3-mavzu. Grafik muharrir yordamida sodda rasmlar hosil qilish va
matn joylashtirish. Amaliy mashg‘ulot.
Grafik muharrir uskunalaridan foydalanib rasm chizish, rasmga matnni kiritish. Grafik muharrir yordamida rangli shakllar tayyorlash.
4-mavzu. Grafik muharrirlari yordamida rasmlarni qayta ishlash.
Grafik muharrirda rasm qismida matnni saqlash, nusxalash, o‘chirish, ko‘chirish, joylashtirish.
5-mavzu. Nazorat ishi
4-BOB. MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARI
(7 SOAT)
1-mavzu. Rasmli fayllar bilan ishlash. Multimedia texnologiyalari: qurilma va dasturlar. Windows Media dasturi imkoniyatlari. Rasmli fayllar ustida amallar bajarish (ochish, mastabini o‘zgartirish, qirqish, hajmini aniqlash, o‘zgartirish, saqlash va rasmli fayllarni o‘chirish).
2-mavzu. Audio fayllar bilan ishlash. Audio fayllar, ularning turlari va kengaytmalari. Audio fayllarni boshqarish. Audio fayllarni tahrirlash (qirqish, saqlash, o‘chirish).
Do'stlaringiz bilan baham: |