JAHON ADABIYOTI
(6 soat, A2+: 2 soat)
43-44-mavzu. Fuzuliy. G‘azallar. (2 soat)
Shoir haqida qisqacha ma’lumot. “Shifoyi vasl qadrin...”, “G‘amzasin sevding, ko‘ngul”, “Qilmag‘il zinhor izhor ehtiyoj...” g‘azallarida ifodalangan yuksak badiiy mahorat, ishq va oshiqlik tasviri. Ulardagi chuqur falsafiy fikrlar, teran mushohada va lirik qahramon shaxsiyati talqini.
45-46-mavzu. Robindranat Thakur. “Suba” hikoyasi. (2 soat)
Thakur hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Hikoyada insoniy g‘ururdan mahrum etilgan, nafsiga qul kishilar bilan sitamdiyda, biroq ezgu tuyg‘ular sohibi bo‘lgan odam o‘rtasidagi ziddiyatning ifodalanishi. Asarda ezgulik va manfaatparastlik, insoniylik va e’tiqodsizlik to‘qnashuvining turli xarakterlar misolida ko‘rsatilishi. Adibning tasvirlash mahorati.
47-48-mavzu. Sergey Yesenin. “Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan...”, “Singlim Shuraga”, “Ona ibodati”, “It haqida qasida” she’rlari. (2 soat)
Shoir hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Yesenin va O‘zbekiston. “Fors taronalari” turkum she’rlarining yozilishi tarixi.
Sergey Yesenin she’rlarida Sharq ruhiyatining nozik ilg‘ab olinishi va mahorat bilan aks ettirilishi. She’rlardagi lirizm va ritm. Tilning jozibadorligi va obrazlarning milliy o‘ziga xosligi. She’rlardagi lirizm va musiqiylikni saqlab qolishda Erkin Vohidovning tarjimonlik mahorati.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
A2
badiiy asarlar asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab, ko‘rib tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi;
nasriy, she’riy asar namunalarini ifodali o‘qiydi va mazmun-mohiyatini tushuna oladi;
turli janr va hajmdagi 6-8 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta oladi;
adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzulardagi insholarga xos xususiyatlarni biladi va tegishli yo‘nalishda insho (5-6 sahifa) yoza oladi;
adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda turli mavzularda taassurot, referat va ijodiy matn yoza oladi, unda xalq maqollari, matallari, hikmatli so‘z, badiiy asarlardan o‘rinli foydalana oladi;
turli janrdagi adabiyotlarni mustaqil tanlab, mutolaa qiladi, undagi voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi.
A2+
turli janrdagi matnlarni obrazga kirib, ifodali o‘qiy oladi;
turli janr va hajmdagi 8-10 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta oladi;
badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida qahramonlar rolini ijro eta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |