74
5.1. Firma va kompaniyalar ish va bozor faolligini tavsiflovchi
ko’rsatkichlar va ular tahlilini vazifalari
Firma va kompaniyalarning bozordagi o’rni, moliyaviy va iqtisodiy salohiyati,
mavqeyi ko’p
jihatdan, uning ish va bozor faolligi ko’rsatkichlarining holatiga bog’liq.
Firma va kompaniyalarning ish va bozor faolligi ko’rsatkichlari ular moliyaviy holatiga
baho berishda muhim ko’rsatkichlar hisoblanadi. To’g’ri, ish faolligini xarakterlovchi
ko’rsatkichlarni biz ilgari ham aniqlaganmiz. Lekin ularni ish faolligi ko’rsatkichlari deb
emas balki, asosiy va
joriy aktivlarning aylanishi, qarz majburiyatlarning aylanishi sifatida
o’rganganmiz.
Bu ko’rsatkichlarning firma va kompaniyalar moliyaviy holatiga baho berishdagi
ahamiyati, muhimligidan kelib chiqib ularni alohida o’rganish
va tavsiflash lozim deb
o’ylaymiz.
Firma va kompaniyalar ish faolligi deganda-uning asosiy va joriy aktivlarining
aylanuvchanligi, qarzlarning oqlanuvchanligi tushuniladi.
I.f.d. prof. M.Q. Pardaev tomonidan korxona ish faolligi deb - «korxonani o’z
maqsadiga erishish yo’lida iqtisodiy va moliyaviy salohiyatdan samarali foydalanish evaziga
muntazam ravishda iqtisodiy o’sishni ta’minlashdan iborat chora tadbirlarga aytiladi».
65F
65
Ish faolligini asosiy ko’rsatkichi sifatida foyda va rentabellik ko’rsatkichlari
olingan
holda muallif tomonidan firma va kompaniyalar ish faolligini quyidagi ko’rsatkichlar
tizimi
tarkiblanadi;
-ish faolligini iqtisodiy potentsialni ishlatish bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlari;
-ish faolligini moliyaviy potentsialni ishlatish bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlari;
-ish faolligini iqtisodiy samaradorlik bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlari.
I.f.d. Prof. E.Akramov tomonidan korxona muqim moliyaviy barqarorligini
ta’minlashning muhim omili sifatida olingan ish faolligi ko’rsatkichi;
korxonada iqtisodiy
o’sishga, korxonani bir hil darajada rivojlanishiga olib keluvchi, mahsulotni ishlab chiqarish
rejalarini
bajarilishiga imkon beruvchi, sotishni ko’lamini oshirishga olib keluvchi muhim
dastak sifatida qaraladi.
66F
66
Muallif tomonidan (E.Akramov) korxona ish faolligini quyidagi bog’lanishi keltiriladi.
Korxona foydasini dinamik indeksi>Mahsulotni sotish hajmini dinamik
indeksi>Korxona mulkining dinamik indeksi.
67F
67
Bu qoida xalqaro amaliyotda «Korxona iqtisodini oltin qoidasi»deb yuritiladi.
Firma va kompaniyalar ish aktivligini muallif tomonidan quyidagi ko’rsatkichlar tizimi
orqali o’rganish tavsiya etiladi.
65
M.Q.Pardaev, B.Isroilov «Moliyaviy tahlil» (uslubiy ko’rgazmalar va tavsiyalar albomi).T.; Iqtisodiyot va xuquq dunyosi,1999 y., 245-
bet
66
E.Akramov Analiz finansovogo sostoyaniya predpriyatiya.T.;TGEU.2000g. str-91
67
E.Akramov Analiz finansovogo sostoyaniya predpriyatiya.T.;TGEU.2000g. str-91