Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi: A1 Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlaridagi joy va geografik obyekt nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A1+ o‘zi yashaydigan hudud joy nomlarini (shahar, tuman, mahalla) to‘g‘ri ayta oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi: A1 Yer yuzasidagi materik va okeanlar, tog‘ va tekisliklarni, O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasidan tog‘lar, tekisliklar, suv havzalarini aniqlab, ko‘rsata oladi. O‘zbekistonning ma’muriy xaritasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning joylashgan o‘rnini, tarixiy shaharlarini xaritadan aniqlab ko‘rsata oladi.
A1+ xaritalardan foydalanib, o‘zi yashaydigan hudud (shahar, viloyat)ga tavsif bera oladi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:.
A1 o‘zi yashaydigan joyda suv havzalarini tozalash va suvni tejash tadbirlarida ishtirok eta oladi, ichimlik suvlarini ifloslantirish sog‘lik uchun zararli ekanligini anglaydi. O‘zi yashaydigan joyda o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilishda o‘z hissasini qo‘sha oladi.
A1+ maktabda o‘z o‘lkasining noyob tabiat obyektlarini muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish mavzusida o‘tkaziladigan tadbirlarida ishtirok eta oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
390-sonli qarori.
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi “2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi PF-3431.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirli va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 1 iyuldagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 6/2/4/1-sonli qo‘shma hay’at majlisi qarori.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli qarori.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qarori.
10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 28 iyundagi “Umumta’lim fanlarning o‘qitilishidagi uzviylik va uzliksizlikni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan Tabiiyot va geografiya fani yo‘nalishi bo‘yicha konsepsiyasi” 4- sonli hay’at qarori.
11. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. –T.;1998.
12. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. –T. “O‘zbekiston”;1999.
13.Федеральный государственный образовательный стандарт основного общего образования. Утвержденный приказом Министерства образования и науки Российской Федерации от 17 декабря 2010 г. № 1897.
14. Physical Education Model Content Standards for California Public Schools. Kindergarten Through Grade Twelve. Adopted by the California State Board of Education January 2005.
15.Об утверждении государственных общеобязательных стандартов образования соответствующих уровней образования. Постановление Правительства Республики Казахстан от 23 августа 2012 года № 1080. Материалы интернета.
16. Приказ Министерства образования и науки Российской Федерации (Министерства образования и науки России) от 17 мая 2012 г. N 413 г. Москва. «Об утверждении федерального государственного образовательного стандарта среднего (полного) общего образования».
Umumiy o‘rta ta’limning Tabiiyot va geografiya, amaliy geografiya fanidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ijodiy guruhi