Insonning amaliy faoliyatida chizmackilikiting ahamiyati. Chizma — o‘ziga xos grafik til, u baynalmilal (internatsional) til bo‘lib, texnik jihatdan savodli har bir kishi uchun, u qanday tilda gapirishidan qat’iy nazar, tushunarlidir. Ko‘pincha, chizmani axborot (informatsiya) uzatishning grafik vositasi deb ham atashadi, chunki u texnik g'oyani ifodalashning eng lo'nda va qulay vositasi hisoblanadi.
Chizmalarni chizish va o‘qish qoidalarini bilmay turib, xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida yangi texnika yaratish va joriy qilish, mamlakatning fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish mumkin emas.
Chizma bir korxona (zavod) dan ikkinchi korxonaga, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga yuboriladi. Chizmani o‘qiy oladigan har qanday ixtisosdagi kishi ularni tushunadi, ularga qarab eng murakkab mashinaning tuzilishini o'rganadi. Shuning uchun texnika sohasida savodli bo'lishni istagan har qanday shaxs chizmachilikni yaxshi bilishi lozim.
Biroq, chizmalar faqat texnikadagina zarur bo'lib qolmay, insonning ko‘p kasblari uchun ham doimiy yo'ldoshdir. Chizmalarga qarab turar joy binolari, to‘g ‘onlar, shaxtalar, elektr stansiyalari, temir yo'llar va avtomobil yo'llari quradilar, kiyim-bosh, poyabzal tikadilar, mebel yasaydilar, shahar qishloqlarni ko‘kalamzorlashtiradilar. Chizmalar murakkab tibbiyot texnikasini o‘rganishda, maktabda fizika, matematika, geometriyani va boshqa fanlarni o'rganishda ham zarur hisoblanadi.
Texnikaviy chizmachilikning turlari. Texnik chizmalarni to‘g‘ri chizish usullari, shuningdek, chizma xo‘jaligmmg barcha sohasini tocg‘ri tashkil qilish haqidagi fan chizmachilik deyiladi.
Chizmachiiikda uchraydigan turli geometrik yasashlarni geometrik chizmachiiikda, narsalarning tekislikdagi tasvirini, ya’ni proeksiyalarini yasash usullari proeksion chizmachiiikda o‘rganiladi.
Xalq xo'jaiigining tarmog‘iga qarab, unda foydalaniladigan chizmalar har xil nom bilan yuritiladi. Mashinalar mexanizmlari, ularni tashkil qiluvchi tugunlar (uzellar) va detallar chizmalari mashinasozlik chizmalari deyiladi. Chizmachilikning mashinasozlik chizmalarini bajarish usullarini o'rgatadigan bo‘limi mashinasozlik chizmachiligi bo‘limi deyiladi.
Bino, ko‘prik, to‘g‘on, kanal va mudofaa inshootlarini qurishda ishlatiladigan chizmalar muhandislik-qurilish chizmalari deyiladi. Bu chizmalarni bajarish muhandislik-qurilish chizmachiligi bo'limida o'rgatiladi.
Yer sirtini tasvirlash chizmalari topografik chimalar deyiladi. Topograftk chizmalardan ba’zi injenerlik inshootlarini loyihalashda va ularni berilgan ma’lum uchastkada to ‘g‘ri joylashtirish maqsadida ham foydalaniladi.
Elektr va radiotexnik chizmalar elektr va radio-elektron qurilmalarda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |