjud.
Mahsulot sotishdan olingan tushumni hisoblashda “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi”
43F
44
Qonunni qa’bul qilinishi va amaliyotga kiritilishi bilan kassali usuldan hisobga olish usuliga
o’tish belgilandi. Buni bevosita hisobning barcha o’zgaruvchi birliklarini o’z ichiga oluvchi
korxona hisob siyosatining o’zgarishi bilan xarakterlash mumkin. Demak, marjinal foyda
kontributsiyasiga ta’sir etuvchi asosiy birliklardan biri bu- korxona hisob siyosatining
o’zgarishidir.
Kassali usuldan hisobga olish usuliga o’tilishi marjinal foyda, yalpi summasini
oshiradi. Lekin keyingi davrlar bo’yicha uning realligini ta’minlash vazifasi qo’yiladi.
43
Maxsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, maxsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan
xarajatlar hamda moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to’g’risidagi” Nizom. O’zR. MV. 1999 y. 54-son
44
“Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi” Qonun, 1996 y. 30-avgust
47
3.3. – jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |