Shuruplar. Yog'och va plastmassa uchun mo'ljallangan vintlar shuruplar deyiladi (4.126- chizma). Shuruplarning kallagi yarim yumaloq, yashirin, yarim yashirin, olti qirrali va kvadrat shakllarda tayyorlanadi. Ularning kallagida burash uchun o'yiqlar mavjud.
Shpilkalar. Shpilka silindrik sterjen bo'lib, uning ikkala uchiga rezba o'yilgan b o 'lad i. Uning kalta rezbali uchi biriktiriluvchi detallarning biriga burab kiritiladi. ikkinchi uchiga gayka burab kiritiladi (4.127- a chizma).
Shpilkalardan konstruktiv nuqtai nazardan boltlarni ishlatish mumkin bo'lmaydigan joylarda foydalaniladi. Ularning ikkala uchiga ham yirik va mayda qadamli metrik rezbalar o'yilgan bo'lishi mumkin.
Shpilkaning burab kiritiladigan qismining uzunligini uning qanday materiaidan tayyorlangan uyaga burab kiritilishiga bog'liq. Kiritiladigan rezbali uya qattiq materialda o'yilgan bo'lsa, 11 = d va 11 = 1,25d, yumshoq materialga kiritiladigan bo'lsa, 11, = 1,6d va 11 = 2.5d qilib tayyorlanadi. Shpilkaning uzunligi 1 (shpilka uzunligi 11 kirmaydi) shpilkaga kiydirilib, mustahkamlanadigan detaining qalinligi H1 ga bogliq bo'ladi, ya’ni 1 = H1 + l,3d qilib olinadi.
Shpilka uyasi. Shpilka burab kiritiladigan rezbali teshik shpilka uyasi deyiladi (4.127- b chizma). Uya avval parma bilan rezba diametrining ichki diametriga, ya’ni d1 - 0,85d ga teng qilib o’yiladi. Uyaning tubidagi konus parma uchidagi konus izi bo’lib, u 120° ga teng. Keyin bu uyaga metchik yordamida rezba o‘yiladi. Shpilka uyasining chuqurligi uya ishlanadigan detaining materialiga bog'liq. Po'lat, bronza kabi qattiq qotishmalar uchun uya chuqurligi 1,5d — 1,75d, cho‘yandan va boshqa yumshoq qotishmalardan ishlangan detallarda chuqurligi 1,75d —3d qilib o‘yiladi.
Gayka. Bolt yoki shpilkaga burab kiritiladigan rezbali teshikka cga detal gayka deyiladi. Gaykalar olti qirrali (4.128- chizma), kvadrat, yumaloq, quloqli, ya’ni gayka-barashka va boshqa turlarda yasaladi.
Gaykaning konstruksiyasi va o'lchamlari standart bilan belgilangan. Lekin uni berilgan rezba diam etri d ga nisbatan keltiriigan taxminiy o'lchamlarda ham chizish mumkin (4.128- chizma).
Normal gaykalarni uning rezbasi diametri d ga nisbatan taxminiy o‘lchamlarda bolt kallagi kabi chizish mumkin. Bolt kallagidagi 120° li faska bir tom onlama bo'lib, balandligi 0,7d olinsa, gaykada 120° li faska ikki tomonlama chiziladi va balandligi H = 0,8d qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |