Respublika Prezidenti (davlat rahbari) tomonidan tayinlanadigan Bosh vazir Hukumat rahbari hisoblanadi


— 17-asrlarda fransuz millati shakllandi



Download 18,15 Kb.
bet2/2
Sana27.11.2022
Hajmi18,15 Kb.
#873699
1   2
Bog'liq
Hukumat

16— 17-asrlarda fransuz millati shakllandi, shimoliy fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. . Yangi saylangan Milliy konvent 1792-yil 22-sentabrda Fransiyada respublika tuzumini oʻrnatdi.

  • Konvent 1793-yil 24-iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794—1795) va Direktoriya rejimi (1795—1799) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804- yildan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Francia, 1803 Fransiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada Fransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, Fransiyaning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 1814—1815 va 1815—1830-yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815-yil martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815-yil 18-iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, Fransiya 1790 y.gi chegarasiga qaytarildi. 1830-yil Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. Fransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.

  • 1848-yil fevral inqilobi natijasida Fransiyada Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi . 1851-yil 2-dekabrda boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852-yil 2-dekabrda u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870—1771-yillardagi Fransiya — Prussiya urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda (1870) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871-yil 18-martda qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. 1871-yil Frankfurt sulh shartnomasiga koʻra, Fransiya Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Olmoniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875- yil Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika (1870— 1940) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19- asr oxiriga kelib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-asr boshlarida Fransiya sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u Birinchi jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi.

  • . Fransiya bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli 1891—1893-yillarda Fransiya — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq 1904 y.gi Fransiya— Buyuk Britaniya bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi. Fransiya Birinchi jahon urushi (1914—1918)da qatnashdi. Olmoniyaning urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, Fransiya Yevropada oʻzining hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Fransiyada boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi Fransiyadagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). 1936-yil iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. 1938-yil boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq boʻldilar. 1939-yil 3-sentabrda Fransiya Olmoniyaning Fransiya ittifoqchisi boʻlgan Polshaga hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo Polshaga yordam berish uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi. 1940-yil may oyida Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududiga bostirib kirdi. 10-iyunda Fransiyaga Italiya urush eʼlon qildi. 14-iyunda esa Olmoniya qoʻshinlari Parijni urushsiz egalladilar. 22-iyunda Fransiya hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi. Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududining 2/3 qismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi shahrida A. F. Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi.

    1942-yil 11-noyabrda Germaniya bilan Italiya bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab yubordi. 1940-yil general Sh. de Goll boshchiligida „Ozod Fransiya“ harakati (1942-yildan „Kurashayotgan Fransiya“) tuzildi. Bu harakatga Fransiyaning Afrikadagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, Oʻrta Kongo, Gabon va boshqalar)ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham qoʻshildi. 1941-yil 24-sentabrda de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita keyinroq muhojirlikdagi Fransiya hukumatiningoʻzagi boʻldi. 1943-yil 3-iyunda Jazoirda general de Goll raqbarligida Fransiya Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi. 1944-yil 2-iyunda AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ Fransiya respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944-yil oxmriga kelib, Fransiya hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi. Ikkinchi jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946-yil 24-dekabrda demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi.
    Toʻrtinchi respublika davri (1946—1958) boshlandi. 1949-yil Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga aʼzo boʻldi. Mamlakat va armiya ichidagi reaksion kuchlar 1958-yil mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon koʻtardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qoʻmondonligi de Goll boshchiligida „milliy najot“ hukumatini tuzishni talab qildi. 1-iyunda Milliy majlis de Gollga hukumat tuzish vakolatini berdi. 1958 i. yangi konstitutsiya qabul qilindi. Sh. de Goll prezident etib saylandi. Shu-yildan Fransiya Beshinchi respublika nomini oldi. 60-yillarda Fransiya Afrikadagi mustamlakalari — Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hozirgi Benin), Niger, Yuqori Volta (hozirgi Burkina Faso), Fil Suyagi Qirgʻogʻi (hozirgi Kotd’ Ivuar), Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga mustaqillik berishga majbur boʻldi. 1966-yil martda Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqib, oʻz hududidagi AQSH harbiy bazalarini tugatdi. 1965-yil 19-dekabrda Sh. de Goll qaytadan 7-yilga prezident etib saylandi. 1968-yilgi talabalar gʻalayoni va umumiy ish tashlash harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik Fransiyani larzaga keltirdi. 1968-yil kuzda Beshinchi respublika tuzumi chuqur moliyaviy tanglikni boshidan kechirdi

    • . Fransiya oʻz oltin valyuta rezervlarining yarmini yoʻqotdi, frankning kursi beqaror boʻlib qoldi. 1969-yil de Goll maʼmuriyhududiy boshqarish tizimini oʻzgartirish va Senatni isloh qilish toʻgʻrisida referendum oʻtkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll isteʼfoga chiqsi. 1969-yil „Respublika uchun demokratlar ittifoqi“ partiyasining nomzodi J. Pompidu, 1974-yil Mustaqil respublikachilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar d’ Esten, 1981-yil soʻl kuchlar yetakchisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986— 88-yillar oʻng va soʻl kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988-yil Fransiya Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995-yil prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi. 2000-yil 25-sentabrdagi referendumga asosan prezidentlik davri 7-yildan 5-yilga oʻzgartirildi. 2002-yil J. Shirak qayta prezident etib saylandi. Fransiya — 1945-yildan BMT aʼzosi. OʻzR mustaqilligini 1992-yil 3-yanvarda tan olgan va 1992-yil 1-martdan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14-iyul — Bastiliya ishgol qilingan kun (1789).

    2019 yilning 13 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Fransiya Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Izabel Servoz-Galluchchini qabul qildi.
    TIV xabariga ko‘ra, ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qila turib, vazir elchini tayinlov bilan qutlagan va unga omad tilagan.

    Bo‘lib o‘tgan suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston – Fransiya muloqotini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘targan 2018 yilda Fransiyaga rasmiy tashrif doirasidagi prezident Shavkat Mirziyoyevning prezident Emmanuel Makron bilan olib borgan muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga muhim e'tibor qaratildi.

    Siyosat, iqtisod, turizm, madaniyat va ta'lim kabi sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan tomonlarning manfaatdorligi tasdiqlandi.
    Uchrashuvda o‘zaro savdo hajmlarini oshirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
    Xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish nuqtai nazaridan mintaqaviy xavfsizlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi, deyiladi xabarda.
    Eslatib o‘tamiz, bundan avval Violen de Vilmor Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi edi, u avgust oyida diplomatik missiyasini yakunladi.
    Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.



    Сардор Рустамбоев.



    Oliy Majlis Senati juma kuni bo‘lib o‘tgan 15-yalpi majlisda Sardor Мирзаюсuпович Rustamboyevni O‘zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi.
    Sardor Rustamboyev (1979 y. t.) Birmingem universitetini tamomlagan, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va London universiteti magistratura darajasi sohibi, siyosat fanlari nomzodi.
    2000 yildan u O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2017−2018 yillarda TIVning Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlik boshqarmasini boshqargan bo‘lsa, 2018 yilda Global siyosat va xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangan
    Download 18,15 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish